Mablag’lar aylanishidagi asosiy bosqich- moddiy boyliklarni yaratish jarayoni sodir bo’ladigan ishlab chiqarish bosqichidir



Yüklə 87,56 Kb.
səhifə3/9
tarix12.03.2023
ölçüsü87,56 Kb.
#123994
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 Xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risida tushuncha

Kalkulatsiya qilish deb esa, ishlab chiqarilgan mahsulot, tayyorlangan moddiy qiymatlik, bajarilgan ish va qilingan xizmatlarning rejalashtirilgan ish va qilingan xizmatlarning rejalashtirilgan, me’yoriy yoki haqiqiy tannarxini aniqlash jarayoniga aytiladi.
Xarajatlarni mahsulot tannarxiga o‘tkazish, ya’ni bevosita tannarxga ta’sir qiluvchi xarajatlardan unumli foydalanish, mahsulot sifatiga salbiy ta’sir qilmasdan ularni tejab qolish imkoniyatlarini ishga solish, rentabellikni oshirishga qaratilgan omildir.
Mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxiga kiritilgan xarajatlar qonun va me’yoriy hujjatlar bilan tasdiqlanib, kalkulatsiya moddalari ishlab chiqiladi.
Mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlashda xarajatlarni hisobot davrlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash alohida e’tiborlidir. Shunday xarajat moddalari borki, ularni hisobot davri bo‘yicha to‘liq tannarxiga o‘tkazish iqtisodiy jihatdan noo‘rindir. H ozirgi kunda mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga quyidagi xarajatlar kiritilgan.
Misol uchun, kelgusi yil uchun gazeta va jurnallarga obuna bo‘lish hisobot yilining oxirida amalga oshiriladi. Agar bu xarajatlarni hisobot yilining oxirgi oylarida xarajatlarga qo‘shilmasa, mahsulot tannarxida sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday xarajatlar buxgalteriya hisobida „Kelgusi davr xarajatlari“ deb hisobga olinadi. H isobot yili boshlangandan so‘ng obuna xarajatlarining o‘rtacha oylik miqdori aniqlanib, ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga oyma-oy o‘tkazilib boriladi.
Mahsulot tannarxining to‘g‘ri hisoblanishi, har bir korxona va tashkilot uchun mas’uliyatli davr hisoblanib, unda mahsulot ishlab chiqarishga sarf qilingan asosiy va qo‘shimcha xarajatlar hisob-kitob qilinadi. Iqtisodiy adabiyotlarda mahsulot ishlab chiqarishda, uning tannarxini aniqlashda turli usullar, shu jumladan: oddiy oraliq, zakaz (buyurtma), normativ usullarining ishlatilishi ko‘rsatilgan.
Yuqoridagi usullardan qaysi birini tanlash va amaliyotda foydalanish bevosita ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, korxona texnik holatiga ham bog‘liqdir. M ahsulot tannarxini aniqlashda qaysi bir usuldan foydalanmaylik, tannarxni aniqlovchi schot bo‘lib, u „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti hisoblanadi. Bu schotning debet tomonida tegishli mahsulot ishlab chiqarishga sarf qilingan asosiy xarajatlar ko‘rsatiladi. Mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan turli xarajatlar bosh schotlarda yig‘ilib boradi. Hisobot davrining oxirida mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar «Asosiy ishlab chiqarish» schotiga o‘tkaziladi.
Mahsulot tannarxini aniqlashda hukumat tomonidan belgilangan xarajatlarni mahsulot tannarxiga o‘tkazish tartibi va xarajat moddalariga alohida e’tibor talab qilinadi. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajat moddalariga asosan ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi „Asosiy ishlab chiqarish“ schotida aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999- yil 5- fevraldagi 54- qarorida mahsulot (ishlar, xizmatlar) ning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi ko‘rsatilgan. Qarorga asosan, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ning ishlab chiqarish tannarxiga ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi bilan shartlangan xarajatlar kiradi. Ularga quyidagi xarajatlar tegishlidir:
— bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
— bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
— ishlab chiqarish xususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan ustama xarajatlar.

Yüklə 87,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin