6. Modulli talim texnologiyalari. O‘qituvchining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish. Mashg‘ulotni amaliy tashkil etish. Modulli dasturli muhit bilan shug‘ullanish: Birinchi qadam – o‘z o‘quv kurslarini sistemalar sifatida tasavvur etish, ya’ni mazmunini dastlabki tarkibiy tuzilish, kursning asosiy yo‘nalishlarini ajratib olish. Ikkinchi qadam – har bir turkumi bo‘yicha texnologik xaritani tuzish. Uchinchi qadam – modulli dastur (MD) yaratish, uning tashkil etuvchilari modulli dasturning didaktik maqsadi va modullar. To‘rtinchi qadam – kompleks didaktik maqsaddan yetakchi didaktik maqsadlarni ajratib olish. (YEDM) – bu xam uch bosqichda – har bir modul uchun va modullar sistemalarini yaratish. Beshinchi qadam – bu yetakchi didaktik maqsadlarini xususiy didaktik maqsadlarga (XDM) aylantirish; va modulni tashkil etuvchi o‘quv elementlarini (O‘E) mazmunini shakllantirish. Oltinchi qadam – modul tuzish. Hamma xususiy didaktik maqsadlarni aniqlash va maqsadga yo‘naltirish, o‘quvchi xarakatlari algoritmlarini (2-3 darajada) o‘z ichiga olish. O‘quv jarayonlari va bilimlarni o‘zlashtirishni nazorat qilish va tuzatishni tekshiruvchi topshiriqlar yaratish.
7. Ta’lim jarayonida didaktik o‘yin texnologiyalari. O‘yin texnologiyalari va uning o‘ziga xos xususiyatlari; ta’lim berish, nazorat qilish, tarbiyalash, rivojlantirish, predmetli, rolli, amaliy va boshqalar. Didaktik jarayonda interfaol metodlar. D.B.Elkonin va V.V.Davidovning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari va uning o‘quvchi mashg‘ulotlarida maqsadga muvofiq faol o‘quv faoliyati prinsipi. Inter faol yexnologiyalar, texnologik xarita.
8. «Pedagogik jarayonning samarali va natijali bo‘lishini ta’minlaydigan interfaol uslublar» texnologiyasini matematika darslarida qo‘llash. «Pedagogik jarayonning samarali va natijali bo‘lishini ta’minlaydigan interfaol uslublar» texnologiyasini matematika darslarida amaliy qo‘llash.
Matematika darslaridagi «Aqliy hujum», «Debat», «6(6(6», «Insert», «Klaster», «Venn diagrammasi», «Zig-zag», «Zakovatli zukko», «Muzyorar» texnologiyasini matematika darslarida qo‘llash.