Uzum tarkibida oson hazm bo’ladigan qandlar (glyukoza, fruktoza) 14—30, organik kislotalar (vino, olma kislotasi) 0,3—1,5, mineral moddalar (kaliy, kalsiy, temir, marganes, ftor, yod) 0,3—0,5 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari uzum tarkibida birmuncha pektin moddalari, xushbo’ylik beradigan va oshlovchi moddalar bo’ladi. Uzumlarda uchraydigan asosiy vitaminlar esa C, B1, B2, PP vitaminlar hisoblanadi. Uzum tarkibida oson hazm bo’ladigan qandlar (glyukoza, fruktoza) 14—30, organik kislotalar (vino, olma kislotasi) 0,3—1,5, mineral moddalar (kaliy, kalsiy, temir, marganes, ftor, yod) 0,3—0,5 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari uzum tarkibida birmuncha pektin moddalari, xushbo’ylik beradigan va oshlovchi moddalar bo’ladi. Uzumlarda uchraydigan asosiy vitaminlar esa C, B1, B2, PP vitaminlar hisoblanadi. Uzumning ampelografik navlari ular nimaga mo’ljallanganligiga qarab xo’raki, vinobop va mayizbop (kishmish) navlariga bo’linadi. Xo’raki uzum navlari yuqori ta’m ko’rsatkichlariga egaligi, shirinligi, xushbo’y, chiroyli, yirik mevali, yupqa pustlokli bo’lishi bilan ajralib turadi. Respublikamizda ekiladigan va ko’p tarqalgan xo’raki navlarga Xusayni, Nimrang, Кattakurgon, Qirraburun, Charos, Toyfi, Tuyatishi, Xalili, Chillaki, O’zbekiston muskati, Rizamat, Xuja Axrori, Pobeda, Andijon korasi kabi navlarini kiritish mumkin. Xo’raki uzum sifat ko’rsatkichlari bo’yicha GOST 25896—83 talabiga javob berishi kerak Bu standart talabi bo’yicha ular 1-chi va 2-chi tovar navlariga bo’linadi. Birinchi navida uzum boshi butun, bitta ampelografik navga xos, meva bandda terilgan, yaxshi rivojlangan, butun, toza, sontom, ortiqcha namliksiz (meva yuzasida), begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo’lishi kerak Ikkinchi tovar navlarida esa uzum mevasining rangi har xil tusda, zichligi va g’ujumlarning kattaligi ham bir xil bo’lmasligiga ruxsat etiladi.
Xo’raki uzum sifat ko’rsatkichlari bo’yicha GOST 25896—83 talabiga javob berishi kerak Bu standart talabi bo’yicha ular 1-chi va 2-chi tovar navlariga bo’linadi. Birinchi navida uzum boshi butun, bitta ampelografik navga xos, meva bandda terilgan, yaxshi rivojlangan, butun, toza, sontom, ortiqcha namliksiz (meva yuzasida), begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo’lishi kerak Ikkinchi tovar navlarida esa uzum mevasining rangi har xil tusda, zichligi va g’ujumlarning kattaligi ham bir xil bo’lmasligiga ruxsat etiladi.
Quritishga mo’ljallangan uzum navlari mevalarining eti zich, ular tarkibida qand moddasining miqdori yuqori, kislotaligi esa juda kam bo’ladi. Urug’siz uzum navlari kishmishlar asosan quritishga mo’ljallangan bo’ladi.
Vinobop uzum navlari mevalarida esa qand va kislota miqdori hamda vino mahsulotlarining ta’m va hid ko’rsatkichlarini ta’minlaydigan moddalar miqdori ma’lum nisbatda bo’lishi talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |