Ko‘priklarning asosiy turlari. Kо‘prikli inshootlarga qо‘yiladigan umumiy talablar. Kо‘priklarni loyihalash tartibi



Yüklə 225,19 Kb.
səhifə3/5
tarix13.03.2023
ölçüsü225,19 Kb.
#124012
1   2   3   4   5
Kо‘priklarni loyihalash tartibi.
Kо‘prikni loyihalash — bu murakkab va mas’uliyatli jarayon bо‘lib qurilmalarni statik va dinamik hisoblashlar, iqtisodiy hisoblardan tashkil topgan kompleks konstruktorlik ishlaridan iboratdir. Zarur bо‘lganda yangi qurilmalarni ishlab chiqishda nazariy va eksperimental tadqiqotlarni amalga oshirishga tо‘g‘ri keladi.
Kо‘prikning loyihasi, kо‘prikli о‘tish joylarida, tarkibiga geologiya muhandislik ishlari, gidrologik asoslar va h.k.larni mujassamlashtirgan maxsus qidiruv ishlari asosida tuziladi. Loyihalashni qurilish norma va qoidalari, davlat standartlari va boshqa normativ hujjatlar talablariga mos qilib bajarilishi kerak. Bu esa о‘z navbatida inshoot qurilishini sifatli qilib bajarilganda va uni normal saqlanishi ta’minlanganda, kо‘zda tutilgan xizmat muddatiga chidab berishini ta’minlaydi.
Massiv tayanchlar bilan qurilgan temirbeton kо‘priklarning normadagi xizmat muddati — 100 yil, ustunli va ramli tayanchlardagisi esa — 70 yil qilib belgilangan.
Hozirgi kunda amal qilinayotgan koidalarga binoan kо‘prikning loyihasi bir necha bosqichda ishlab chiqiladi. Loyiha oldi bosqichida texnik — iqtisodiy asoslash (TIA) yoki texnik — iqtisodiy hisoblar (TIH) amalga oshiriladi. Bular kо‘prik qurilishi zarur ekanligini har tomonlama asoslab beradi. TIA — yirik kо‘priklar, TIH esa kichik kо‘priklar uchun ishlab chiqiladi.
Texnik iqtisodiy asoslash (TIA)da inshootning yuk chizig‘ini tanlash, samaraliroq texnik yechimlarni asoslash, qurilish materiallari va qurilmalari bilan ta’minlovchi manbalarni aniqlash kabi masalalarni hal qilinadi.
TIA va TIHda kо‘prik qurilishining hisobiy bahosi va asosiy texnik – iktisodiy kо‘rsatkichlari aniqlanadi. Buning uchun kо‘prikning tasviri eng qulay bо‘lgan variantini tanlash va loyihalashga topshiriq berish mumkin bо‘lgan darajada ishlab chiqiladi.
TIA va TIX,larni ishlab chiqishda eng yangi ilm — fan yutuqlari va о‘zimizning va chet ellarning ilg‘or tajribalaridan foydalanish zarur.
Kо‘prik inshooti loyiha — smeta hujjatlari ikki bosqichda:
a) loyiha va
b) ishchi hujjatlar; yoki bir bosqichda — ishchi loyiha sifatida amalga oshirilishi mumkin.
Ikki boskichli loyihalashning birinchi bosqichi loyihada kо‘prikli о‘tish joyiga taalluqli bо‘lgan hamma masalalarni kompleks hal qilinadi. Xususan asosiy qurilish yechimlari va kо‘prik variantlari tuziladi, taqqoslanadi, asosiy ish hajmlari kо‘rsatiladi. Namunaviy loyihadan olinmagan ba’zi va oraliq qurilmalari ham loyiha qismlariga kiradi. Loyihada kо‘prikka qо‘yiladigan hamma talablar (ekspluatatsion, iqtisodiy, ekologik va h.k.) e’tiborga olinadi. Shunindek loyihada qurilishni tashkil etish (tayanchlar va oraliq qurilmalar qurilishi texnologik sxemalari, qurilish bosh plani, kо‘prik qurilishi kalendar grafigi va h.k.). Loyiha qismiga yana smeta hujjatlari va umumlashtirilgan smeta hisobi kо‘rsatkichlari kiradi.

Yüklə 225,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin