Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə285/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
285
Xo‘ja Kalonbek e’tirozga so‘z topolmay tasdiq ma’nosida bosh irg‘adi va dasturxonda 
turgan limu sharbatiga qo‘l cho‘zdi. 
Ular Dehlaviy haqida ilgari ham ko‘p so‘zlashgan edilar. Laxo‘r, Dehli va Agrada 
Dehlaviyning hind tilida bitgan qo‘shiqlarini musulmonlar ham, otashparast va 
budparastlar ham to‘yu tomoshalarda kuylab yurganlarining guvohi bo‘ldilar. Dehlaviy 
Boburdan ikki yuz yil oldin o‘tgan bo‘lsa ham uning g‘azallari, kuylari, qo‘shiqlari xuddi 
bugun bitilganday yangi va ta’sirli edi. Bobur Dehlaviyning Hindistondagi barcha ellarni 
ahillikka da’vat etib ketganini, agar bu mamlakat dinu millat nizolaridan baland tursa va 
tarix maydoniga yakdilu yaktan bo‘lib chiqsa, jahonning eng ulug‘ qit’asiga aylanishi 
mumkinligini ayta boshladi. 
Boburning bu gaplarni aytishdan maqsadi — Xo‘ja Kalonbekni Hindistonda olib qolish 
edi. Lekin Xo‘ja Kalonbek do‘stlari davrasida chog‘ir ichib o‘ltirganda: «Shu bu yil 
Hinddan ketmasam yuzim qora bo‘lsin!» — deb qasam ichgan edi. Endi u qasamxo‘r 
bo‘lib qolmaslik uchun ham Hindistondan ketishga intilmoqda edi. U Boburning nutqi va 
mantiqi juda zo‘rligini yaxshi bilar, Bobur keltirgan kuchli dalillarga jim turib quloq solar
lekin e’tiroz uchun qulay payt poylar edi. 
— Hindning qadimiy madaniyatini Beruniy qanchalik ulug‘lab yozganini bilursiz, — 
so‘zida davom etdi Bobur. — Bu elda iste’dodu salohiyat konlari hozir ham beadad. 
Faqat inqirozli davrlar bu konlarni berkitib ketmishdir. Biz bu konlarni qaytadan 
ochmog‘imiz mumkin. Hunarmandlar behisob. «Ish topib bersangiz qilg‘aymen», deb 
muntazir turgan qurur-qurur* zahmatkashi bor. Xazinalarini o‘zingiz ko‘rdingiz. Aholisiyu 
boyligining ulkanligini yana shundan bilsa bo‘lurki, bizda yo‘q raqamlar bularda bor. Yuz 
qurur — bir arb*. Yuz arbni qarb derlar. Yuz qarbni nil* derlar. Yuz nil — padam*. 
Birgina Dehli viloyatidan har yili davlat xazinasiga tushadigan daromad uch qururu 
oltmish to‘qqiz laku ellik ming tangadan ortiq. Bunday viloyatlar Hindistonda ozmi? Siz 
shu viloyatlardan qaysi birini ma’qul ko‘rsangiz, shunisini beraylik. 
— Hazratim, menga G‘aznini inoyat qilsangiz, marhamatingizdan umrbod minnatdor 
bo‘lur edim. 
— Yana G‘azni deysiz-a! G‘aznida nechog‘lik tangdastlik bilan kun kechirganlarimiz 
esingizdan chiqdimi? Mahmud G‘aznaviyning buzilgan bandini tiklaymiz deb, uddasidan 
chiqolmagan edik. Odam topsak, mablag‘ topilmas edi, mablag‘ topsak, yana biron 
narsa yetishmas edi. Bu yerda hammasi bor. Kuchu qudrat ummonday cheksiz! 
— Lekin bu ummon mendek... musofirni nom-nishon qoldirmay yutib yuborishidan 
qo‘rqamen! 
Xo‘ja Kalon «mendek musofirni» deb faqat o‘zi haqida gapirayotganday ko‘rinsa ham 
aslida u Bobur bilan kelgan barcha vatandoshlarini nazarda tutmoqda edi. «Bu ulkan 
mamlakatga bir urvoq ham bo‘lolmaymiz, katta xalqqa aralashib yo‘q bo‘lib ketamiz, 
undan ko‘ra oladigan o‘ljamizni olib, shimolga tezroq qaytib ketaylik», deb yurgan beklar 
yolg‘iz Xo‘ja Kalon emas edi. Bobur shuni o‘yladi-yu: 
— Maqsad nom-nishon qoldirish bo‘lsa, — dedi,— odam shu maqsadga o‘zini fido qila 
bilishi kerakmi yo‘qmi? Biz o‘rgangan salqin bog‘lar, ravon ariqlar bu yerda yo‘q. Uzum 
yo‘q, qovun yo‘q, yax yo‘q. Yaxshi ot yo‘q. Sulton Ibrohimdek podshoning saroyida 
shamu shamdon ishlatilmas ekan. Yuz-ikki yuz charog‘bon davtiylar tirik shamdon bo‘lib 
xizmat qilar ekanlar. Chap iliklariga sepoya bor chirog‘ni tutib, o‘ng iliklariga yog‘ 
solingan kaduni ko‘tarib, ulug‘lariga chirog‘ kerak bo‘lganda o‘trularida shamdonga 
o‘xshab turar ekanlar... Men buyurdimkim, hunarmandlarga bizning shamdonlaru 
qandillarni ko‘rsatib, shundaylarini yasatsinlar. Bir oy o‘tmay saroyga yetgulik shamdonu 
qandil tayyorlandi. Shamgarlik ham joriy etildi. Tok ektirdim, nasib qilsa hind uzumini 
ham yermiz. Bugun ko‘rib kelgan bog‘imizning o‘rni qanchalik besafo yerlar bo‘lganini 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin