Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘g‘risidagi fan. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari (2 soat)
Reja: Pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari. Pedagogik fanlar tizimi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish.
“Pedagogika” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
“Pedagogika” yunoncha “παιδαγωγική”; qadimgi grek tilidan “παῖς” (“pais”) – bola, “ἄγω” (“agogos”) – etaklayman degan ma’noni anglatadi. Umuman “pedagogika” tushunchasi “bolani tarbiyalayman”, “bolani kamolga etkazaman”, “shaxsni tarbiyalash san’ati” degan ma’nolarni anglatadi.
Pedagogika – shaxsni shakllantirishga qaratilib, muayyan tizim asosida tashkil etiladigan faoliyat, ta’lim-tarbiyaning mazmuni, shakli, metod va vositalari haqidagi fan.
Pedagogika fanining ob’ektishaxsni har tomonlama rivojlantirish, unda ilmiy bilimlarni hosil qilish, dunyoqarashni shakllantirish, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash jarayonidan iborat.
Pedagogika fanining ob’ekti shaxsni har tomonlama rivojlantirish, unda ilmiy bilimlarni hosil qilish, dunyoqarashni shakllantirish, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash jarayonidan iborat.
Pedagogika fanining predmetinihar tomonlama rivojlangan, barkamol avlodni tarbiyalash jarayonining umumiy mohiyati, qonuniyatlari, ustuvor tamoyillari, ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik faoliyat mazmuni, pedagogik hodisalar tashkil etadi.
Pedagogika fanining vazifalari
Maxsus tashkil qilingan tarbiya sharoitida shaxsning rivojlanish va tarkib topishining mohiyati va qonuniyatlarini o’rganish
Ta’lim-tarbiya jarayonini millatlashtirish yo’llarini ko’rsatib berishi
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ma’naviyat rivojlanishi ehtiyojlariga muvofiq tarbiyaning maqsad va vazifalarini aniqlash
Tarbiya maqsadi, fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyot talablari asosida ta’lim-tarbiya va ma’lumotning mazmunini isloh qilish
Insonparvarlashtirish va demokratiyalash orqali maktab, maorif ishini qayta qurish va yangilash hamda ta’lim-tarbiya ishini samaradorligini aniqlash yo’llarini ishlab chiqish
Ta’lim jarayonida interaktiv metodni qo’llash yo’llarini ko’rsatib berishi
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini metodik ta’minlash, ta’lim-tarbiya tizimini davr talabiga asosan tubdan isloh qilish
Milliy istiqlol mafkurasi va ma’naviyat mohiyatini barcha fanlar o’rganadi. Milliy mafkura g’oyalarini kishilar ongiga singdirish e’tiqodiga aylantirish, uning siyohli usul va vositalarini ishlab chiqish
Komil inson – barkamol shaxsning hozirgi davr mezonini, sifatlarini, uni shakllan-tirishning optimal usullarini yaratish
Inson o’zligini bilish, o’z-o’zini boshqara bilish, o’z-o’zini tarbiyalash metodikasini yaratish
Uzluksiz ta’lim tizimida barcha fanlarni o’qitish didaktik asoslarini ishlab chiqish, maxsus fanlarni o’qitish metodikasini takomillashtirish
Ta’limni intensivlash va differentsiyalash texnologiyasini yaratish
Ta’lim berish shakllarini takomillashtirish
Ta’limda ma’naviyatning ustivorligi, o’qitish va o’rganish, ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalari uyg’unligiga erishish yo’llarini ishlab chiqish
Jahon ilg’or tajribalari asosida masofaviy ta’lim-tarbiya metodlarini, uni baholash mezonlarini ishlab chiqish
Aqliy tarbiya, milliy dunyoqarash, milliy ong, tafakkur madaniyatini shakllantirish, ma’naviy-axloq, tarbiya, vatanparvarlik, huquqiy, estetik, mehnat, iqtisodiy, ekologik, jismoniy-tarbiya mazmuni, metodlarini, pedagogik texnologiyasini takomillashtirish
Ta’lim-tarbiya tizimini boshqarishni pedagogik ta’minlash, uni demokratiyalash va insonparvarlashtirish; Kadrlar tayyorlashda raqobat muhitini yaratish
Tarbiya mazmunida millatlik va umuminsoniylik uyg’unligiga erishish
Ta’limning texnika vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish
Hamkorlikdagi va jahon xalqlari milliy qadriyatlarini o’rganish va ommalashtirish
Tarbiya jarayonlarining Qonuniyatlarini, tizimini, mazmuni va kontseptsiyasini yaratish
Tarbiyaning umumiy metodlarini takomillashtirish, tarbiya mazmuni va metodini insonparvarlashtirish