Ko‘priklarning asosiy turlari. Kо‘prikli inshootlarga qо‘yiladigan umumiy talablar. Kо‘priklarni loyihalash tartibi



Yüklə 225,19 Kb.
səhifə1/5
tarix13.03.2023
ölçüsü225,19 Kb.
#124012
  1   2   3   4   5

Mavzu: Ko‘priklarni loyihalash va qurish tarixi.
Reja:

  1. Ko‘priklarning asosiy turlari.

  2. Kо‘prikli inshootlarga qо‘yiladigan umumiy talablar.

  3. Kо‘priklarni loyihalash tartibi.

  4. Ko`priklarni qurilish tarixi.



Ko‘priklarning asosiy turlari. Transport magistralini biron-bir to‘siq ustidan o‘tkazishni ta’minlaydigan inshoot ko‘prik deb ataladi.
Ko‘prik o‘tuvi ko‘prikni va u bilan bog‘liq inshootlar – yaqinlashuv ko‘tarmalari, suv oqimini yo‘naltiradigan regulyasion inshootlar va qirg‘oqni mahkamlaydigan qurilmalarni o‘z ichiga oladi (rasm 1.1).







Rasm 1.1. Ko‘prik kechuvi:
1-ko‘prik;
2-yaqinlashuv ko‘tarmasi;
3-oqim yo‘naltiruvchi damba;
4-traversa



Ko‘prik inshooti (rasm 1.2) qirg‘oq va oraliq tayanchlar hamda tayanchlar orasini yopib, vaqtinchalik yuklardan tushayotgan og‘irlikni tayanchlar orqali zamin gruntiga uzatadigan oraliq qurilmalardan tashkil topgan (rasm 1.2). Oraliq qurilmalar ustiga transport vositalari harakat qiladigan ko‘prik polotnosi joylashtiriladi.
Ko‘priklarning eng muhim o‘lchamlari va turlari quyidagilardir:

  • kichik ko‘prik – ko‘prik oralig’i to‘la uzunligi 25m gacha bo‘lganda;

  • o‘rta ko‘prik – ko‘prik oralig’i to‘la uzunligi 25 dan 100m gacha bo‘lganda;


Rasm 1.2. Ko‘prik sxemasi: 1-chetki tayanch; 2-qayir oraliq qurilmasi; 3-o‘zan oraliq qurilmasi; 4-oraliq tayanch; 5-qoziqli poydevor



  • katta ko‘prik – ko‘prik oralig’i to‘la uzunligi 100m dan katta bo‘lganda;

  • ko‘prikning uzunligi – ko‘prik chetki tayanchlarining tashqi qirralari bo‘yicha o‘tgan o‘qlar orasidagi masofa;

  • ko‘prikning sof oralig‘i L0 – suvning pastki sathi (SPS) va suvning yuqori sathi (SYuS) orasidagi o‘rtacha chiziq bo‘yicha oraliqlar sof uzunligi (ya’ni suv o‘tish chizig‘i) yig‘indisi;

  • ko‘prik balandligi H – SPS dan harakat yuzasigacha bo‘lgan masofa;

  • ko‘prik osti sof balandligi H0 – SYuS dan oraliq qurilma ostigacha bo‘lgan masofa;

  • ko‘prikning qurilish balandligi h – rels ostidan (qatnov qismi ustidan) oraliq qurilma ostigacha bo‘lgan masofa.

  • tayanchning balandligi – tayanch tepasidan gruntgacha bo‘lgan masofa;

  • hisobiy oraliq – oraliq qurilmaning ikki qo‘shni tayanchlarga

tayanish o‘qlari orasidagi masofa;

  • ko‘prikning kengligi – ikki tomondagi panjaralar orasidagi ochiq masofa;

  • oraliq qurilmaning kengligi – eng chetki bosh to‘sinlar o‘qlari orasidagi masofa;

  • qatnov qismining kengligi – havfsizlik polosalari ichki qirralari orasidagi masofa;

  • qatnov polotnosining kengligi – to‘siqlar orasidagi masofa;

  • yaqinlashuv yo‘l izlari – ko‘prikka ikki tarafdan tutashgan yo‘l uchastkalari (kichik ko‘priklar uchun – 50m, o‘rta ko‘priklar uchun – 200m, katta ko‘priklar uchun – 500m);

  • eski ko‘priklar – 1907 yilgacha bo‘lgan me’yorlar bo‘yicha hisoblangan va 100 yildan ortiq ekspluatatsiya qilinayotgan ko‘priklar;

  • yo‘l o‘tkazgich – bir transport magistralini boshqasi ustidan turli sathda o‘tkazish uchun mo‘ljallangan ko‘prik inshooti;

  • viaduk – yo‘lni chuqur jarlik (dara) ustidan o‘tkazishga mo‘ljallangan ko‘prik inshooti;

  • akveduk – suv o‘tkazish uchun mo‘ljallangan ko‘prik inshooti;

  • estakada – yo‘lni er sathidan biron bir balandlikda o‘tkazish uchun mo‘ljallangan ko‘prik inshooti;

  • tayanch qismi – tayanchlar ustida joylashgan, oraliq qurilmadan tushgan yukni tayanchga uzatadigan konstruksiya.

Ko‘priklarning klassifikatsiyasi quyidagi belgilar bo‘yicha amalga oshiriladi:
- vazifasiga ko‘ra – temir yo‘l (rasm 1.3,a), avtoyo‘l (rasm 1.4), shahar (rasm 1.8), piyoda (rasm 1.9) ko‘priklari va aralash (temir va avtoyo‘l trasporti uchun, rasm 1.16), maxsus (quvur o‘tkazgichlar va boshqa kommunikatsiyalar uchun) ko‘priklar.
- statik sxemasiga va yuk ostida ishlash xarakteriga ko‘ra – to‘sinli qirqilgan (rasm 1.3.a), qirqilmagan (rasm 1.3.b) va konsol; romli (rasm 1.4); arkali (rasm 1.5); vantli (rasm 1.6); osma (rasm 1.7) va kombinatsiyalangan ko‘priklar.
- to‘siqlardan o‘tish turiga ko‘ra – ko‘prik (suv oqimidan o‘tish, rasm 1.3,b); yo‘l o‘tkazgich (bir transport magistralini boshqasi ustidan o‘tkazish (rasm 1.10); viaduk (dara, jarlik, chuqur vodiylar kesib o‘tilganda, rasm 1.11); estakadalar (shaharlarda ko‘tarma o‘rniga yoki botqoqliklar ustidan quriladi, rasm 1.12).

  • qatnov qismining oraliq qurilma yuk ko‘taruvchi konstruksiyasiga nisbatan joylashishiga ko‘ra – ustidan qatnov (rasm 1.5); ostidan qatnov (rasm 1.14); o‘rtasidan qatnov (rasm 1.15).

  • materialiga ko‘ra – yog‘och, tosh, beton, temirbeton, metall va kombinatsiyalangan (po‘lattemirbeton) ko‘priklar.

Quyidagi ko‘priklar alohida guruhga kiradi:

  • ochiladigan qo‘priklar (kema qatnaydigan oraliqda oraliq qurilma harakatga kelib ochilishi, kerilishi, ko‘tarilishi yoki burilishi mumkin, rasm 1.17). Ko‘prik qatnov qismining past joylashishi tayanchlar va yaqinlashuv ko‘tarmalari qiymatini pasaytirishga imkon beradi, shaharlarda esa tutashgan ko‘chalar sathini ko‘tarishga kerak bo‘lmaydi.

  • suzuvchi ko‘priklar (bu ko‘priklarda oraliq qurilmalar 3 suzuvchi vositalar pontonlardan tuzilgan plashkoutlarga 2 tayanadi (rasm 1.18). Bunday ko‘priklar vaqtinchalik bo‘lib yoz mavsumida daryolar va akvatoriya ustidan transport vositalarini o‘tkazish uchun qo‘llaniladi. Qish davrida bu ko‘priklar buzib tashlanadi.






Rasm 1.17. Ochiladigan oraliq qurilmalar: a–ko‘tariladigan; b–ochiladigan;
v–buriladigan; 1–mexanizmlar operatorlari xonasi; 2–posangi; 3–tayanch tovoni;
4–katoklar

Rasm 1.18. Suzuvchi ko‘prik: 1–panjarali chetki tayanch; 2–plashkout; 3–oraliq qurilma
Quvurlar – temir yo‘llardagi eng ko‘p tarqalgan sun’iy inshootlar bo‘lib, ular yo‘l ko‘tarmalari ostidan katta bo‘lmagan suv oqimlarini o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Suv oqimini shakllantirish uchun quvurlarning uchlarida kirish va chiqish kallaklari bo‘ladi (rasm 1.19).





Rasm 1.19. Suv o‘tkazuvchi quvurlar

Quvurlar beton, temirbeton va metalldan tayyorlanadi. Ko‘ndalang kesimining shakliga ko‘ra ular to‘g‘ri to‘rtburchakli, ovoidal va dumaloqlarga bo‘linadi. Quvur orqali o‘tayotgan suvning sarfini ko‘paytirish uchun, ular bir nechta teshikli bo‘lishi (ko‘p teshikli quvurlar) mumkin. Uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak va trapetseidal kesimli yog‘och quvurlar yangi yo‘llarni qurish jarayonida trassa yaqinidagi vaqtinchalik yo‘llarda qo‘llanilishi mumkin.





Yüklə 225,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin