Tarvuz navlari Tarvuz yetishtirishning innovatsion texnologiyasi



Yüklə 455,62 Kb.
səhifə1/4
tarix15.12.2022
ölçüsü455,62 Kb.
#121129
  1   2   3   4
Tarvuz navlari Tarvuz yetishtirishning innovatsion texnologiyasi


Mavzu: Tarvuz yetishtirishning innovatsion texnologiyasi
Reja:

  1. Tarvuz yetishtirish texnologiyasi

  2. Tarvuz navlari

  3. Tarvuz yetishtirishning innovatsion texnologiyasi

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar


Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: ertapishar – O‘rinboy, Manzur, Chillaki F1, Krisbi F1, Krimstar F1 va o‘rta-ertapishar – Surxon tongi, Dilnoz, Sharq ne’mati, kechpishar – Hayit qora, Qo‘ziboy.
Urug‘ tanlash. Ekiladigan tarvuz urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, o‘rtacha kattalikda, butun bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi.
Y er tayyorlash. Polizchilikda yerni ekishga tayѐrlash keyingi barcha texnologik chora-tadbirlarni yaxshi naf berishini ta’minlovchi muhim omildir. Kuzda yer 35-40 sm chuqurlikkacha shudgor qilinadi. Yerni shudgorlashdan oldidan mineral va organik o‘g‘itlar beriladi. Bahorda tuproqda namni saqlab qolish uchun yerga uzun tishli xaskash ѐrdamida ishlov beriladi. Tarvuz erta muddatlarda ekilganda yerni bahorda qayta shudgorlashning hojati yo‘q. Ekinlar kechki muddatlarda ekilganda yerni qayta shudgorlash zarur. Bunda tuproqni ag‘darmasdan turib, 22 sm chuqurlikda yumshatib chiqiladi.
Ekish muddati va sxemasiPoliz ekinlari urug‘ining unib chiqishi ekish muddatini to‘g‘ri belgilashga bog‘liq. Respublikamizning markaziy mintaqasida joylashgan viloyatlarida qovun va tarvuzning ertagi navlari 15 aprelgacha, o‘rtagisi 20 apreldan 10 maygacha, kechkisi 15 maydan 10 iyungacha; janubiy viloyatlarda ertagi navlar 10 aprelgacha, o‘rtagisi 10–20 aprelda, kechkilari esa 10–20 iyunda ekiladi. Shimoliy mintaqalarda ertagi qovun va tarvuzni 20 aprelgacha, o‘rtagisini 25 apreldan 10 maygacha, kechkisini 20–30 mayda ekish lozim.
Tarvuz ko‘chatlarini yer harorati 14-15 °S ga yetganda ekishga kirishiladi. Qator oralari 210-280 sm bo‘lgan keng egat olinadi. Bunday egatlar poliz ekinlari palaklarini yaxshi taralishiga imkon beradi. Urug‘lar 3-6 sm chuqurlikka ekiladi. Mayda urug‘li tarvuzlarni ekish uchun 1 sotixga 45–50 g, yirik urug‘li tarvuzlarni ekish uchun 55-60 g urug‘ sarflanadi.

Qator oralari 210–280 sm li keng egat olinadi. Bunday egatlar poliz ekinlari qator oralarini ishlash vaqtida to‘rt g‘ildirakli traktorlarni ishlatishga imkon beradi. Ekish shakli tarvuz uchun (270 + 90) : 2 x 70 sm. Urug‘lar 3-6 sm chuqurlikka ekiladi. Mayda urug‘lilarni ekish uchun gektariga 4 kg, yirik urug‘li tarvuzlarni ekish uchun 5–6 kg urug‘ sarflanadi.

Yüklə 455,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin