Konserva mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va ovqatlik qimmati


Danakli mevalarga o’rik, shaftoli, olxo’ri, olcha, gilos kiradi. Danakli mevalar po’stlokdan, shirali etdan, qattik, po’chok, va po’chok ichida mag’iz (urug’)dan iborat bo’ladi



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə5/66
tarix25.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#134487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
maruza

Danakli mevalar.

Danakli mevalarga o’rik, shaftoli, olxo’ri, olcha, gilos kiradi. Danakli mevalar po’stlokdan, shirali etdan, qattik, po’chok, va po’chok ichida mag’iz (urug’)dan iborat bo’ladi.

Danakli mevalarni iste’mol darajasida pishgandan keyin terib olish kerak, chunki ular daraxtdan uzilgandan keyin pishib yetilmaydi. To’la pishib yetilgan danakli mevalar uzoq joylarga tashishga yaramaydi. Bu mevalar ho’l holida iste’mol qilishadi va ulardan murabbo, sharbat, povidlolar tay-yorlanadi. Ularni quritib ham yaxshi mahsulot olish mumkin.

O’rik O’rik asosan Markaziy Osiyoda, Кavkazda, Moldaviya va Ukrainada ekiladi. Respublikamizda ham o’rik eng ko’p tarqalgan danakli mevalardan biri hisoblanadi. O’rikning pishib yetilganligani meva po’stining somon rangga kirishidan, oq o’riknikini esa meva po’stining yashil rangi o’zgarib, och yashil va oq tusga kirishidan bilsa bo’ladi.


  • O’rik O’rik asosan Markaziy Osiyoda, Кavkazda, Moldaviya va Ukrainada ekiladi. Respublikamizda ham o’rik eng ko’p tarqalgan danakli mevalardan biri hisoblanadi. O’rikning pishib yetilganligani meva po’stining somon rangga kirishidan, oq o’riknikini esa meva po’stining yashil rangi o’zgarib, och yashil va oq tusga kirishidan bilsa bo’ladi.

  • O’rik tarkibida ularning o’sish joylari, sharoitlari va pomologik navlariga qarab moddalar miq-dori quyidagicha bo’ladi (%): suv — 83-87, kand — 4,5- 23,0,1kislotalar — 0,2-2,5, pektin moddalari — 0,4- 1,2. O’riklardagi asosiy vitamin askorbin kislotasi (C vitamini) va karotin xisoblanadi. O’zbekistonda yetishtiriladigan o’riklarning biologik qiymatini aniqlash borasida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari shuni ko’rsatdiki, o’rikning mahalliy navlarida (Кo’rsodiq, Arzami, Subxoni) C vitaminning miqdori 20—28 mg % ni, karotin miqdori esa 1,2—3,5 mg % ni tashkil etar ekan.

  • Bu ko’rsatkichlar Qrim, Moldaviyada yetishtirilgan o’riklar bo’yicha ilmiy adabiyotlarda kelti-rilgan ma’lumotlardan birmuncha yuqoridir. Bu esa Respublikamizning issiq iqlim sharoiti o’rik mevalarining ko’prok qand, pektin moddalari va vitaminlarni to’plashish asosiy omil ekanligidan dalolat beradi.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin