Mablag’lar aylanishidagi asosiy bosqich- moddiy boyliklarni yaratish jarayoni sodir bo’ladigan ishlab chiqarish bosqichidir


Realizatsiya (sotish) jarayoni hisobi



Yüklə 87,56 Kb.
səhifə8/9
tarix12.03.2023
ölçüsü87,56 Kb.
#123994
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 Xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risida tushuncha

Realizatsiya (sotish) jarayoni hisobi


Mulkchilikning turli shakllarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatida realizatsiya (sotish) jarayoni asosiy jarayon hisoblanadi, chunki har qaysi mulkdor ishlab chiqarilgan mahsulotini sotishdangina daromad manbayini shakllantiradi.
Realizatsiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, birinchidan, bozor muvozanatiga o‘z ta’sirini o‘tkazsa, ikkinchidan, boshqa jarayonlar faoliyatining bir me’yorda olib borilishini ta’minlash uchun asos yaratadi. Bu jarayonda tejamkorlik, mahsulot sifati, talab va taklif, baho asosiy omillardan hisoblanib, har bir omil jarayon faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazib boradi.
Realizatsiya jarayonining yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu jarayonda mahsulotni sotish va sotib olish baholari namoyon bo‘ladi.
Realizatsiya jarayoni quyidagi schotlarda o‘z ifodasini topadi:

  • „mahsulot (ish, xizmat)larni sotish“ schoti;

  • „davr xarajatlari“ schoti;

  • „olinadigan hisobvaraqlar“ schoti;

  • „foyda va zararlar“ schoti;

  • „budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik“ schoti.

Mahsulot (ish, xizmat)larni sotish“ schoti. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotish bevosita ishlab chiqarish korxonasi bilan xaridor tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnomada har ikkala tomonning majburiyatlari, shu jumladan, mahsulotni jo‘natish tartibi, jo‘natayotgan mahsulotning miqdori, sifati, summasi, jo‘natish (kunlari) muddatlari va hisob-kitob shakli tomonlar o‘rtasida kelishiladi. Buxgalteriya hisobida sotilgan tovar mahsulotlar summasi passiv „M ahsulot (ish, xizmat)larni sotish“ schotida yuritiladi. Bu schotning kredit
7 — Buxgalteriya hisobi nazariyasi
tomonida sotilgan tovar va mahsulotlarning sotish bahosi, debet tomonida esa sotilgan mahsulotning sotib olish bahosi ko‘rsatiladi. Schotning debet tomonida esa sotilgan mahsulotni sotib olish bahosi ko‘rsatiladi. Schotning debet va kredit tomonlaridagi sotilgan tovar mahsulot summasi taqqoslanganda kredit tomonida qoldiq qoladi. Bu qoldiq tovar, mahsulotni sotishdan olingan, ya’ni daromad summasini bildiradi (ko‘rsatadi).
Тuzilgan shartnomaga asosan, xaridorlarga jo‘natilgan tovarlar summasiga debet, „Olinadigan hisobvaraqlar“ schoti, kredit „Тayyor mahsulot“ yoki „Тovarlar“ schoti deb buxgalteriya yozuvi beriladi. Xaridorlarga jo‘natilgan tovarlar uchun pul to‘langanda debet „Hisob-kitob“ schoti, kredit „Sotilgan mahsulotlar tannarxi“ schoti deb buxgalteriya yozuvi beriladi.
Xaridorlar tomonidan tovar (mahsulot) omborga qabul qilinganda debet „Тovarlar“ schoti, kredit „Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar“ schoti deb buxgalteriya yozuvi beriladi.

Yüklə 87,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin