Leksikografiya asoslari


Abushqa” lug‘ati va unda so‘zlarning izohlanish prinsiplari



Yüklə 234,64 Kb.
səhifə9/35
tarix03.09.2023
ölçüsü234,64 Kb.
#128821
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
3-kurs.sirtqi.Ma\'ruza

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Ogurmak
Abushqa” lug‘ati va unda so‘zlarning izohlanish prinsiplari
“Abushqa” turkiy leksikografiya tarixidagi ilk chig‘atoycha-turkcha izohli lug‘atdir (qarang: DDT). Lug‘atning muallifi to‘g‘risida bir to‘xtamga kelinganicha yo‘q. Ba’zilar uning muallifini Mustafo bin Sodiq degan. B. Hasanov keyingi davrda tuzilgan “Sanglox” lug‘atining muallifi Mirzo Mehdixonning ana shu va bizgacha yetib kelmagan qandaydir bir lug‘at tuzuvchilarini “muallif’ayn rumi’ayn” (“rumlik ikki muallif”) deya tilga olishiga ko‘ra “Abushqa” muallifini Rumiy nisbasi bilan ataydi (Hasanov 1989(1),17).
“Abushqa” ning yaratilgan yili, hatto lug‘atning o‘z oti ham ma’lum emas. Lug‘atning ilk bosh so‘zi “qariya, keksa” ma’nosidagi abusqa bilan boshlangani uchun, lug‘atga ham shu ot berib ketilgan.
Klassik o‘zbek tili (“chig‘atoy turkiysi”), xususan, Alisher Navoiy asarlari bo‘yicha tuzilgan lug‘atlar ichida qo‘lyozmalari eng ko‘p tarqalgani “Abushqa”dir. Qo‘lyozmalari Britaniya muzeyida, Vena kutubxonasida, Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin, universitet kutubxonalarida, Rossiya FA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Vena qo‘lyozmasining 1552 yilda, Britaniya muzeyidagi nusxasining 1554 yilda ko‘chirilganiga ko‘ra, lug‘at Navoiyning o‘limidan bir oz keyin - XVI asr o‘rtalarida yaratilgan deya taxmin qiladilar (Hlerbak 1962,53­55).
Asarning uchta qo‘lyozmasi O‘zR FA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda (Hasanov 1989(1),18).
Asar klassik matnlarda ishlatilgan so‘zlarning ma’nolarini ochiqlashga bag‘ishlangan bo‘lib, misollar Mavlono Lutfiy, Mir Haydar, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari ulug‘ adiblarning asarlaridan saylab olingan. Bular ma’nosi har kimsaga, ayniqsa, turkiyning boshqa lahjalarida so‘zlovchi kishilariga tushunarli bo‘lmagan, o‘ziga xos ma’noli yoki chig‘atoy turkchasida muayyan anglamda ishlatilib, keyinchalik unutilgan so‘zlardir. Lug‘atga 2054 ga ta so‘z va so‘z shakllari kirgan.
So‘zlar boshlanish harflariga ko‘ra 21 bobga ajratilgan. Boblar o‘z ichiga kirgan so‘zlarning bosh harflari nomi bilan (masalan, “al-harf al-alif”, “al-harf al-ba” singari) yuritladi.
Boblarning har qaysisi o‘z ichida uch qismga bo‘lingan. Avvalgi qismda birinchi harfi fathali, so‘ng kasrali va bobning oxirida birinchi harfi dammali so‘zlar keladi.
Lug‘atning birinchi “alif bobi” fathali qismida so‘zlar birinchi va ikkinchi harflariga ko‘ra alifbo tartibida joylashtirilgan (abusqa, abaga, atald'i, atqad'i, atap, atagil, at'ip singari). Qolgan boblarning hammasida so‘zlarni alifbo tartibiga solishda ularning uch harfi e’tiborga olinadi, qolgan harflari esa hisobga olinmaydi.
Yozilishi bir xil, talaffuzi turlicha bo‘lgan so‘zlar, ya’ni amograflarning har biri mustaqil so‘z maqola sifatida beriladi. Masalan: ot - dtas ma’nds'idadur; ot - yerdd bitkdn ot ma ’nds'idadur; ot - amr edip, kec demdkdur.
Muhimi, lug‘atda so‘zlar ma’nosini izohlashning o‘ziga yarasha prinsiplari amal qiladi. Muallif tanlagan yo‘lni, uning prinsiplarini o‘rganib, turk leksikografiyasining tarixiy metodlari, qolaversa, chig‘atoy tilidagi matnlar mazmunini to‘g‘ri talqin etish imkoniga ega bo‘lamiz. Lug‘at muallifi chig‘atoy tili lug‘atidagi so‘zlarning ma’nolarini ochiqlashda ularning ikki jihatiga e’tibor qaratadi. Birinchisi - so‘zlarning fonetik xususiyatlari. Ma’noni yechib berishda so‘zlarning tovush belgilari muhim omil ekanligini ko‘zda tutgan holda, chig‘atoy matnlarida ishlatilgan so‘zlarning talaffuzi, yozilishi, fonetik variantlari keng qamrovda yoritiladi. Bu narsa o‘sha zamonlarda ham qipchoqlarga yoki o‘g‘uz turklariga, ayniqsa, usmonli turkchasida so‘zlovchilarga chig‘atoycha matnlarni o‘qish va ularning ma’nosini talqin etishda qo‘l kelgan.
Ma’lumki, eski turkcha matnlarda jarangli [g] va jarangsiz [k] tovushlari yozuvda farq qilmaydi, ikkovi ham kdf harfi bilan berilgan. Lug‘at muallifi ularning talaffuzini aks ettirish maqsadida turli atamalardan foydalangan: jarangli [g] uchun kdf-e ’ajami, jarangsiz [k] uchun esa kdf-e ’arabi atamasini qo‘llaydi. Masalan, Ogurmak so‘zini izohlar ekan, undagi kdf harflarining talaffuziga to‘xtalib, “kaf-e avval ’ajami va kafe sani ’arabidur” deb yozadi (DDT.111). Yoki emgak so‘zining izohida “kaf-e avval ’ajami, kaf-e sani ’arabidur” deya urg‘ulaydi (DDT.20). Yana misollar: dksuk - kaf kaf-e ’arabidur (DDT.111); ozga - kaf kaf-e ’ajamidur (DDT.105).
Shuningdek, turkiy matnlarda jim harfining vazifasi ham ikki xil, u [j] va [c] tovushlarini bildiradi. Muallif ularni ayirib ko‘rsatish maqsadida: [j] uchunjim-e ’arabi, jarangsiz [c] uchun esa jim-e ajami atamasini ishlatadi. Masalan, aj'ig yoki aj'iq so‘zini izohlar ekan, undagi jim harfining talaffuziga va so‘zning ma’nosiga to‘xtalib, “jim-e ’arabi-la, “aji” demakdur” deya urg‘ulaydi (DDT.10). Yoki kecti so‘zining izohida kaf va jim harflarining talaffuziga to‘xtalib, “kaf kaf-e ’arabidur va jim jim-e ajamidur” deya ta’kidlaydi (DDT.256).
Lug‘atda ayrim so‘zlarning fonetik variantlariga ham e’tibor qaratiladi; muallif ularning har ikki ko‘rinishini beradi. Masalan: Ayag va ayaq - “qadah” va “pay” ma’nasindadur (DDT.29).
Lug‘at muallifining e’tiboridagi ikkinchi jihat so‘zlarning ma’nolarini izohlashdir. So‘zlar ma’nosini izohlar ekan, ayni ma’noda kimning asarida, qaysi bayt, hatto qanday vaziyatda qo‘llanilganini aniq ko‘rsatadi hamda o‘sha bayt yoki jumlani misol keltiradi.
Masalan, kokla- so‘zining ta’rifida yozadi: Kdkla - kaf lar kaf-e ’arabidur, amr edup “saz cal­” ma’nasinadur-ki, “Mahzan Mir Haydar”da maqala-i avvalda kelur-ki, bayt:
Turk surudini tuzuk birla tuz,
Yaxsi ayalgu bila kokla qobuz.
Va yana “Garayibu-s-sigar”da kelur-ki, bayt:
Dedim tarana-e jan yaxsi mutriba sen xud,
Firaq sazi tuzup olturur kokin caldip.
Kok oldurmak vazninda va ahapida calduk demakdur (DDT.269).
Yana misol: Qosuq - urgustak usulinda irlanan tarkiba derlarki, “Mezanu-l-avzan”da bir turkida kelurki, yana qosuqdur-kim, urgustak usulida sayedur va urgustak tafsili “Alif-e mazmuma”da kecmisdir va yana “Hayratu-l-abrar”da soz ta’rifinda kelur-ki, bayt:
Aplamayin sozda tuyuq bahrini,
Qaysi tuyuq, balki qosuq bahrini (DDT.342).
Yawcin “qonaq” ma’nasindadur-ki, “Mahzan Mir Haydar”da Hatam-e Tayi hikayasinda bolur. Bayt:
Kim karamin korga bu hali bila,
Yawcin agirlar kisi mali bila (DDT.407).
Lug‘atda soha atamalari yoki keyinchalik ma’nosi unutilgan so‘zlarga ham alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, signaq so‘zi joy oti sifatida hammaga ma’lum. Lekin u yozuv turini ham bildirgan. Bu ma’nosini Bobur o‘z she’rida tashbih sifatida qo‘llaydi. Lug‘atda ana shunga ishora etiladi. Muallif yozadi:
S'ignaq - bir nav’e xatdur, Cigatayda xatt-i baburi va gayri kibi-ke, Babur Mirza as’arinda kelur. Bayt:
Xublar xatti nasibip bolmasa, Babur, ne tap,
Baburi xati emasdur, xat-i signaqimudur (DDT.278).
Musiqa ilmiga tegishli bo‘lgan urgustak so‘zining ma’nosini quyidagicha ochiqlaydi: Urgustak - kaf kaf-e ’arabidur, ’ilm-i musiqida bir usuldur-ki, “Mezanu-l-avzan”da-ki - ’aruz risalasidur, qosuq lugatin tasjih etduki mahalda bir turkida kelur-ki, yana qosuqdur-ki, urgustak usulida saye’dur va ba’zi advar kisida ul usul zikr bolupdur va ul surud ’a’rabnip tewa surar hudilar vazni bila ramal-i murabba’-i mahzufda vaqe’ bolur va anip asli bu nav’dur-kim, bayt:
Vah-ki ul ay hasrati dard-u dag-i furqati,
Ham erur janimga ort, ham hayalim afati (DDT.134).
“Chig‘atoy turkchasi” bo‘yicha tuzilgan lug‘atlar, shular qatori “Abushqa” ham, chig‘atoy tilida qo‘llanilgan so‘zlar ma’nosini aniqlashda, klassik matnlarni tushunish va ularni talqin qilishda muhim ahamiyatga egadir.

Yüklə 234,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin