Yunon yong’og’i. Bu tur yong’oqlar yovvoyi va madaniy holda o’sadi. Yunon yong’ogi Respublikamizning hamma viloyatlarida ekiladi. Yaxshi pishib yetilmagan yunon yong’og’i C vitaminga juda boy hisoblanib, uning miqdori 3000 mg % gacha bo’lishi mumkin. Shu sababli yaxshi pishmagan yunon yong’og’i mag’izi murabbolar va vitamin preparatlari olishda ishlatiladi.
Yunon yong’og’i.Bu tur yong’oqlar yovvoyi va madaniy holda o’sadi. Yunon yong’ogi Respublikamizning hamma viloyatlarida ekiladi. Yaxshi pishib yetilmagan yunon yong’og’i C vitaminga juda boy hisoblanib, uning miqdori 3000 mg % gacha bo’lishi mumkin. Shu sababli yaxshi pishmagan yunon yong’og’i mag’izi murabbolar va vitamin preparatlari olishda ishlatiladi.
Yunon yong’og’ining mevasi dumaloq, yoki oval shaklda, po’chog’ining rangi och-qo’ng’irdan to to’qjigar rang bo’ladi.
O’lchamlari bo’yicha yunon yong’oqlari katta (diametri 35—39 mm), o’rtacha kattalikda (diametri 28— 34 mm), mayda (diametri 22—27 mm) bo’ladi. Po’chog’ining qalinligiga qarab yupqa po’choqli (qalinligi 1,3 mm gacha) va qalin po’choqli (qalinligi 1,3 mm dan katta) bo’ladi. Yunon yong’og’ining po’chog’i yupqa, sirti silliq va ichki tusiqlari nimrang, navlari eng qimmatlilari hisoblanadi. Quritilgan yunon yong’og’ining mag’zida suv 5—6, yog’ 44—72, oqsil 9—18 foizni tashkil etadi.
Yunon yong’og’i sifatiga qarab 1-chi va 2-chi tovar navlariga bo’linadi. Ularning sifatiga baxo berilayotganda katta-kichikligi, po’chog’ining qalinligi va rangi, mag’zining rangi, ta’mi va mag’zining chiqishi kabi ko’rsatkichlari hisobga olinadi.
Respublikamizda eng ko’p tarqalgan navlariga Ideal, O’zbekiston tez pishari, Bo’stonlik, Yubileyniy kabi navlari kiradi.
Bodom. Bodom yovvoyi holda Markaziy Osiyoda va Кavkazda uchraydi. Shirin bodom, ya’ni madaniy holda Shimoliy Кavkaz, Qrim, Markaziy Osiyoda o’sadi. Yovvoyi xolda o’sadigan bodomlarning mag’izi achchiq, ya’ni ular iste’molga yaroqsizdir. Ularning achchiqligi tarkibida zaharli glikozid (3—7%) borligi bilan tushuntiriladi.
Bodom. Bodom yovvoyi holda Markaziy Osiyoda va Кavkazda uchraydi. Shirin bodom, ya’ni madaniy holda Shimoliy Кavkaz, Qrim, Markaziy Osiyoda o’sadi. Yovvoyi xolda o’sadigan bodomlarning mag’izi achchiq, ya’ni ular iste’molga yaroqsizdir. Ularning achchiqligi tarkibida zaharli glikozid (3—7%) borligi bilan tushuntiriladi.
Bodomning shakli uzunchoq, ikki yoni yassiroq va tashqi po’choq, ichki qobiq va mag’izdan tashkil topgan bo’ladi. Bodom po’chog’ining mustahkamligiga qarab qog’oz po'choqli, yumshoq, po’choqli, zich po’choqli va qattiq po’choqli bo’lishi mumkin.
Bodomning mag’izi oq rangli, mazali ta’mga ega bo’ladi. Uning kimyoviy tarkibi quyidagicha (%): suv 5—6, yog’ 44—50, qand — 6—7, oqsil 16—20. Shirin mag’izli bodomlar asosan kulinariya va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Bodom sifatiga ko’ra oliy va 1- tovar navlariga bo’linadi. Qog’oz po’chog’li, yumshoq, po’choqli va zich po’choqli, mag’izi kamida 30% chiqadigan bodomlar oliy navga, qattiq po’choqli bodomlar esa 1-navga kiritiladi.