Kon sanoati va geologiya vazirligi tasarrufidagi geologiya fanlari universiteti



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə5/6
tarix23.10.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#130739
1   2   3   4   5   6
Farmanova Namuna Kurs ishi

Noto‘g‘ri arxeotsiatlar sinfi Jrregulares
Bu sinfga to‘g‘ri arxeotsiatlardan murakkabroq tuzilgan bir yoki ikki devorli arxeotsiatlar kiradi. Bir devorli arxeotsiatlar yakka holda yashovchi, ichki bo‘shlig‘i turli skelet elementlari bilan to‘lgan: pufakli to‘qima, sterjenli, foliya va tabulalar. Quyi kembriy.
Ikki devorli arxeotsiatlar intervallyumining tuzilishiga ko‘ra uchta guruhga bo‘linadi: sterjenli, teshikli va naychasimon. Baʼzi bo‘shliqlar ham skelet elementlari bilan to‘lgan bo‘ladi.
Hayot tarzi va yashash sharoitlari
Arxeotsiatlar kubogining pastki qismi bilan yopishib hayot kechirgan hayvonlardir. Ular turli mamlakatlarda topilgan juda ko‘p qazilma qoldiqlariga qarab, ochiq dengizlarning sayoz joylarida va o‘rtacha chuqurligida yashagan, degan xulosa chiqarish mumkin. Yopishish o‘sish poshnasi yoki ildizsimon o‘simtalar yordamida
11
amalga oshirilgan. Baʼzi holda kuboklari yonboshlab yotadi. Arxeotsiatlar bakteriyalar, sporalar va bir hujayrali suvo‘tlar bilan oziqlangan bo‘lsa kerak. Dengiz suvi sho‘rining ortishi, ayniqsa, suvda magniy tuzlarining ko‘payishi arxeotsiatlarning hayot-faoliyatiga salbiy taʼsir etgan. Ularni ko‘payishda lichinka hosil bo‘lib, avval suzib yurgan, so‘ngra yetilgach dengiz tubiga cho‘kib hayot kechira boshlagan. Ularning ko‘payishida harorat, sho‘rlik, yashash chuqurligi va substratning mavjudligi muhim omil bo‘lib xizmat qilgan. Arxeotsiatlarning keng tarqalishi u yerda ohaktoshlarning hosil bo‘lishi uchun xizmat qilgan. Bu ohaktoshlar metamorfik o‘zgargan bo‘lib, hozir bezash ishlarida, qurilishda keng qo‘llanilmoqda.
Geologik ahamiyati
A
rxeotsiatlar quyi kembriyni stratigrafiyasi uchun muhim rol o‘ynaydi. Arxeotsiatlarning keng tarqalganligi va rif hosil qilganligi uchun dengiz bilan qruqlik chegarasini qayta tiklashda yordam beradi hamda quyi kembriyda iqlimiy zonalarni ajratishga imkon yaratadi.


5-rasm.Arxeatsiatlarning geoxronologik taqalash sxemasi.

12


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin