Yuqoridagi misolimizga quyidagi buxgalteriya yozuvlari beriladi: Debet „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti 50000 so‘m.Kredit „Materiallar“ schoti 50000 so‘m.
Debet „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti 20000 so‘m.
Kredit „Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisobkitoblar“ schoti 20000 so‘m.
Debet „Тayyor mahsulot“ schoti 30000 so‘m.
Kredit „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti 30000 so‘m.
Debet „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti 8000 so‘m.
Kredit „Asosiy vositalarning eskirishi“ schoti 18000 so‘m.
„Asosiy ishlab chiqarish“ schotining debet tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar o‘z ifodasini topadi. „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti mahsulot tannarxini aniqlash bilan bevosita bog‘liqdir.
Hisobot davrining oxirida ishlab chiqarilgan mahsulot-
ga taalluqli bo‘lgan „Umumishlab chiqarish xarajatlari“, „Asosiy ishlab chiqarish“ schotiga o‘tkaziladi.
Misolimiz buxgalteriya hisobi schotlari chizmasida quyidagicha ko‘rsatiladi:
„Asosiy vositalarning eskirish“schoti. Asosiy vositalar o‘z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulotga asta-sekinlik bilan eskirish summasi sifatida o‘tkazib boradi. Asosiy vositalarning eskirishi ularning boshlang‘ich qiymatiga nisbatan aniqlanadi. Asosiy vositalarning eskirishi me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi. Buxgalteriya hisobida asosiy vositalarning eskirishi passiv „Asosiy vositalarning eskirishi“ schotida hisobga olinadi. Bu schotning kredit tomonida asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi ko‘rsatiladi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda debet „Umumishlab chiqarish xarajatlari“ schoti, kredit „Asosiy vositalarning eskirishi“ schoti deb buxgalteriya yozuvi beriladi.
„Nomoddiy aktivlar“schoti. N omoddiy aktivlar moddiy ashyoviy mazmuniga xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan xo‘jalik faoliyatida foydalanish uchun yoki boshqarish uchun nazorat qilinadigan obyektlar kiradi. N omoddiy aktivlar buxgalteriya hisobida boshlang‘ich bahoda hisob-kitob qilinadi. Nomoddiy aktivlarga patent, litsenziya, savdo markalari, belgilari, mualliflik huquqlari, resurslardan foydalanishlar kiradi va ular „N omoddiy aktivlar“ schotida hisobga olinadi. Schot aktiv hisoblanib, uning debetida xarid qilingan nomoddiy aktivlar, kredit tomonida esa nomoddiy aktivlarning sotilishi, chiqib ketishi ko‘rsatiladi.
Xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar schoti passiv hisoblanib, uning kredit tomonida ishchi va xizmatchilarga to‘langan ish haqi summasi ko‘rsatiladi. Debet tomonida ishchi-xizmatchilarga to‘langan, amaldagi qonun bo‘yicha ish haqidan ushlab qolinishi belgilangan summalar ko‘rsatiladi.