O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT TO’QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI
“KORPORATIV BOSHQARUV” KAFEDRASI
“MAKROIQTISODIYOT” fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlari tahlili
Bajardi: “Matbaa texnologiyalari” fakulteti,
13-20 guruhi talabasi Rizayeva S.
Tekshirdi: Olimov A.
Toshkent-2021
Reja:
Kirish. Davlatning iqtisodiy-siyosiy ahvoli.
Asosiy qism:
Davlat byudjeti haqida tushuncha.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlari tahlili.
Byudjet taqchilligi, tashqi qarzlar.
Xulosa. Iqtisodiy o’zgarishlarning mamlakatga bo’lgan ta’siri.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo’li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o’sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy taraqqiyot va o’sish darajasi va su’ratlariga bog’liq. Mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalari, tarmoqlari va hududlarida puxta asoslanib amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar natijasida yildan-yilga barqaror o’sib borayotgani mustaqil taraqqiyot yo’lining yo’nalishi naqadar to’g’ri tanlanganligini ko’rsatib turibdi. Mana shunday sharoitda, davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismini to’g’ri tanlay olish va ularni to’g’ri yo’naltirish mamlakatimiz kelajagini belgilamasdan qolmaydi. Bugungi kunda, dunyoning ko’plab mamlakatlarida davlat qarzining ortib borishi bilan bo’g’liq muammolar saqlanib qolayotgan bir sharoitda, O’zbekiston Respublikasi chetdan qarz olish bo’yicha puxta o’ylangan siyosat olib borishi natijasida davlatimiz qarz hajmining ulushini nisbatan past darajada ushlab qolishga va o’z majburiyatlariga to’liq javob beradigan mamlakat sifatida barqaror obro’-e’tiborini saqlab qolishga erishdi. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng o’z daromadlarini mustaqil tasarruf etadigan, o’z xarajatlarini o’zi qoplaydigan bo’ldi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat byudjeti hisobiga mablag’ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet mablag’laridan samarali foydalanishni nazoratini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |