Tarvuz navlari Tarvuz yetishtirishning innovatsion texnologiyasi


Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish



Yüklə 455,62 Kb.
səhifə3/4
tarix15.12.2022
ölçüsü455,62 Kb.
#121129
1   2   3   4
Tarvuz navlari Tarvuz yetishtirishning innovatsion texnologiyasi

Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Urug‘ni ekishga tayѐrlash oldidan bir sutka davomida suvda ivitiladi. Ekinga kasalliklardan ildiz chirish, fuzarioz so‘lish, un-shudring, zararkunandalardan poliz biti (shirasi), o‘rgimchakkana, oqqanot, qovun pashshasi katta zarar yetkazadi.
Zararkunandalarga qarshi 10 sotix maydonga Mospilan 20% n. kuk. (25-30 g) va kasalliklarga qarshi Foliar BT 22,5% em.k. (150 ml), Kurzat R n. kuk. (200-250 g) ѐki 1% li Bordo suyuqligini qo‘llash mumkin. 60-70 litr suvga tayѐrlangan aralashma purkaladi. Bu kimѐviy preparatlarni mutaxassislar nazoratida qo‘llash zarur.
Hosilni yig‘ishtirishPishib yetilgan tarvuzlarni tanlab-tanlab olish yo‘li bilan 3-5 marta yig‘ib olinadi. Kechki muddatda ekilgan navlar hosili esa 1 marta yig‘ishtirib olinadi. Pishgan tarvuzlar polizda uzoq muddat tursa nobud bo‘ladi.
Almashlab ekishdagi o‘rni. Tarvuz turli xil qumlik yerlarda eng yaxshi o‘sadigan poliz hicoblanadi. Fuzarioz va boshqa patogenlar (kasallik qo‘zg‘atuvchilar) yerda paydo bo‘lishini oldini olish maqsadida o‘simlikni aylanishiga (sevooborot) rioya kilish kerak va tarvuzni shu ekilgan yerga 7-8 yilda bir marta ekish kerak.

Xulosa
Tarvuz ildizlari juda kuchli o‘sib tuproqning 3, hatto 5 metr chuqurlikdagi qatlamigacha taraladi, diametri esa 8–10 metrga boradi. Shuning uchun ham tarvuz qurg‘oqchilikka o‘ta chidamliligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Chunki ularda ildiz tukchalarning so‘rish kuchi yuqori bo‘lib, tuproq uncha nam bo‘lmasa ham mavjud namdan foydalanish qobiliyatiga ega. Shu sababli tarvuz suv bug‘lantiradigan barg shapalog‘ining kattaligiga qaramay Markaziy Osiѐning lalmi yerlarida bemalol o‘sib, yaxshi hosil beraveradi. Qurg‘oqchilikka chidamliligi jihatdan tarvuz birinchi o‘rinda turadi.
Tarvuz qurg‘oqchilikka juda chidamli bo‘lishiga qaramay yurtimiz sharoitida sug‘orib parvarishlash kerak. Biroq haddan tashqari sernam tuproq tarvuz ekiniga salbiy ta’sir etadi. Sernam tuproqda mevadagi qand moddasi kamayadi, po‘sti qalinlashadi, har xil zamburug‘ kasalliklariga, jumladan fuzarioz-so‘lish kasaliga chalinadi.
Bo‘z tuproqli yerlarda o‘suv davrida har gal gektariga 400-500 m3 hisobidan 8-9 marta sug‘oriladi. Sizot suvi yuza joylashgan dalalarda esa bo‘z tuproqli yerlarga qaraganda kamroq, 4-5 marta sug‘oriladi. O‘suv davrida tarvuz palagini suv bilan bir tekis ta’minlash hosilni oshirish garovidir.
Maysalar ko‘ringandan keyin birinchi chopiqqa qadar ekinlar 1-2 marta sug‘oriladi. Birinchi chopiq tugallangandan keyin ekin 20-25 kungacha suvdan qantariladi. Bu davrda o‘simlik ildizini chuqurroq taralishiga zo‘r beradi, chopiqda ildizi kesilgan begona o‘tlar tezroq quriydi va nihoyat palakning naychalashi-meva tugishi tezlashadi. Navbatdagi suv ikkinchi chopiq oldidan beriladi.


Yüklə 455,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin