Xurmo. Dastlab xurmo bog’lari Respublikamizning Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi «O’zbekiston» janubiy tajriba stansiyasida barpo etildi. Кeyinchalik Namangan, Fargona viloyatlari sharoitida ham xurmo daraxtidan mo’l hosil olish mumkinligi tajribada aniqlandi.
Xurmo. Dastlab xurmo bog’lari Respublikamizning Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi «O’zbekiston» janubiy tajriba stansiyasida barpo etildi. Кeyinchalik Namangan, Fargona viloyatlari sharoitida ham xurmo daraxtidan mo’l hosil olish mumkinligi tajribada aniqlandi.
Xurmo mevalari to’yimliligi jihatidan boshqa tabiat ne’matlari orasida sultonlik qila oladi. Shu boisdan bo’lsa kerak, quritib taxlangan xurmo mevalarini arablar «cho’l noni» deyishadi. Xurmo tarkibida mavjud bo’lgan qand inson organizmiga yaxshi singiydi, hech vaqt yodga aylanmaydi. Shu boisdan asl xurmo tez semirishga moyil yoki yuragini yog’ bosgan kishilar uchun zarur taom bo’lib hisoblanadi, moddalar almashinuviga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, ko’zning to’r pardasini mustaxkamlaydi, uni ravshanlashtiradi. Muallifning tadqiqot ishlari asosida esa xurmo mevasi C, PP vitaminlariga va karotin moddasiga boyligi hamda tarkibida boshqa mevalarda kam uchraydigan yod elementi ko’pligi aniqlandi.
Yong’oq mevalilar
Yong’oq mevalilar
Yong’oq mevalilar guruhiga yunon yong’og’i, o’rmon yong’og’i, kedr yong’og’i, bodom, pista, yeryong’oq kiradi.
Yong’oqlar yog’lar va oqsillarga boy hisoblanadi. Ular tarkibida yog’ 45—70 foizni, oqsillar esa 15—22 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari ular tarkibida mineral moddalar (3% gacha), A, C, B guruhi vitaminlari bo’ladi. Yong’oq mag’izlari to’g’ridan to’g’ri iste’mol qilinadi va ulardan qandolat mahsu-lotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yong’oqlar tarkibida yog’ miqdori juda ko’p bo’lganligi uchun ulardan yog’ ishlab chiqarishda ham foydalanish mumkin. Yong’oqlar uzoq, muddat saqlanish xususiyatiga ega bo’lganligi uchun ularni uzoq, rayonlarga ham jo’natish mumkin.