M. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə10/83
tarix24.11.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#133596
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas

Bugun shuni tan olish kerakki, hamon davom etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hamda uning oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan inqirozga qarshi dasturlar va ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, bu boradagi ahvol, afsuski, yaxshilanmayapti, ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa uning yomonlashish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Dunyoning ko‘plab yetakchi mamlakatlarida davlat qarzi va milliy byudjetlar taqchilligi muammosi deyarli hal etilmasdan qolmoqda, real iqtisodiyotda ishlab chiqarish pasayib bormoqda, jahon bozorida xarid talabining kamayishi davom etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda.
Kredit oluvchilarning to‘lovga layoqatsizligi, hisob-kitob qilishga qurbi yetmayotgani moliya-bank tizimida jiddiy muammolar paydo bo‘lishiga olib kelmoqda.
Dunyoning eng yirik davlatlari markaziy banklari tomonidan real aktivlar bilan deyarli ta’minlanmagan pullarni chiqarish davom etayotgani, shuningdek, sun’iy moliyaviy vositalar derivativlarning nazoratsiz chiqarilayotgani ko‘plab nufuzli xalqaro tahlil markazlari va ekspertlarda jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.
Moliya va bank bozorini ortiqcha likvidlik bilan to‘ldirish, bunday siyosatni davom ettirish ulkan spekulyativ “ko‘piklar” hosil bo‘lishi, zaxira valyutalari va milliy valyutalarning qadrsizlanishi, inflyatsiya darajasining o‘sish xavfini tug‘dirmoqda.
Tobora o‘sib borayotgan bunday muammolar bugungi kunda global inqiroz keltirib chiqarayotgan chuqur jarayonlarni faqat eski vosita va prinsiplarni tuzatish bilan hal etib bo‘lmasligidan darak bermoqda va avvalambor moliya va bank tizimining yangi tuzilmasini, uni nazorat qilish va tartibga solish mexanizmlarini ko‘p tomonlama asosda ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Ana shunday murakkab sharoitda 2013-yil va yaqin kelajakda hamon davom etayotgan global inqirozning barcha xavf-xatar va oqibatlarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan ta’sirini hisobga olish alohida prinsipial ahamiyat kasb etadi.
Bugungi vaziyat o‘tgan yillar mobaynida inqirozga qarshi kurashish borasida to‘plagan tajribamizga suyanib, mamlakatimizni rivojlantirish, isloh etish va yangilash bo‘yicha erishgan sur’atlarni boy bermaslik uchun mavjud resurs va imkoniyatlarni safarbar etishni talab qilmoqda.
Ana shu vazifadan kelib chiqqan holda, 2013-yilda izchil yuqori o‘sish sur’atlarini, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va iqtisodiyotimiz
raqobatdoshligini oshirish eng muhim ustuvor yo‘nalishimizga aylanishi darkor.
Joriy yilda mamlakatimiz iqtisodiyotini 8 foizga, sanoatni 8,4 foizga, qishloq xo‘jaligini 6 foizga, asosiy kapitalga kiritilgan investsiyalar hajmini 11 foizga, xizmat ko‘rsatish sohasini qariyb 16 foizga oshirish va yalpi ichki mahsulotda uning ulushi 53 foizgacha o‘sishini ta’minlash maqsadi qo`yilmoqda”
Xulosa
Institutlar jamiyat rivojlanishining barcha bosqichlarida muhim rol o`ynab kelgan. Ular jamiyatda qarorlar qabul qilish, insonlar va iqtisodiyot ishtirokchilarining o`zaro munosabatlarini belgilovchi normalardan tarkib topgan rasmiy va norasmiy qoidalar hisoblanadi. rasmiy qoidalar mamlakat konstitutsiyasida, qonunlarda, ma’muriy va boshqa hujjatlarda o`z aksini topadi. Norasmiy normalar esa urf-odat, an’analar va shu kabi boshqa hayot tarzi orqali yuzaga kelgan qoidalarda ifodalanadi.
Jamiyat rivojlanishi bilan mavjud institutlar va ular negizini tashkil etuvchi rasmiy va norasmiy qoidalar ham o`zgarib boradi, takomillashadi. Bunday o`zgarishlarni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sharoitlar belgilab beradi.
Institutlar o`zaro muvofiqlashtirilgan tarzda ishlashi, davlat tizimi faoliyatining samaradorligiga katta ta’sir ko`rsatadi. Institutlar faoliyati aksariyat hollarda normalarga bog`liqdir. Norma tushunchasi tartibni saqlash funksiyasiga ega bo`lib, u o`zaro hamkorliklik tizimida majburiy xatti-harakat bajarilishini talab etadi. Normalar hamkorlik strategiyasi, qoida, xususan, normaning o`zi kabi shakllarga ega. Ratsionallikning to`liq, to`liqsiz, tartibotli, asoslangan, harakat normasi kabi shakllari mavjud. Ijtimoiy tanlash nazariyasida normalarga oqilona tanlash natijasi sifatida qaraladi. Kelishuvlar iqtisodida esa normalar oqilona xatti- harakatning omili sifatida tahlil qilinadi.

Tayanch so`zlar va iboralar


Institut, rasmiy qoidalar, norasmiy normalar, institutlarning o`zgarishi, institutsional matritsa, institutsional o`zgarishlar, mafkura, institutlarning o`zaro bog`liqligi, tashkilotlar, o`yinchilar, o`yin qoidalari, norma, hamkorlik strategiyasi, qoida, kelishuv, ijtimoiy tanlash nazariyasi, kelishuvlar iqtisodi nazariyasi, urinish, murosa, oqilona harakat, tashkilot.

Takrorlash uchun savollar


  1. Institutlar nima? Ularning ta’riflarini keltiring.

  2. Institutlar tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?

  3. Rasmiy va norasmiy normalar qanday yuzaga keladi?

  4. Norasmiy qoidalarning jamiyatdagi roli nimada?




  • I.A.Karimov. Bosh maqsadimiz – keng ko`lamli islohotlar va modernizatsiya yo`lini qat’iyat bilan davom ettirish: Ўzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga baғishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so`zi gazetasi 2013 yil 19 yanvar, 13-son.

  1. Institutsional matritsa ta’rifini keltiring va uning g`oyasi nimadan iborat?

  2. Norma bazaviy institut ekanligini izohlang.

  3. O`zaro hamkorlikni qurishda normaning o`rni qanday tavsiflanadi?

  4. O`zingizning odatiy kuningizni ertalabdan kechgacha kelishuv (murosa, ekspansiya, urinish) lar atamalarida yoritishga urinib ko`ring.

  5. Institutsional o`zgarishlarga nimalar sabab bo`ladi? Eski va yangi institutlar o`rtasida qanday bog`liqliklar mavjud?

  6. Rasmiy va norasmiy normalarni muvofiqlashtirish zarurati nima bilan belgilanadi?

  7. Tashkilotlar institutsional jarayonda qanday funksiyalarni bajaradi?

  1. Yüklə 4,4 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin