Konserva mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va ovqatlik qimmati


O’rik navlari qaysi sohada ishlatilishiga qarab xo’raki konservabop va quritiladigan navlarga bo’linadi



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə6/66
tarix25.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#134487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
maruza

O’rik navlari qaysi sohada ishlatilishiga qarab xo’raki konservabop va quritiladigan navlarga bo’linadi.

O’rik navlari qaysi sohada ishlatilishiga qarab xo’raki konservabop va quritiladigan navlarga bo’linadi.

Xo’raki konservabop navlarning mevasi yirik, ran­gi ochiq chiroyli, eti shirali, ta’mi yoqimli bo’ladi. Bu navlarga quyidagilar kiradi: Arzami, Axrori, Samarqand maxtobisi, Ruxi-Djuvanon, Кech pishar, Shalax, Navruz.

Quritiladigan o’rik navlarining eti zich, sariq rangli, tarkibida qand ko’p va kislota kam bo’ladi.Bularga asosan quyidagi O’rta Osiyo navlari kiradi: Subxani, Mirsandjali, Xurmai, Isfarak, Qaysi, Кo’rsodiq , Boboi , Zarafshon kechkisi va boshqalar. O’riklarning sifati GOST 21832—76 nomerli stan­dart talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo’yicha o’rik mevalari ikki tovar naviga bo’linadi: 1-nav va 2-nav.

Birinchi tovar naviga kiritiladigan mevalar shakli va rangi bo’yicha aynan shu pomologik navga xos, mevalar baldoqli yoki baldoqsiz, po’stlog’i shikastlanmagan, pishganlik darajasi bir xil, lekin g’ura emas va pishib o’tib ketmagan bo’lishi kerak. Eng katta ko’ndalang kesimining diametri 25 mm dan kam bo’lmasligi kerak. Ikkinchi tovar naviga kiritiladigan mevalarda esa ularning shakli shu navdan bir oz farq qilishi, pishganlik darajasi ham har xil bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Shu bilan bir qatorda mevalar o’lchami bo’yicha me’yorlanmaydi.

Shaftoli. Tarqalganligi bo’yicha o’rikdan keyingi o’rinda turadi. O’rikdan kattaligi, etining ko’proq sharbatliligi va xushbo’y hidga egaligi bilan farq qiladi. Shaftolilar asosan xo’raki meva tarzida iste’mol kilinadi. Shuningdek, ular murabbo, sharbatlar, kompotlar olishda ham ishlatiladi. Кimyoviy tarkibi bo’yi­cha o’rikka yaqin turadi.


  • Shaftoli. Tarqalganligi bo’yicha o’rikdan keyingi o’rinda turadi. O’rikdan kattaligi, etining ko’proq sharbatliligi va xushbo’y hidga egaligi bilan farq qiladi. Shaftolilar asosan xo’raki meva tarzida iste’mol kilinadi. Shuningdek, ular murabbo, sharbatlar, kompotlar olishda ham ishlatiladi. Кimyoviy tarkibi bo’yi­cha o’rikka yaqin turadi.

  • Shaftolilar meva sirtining holatiga qarab tukli va tuksiz, danagining ajralishiga karab esa danagidan oson ajraladigan va danagidan ajralmaydigan, etining rangiga qarab esa oq va sariq etli turlarga bo’inadi.

  • Respublikamizda eng ko’p tarqalgan shaftoli nav­lariga Avangard, Vatan, Zafar, Oqshaftoli, Anjir shaftoli, Lola, Malinoviy, Elberta, Start, Farxod, Luchchak, Shirin, Salvey navlari kiradi.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin