24
Bibliografiya ma’lum darajada kutubxonalar orqali tarqaladi. Shuningdek
bibliografiya nazariyasi-bibliografiyashunoslik rivojlanadi. U o‘z navbatida
kutubxonashunoslik
fani tamoyillari, nazariyasi, usullari, tushunchalaridan
foydalangan xolda uning ilmiy-nazariy potensialiga suyanadi.
Ushbu fanlarnibir-
biriga yaqinlashtirish, olimlar oldida turgan muxim vazifalardan biridir.
Kutubxonashunoslik va kitobshunoslik
Kitobshunoslik-kutubxonashunoslik bilan yaqin, bir-biriga bog‘langan ilmiy
fan. Lekin ko‘pgina kitobshunos olimlar kutubxonashunoslikni, kitobshunoslik
fanini tarkibiy qismi sifatida qarashadi.
Kitobshunoslik, kitobshunos olimlarni bergan ta’rifiga ko‘ra kitob haqidagi
barcha fanlarni sun’iy konglamerati, ya’niy quramasidir. Kutubxonashunoslik fani
kitobni o‘zini emas, balki axborotni saqlovchi elementlardan
biri -nashr shakl
sifatidagi xolati, mazmuni qiziqtiradi. Kutubxonashunoslar o‘z faoliyatlarida ushbu
fanning asosiy tushunchalari: kitob, kitobat ishi, nashriyot,
kitob tarqatish va
boshqadan foydalanadilar.
Kitobshunoslik va kutubxonashunoslik fanlari kitobxonlik deb ataluvchi
tadqiqot sog‘asida bir-biriga juda yaqin aloqada bo‘ladi. “Kitobxon”, “o‘qish”
tushunchalari kutubxonashunoslikdagi muxim tushunchalari bo‘lsada, ular tor
ma’noda ishlatiladi. Kitobni bilish, uni ma’nosini, maqsadi va qanday kitobxonlar
guruxiga mo‘ljallanganligi- bu kutubxonachining kasbiy faoliyatidir. Ba’zi bir
kutubxonachilik tadqiqotlari konsepsiyalarini ishlab chiqishda kitoblarni ijtimoiy
xodisa sifatida rivojlanishining umumiy qonuniyatlari katta rol o‘ynaydi.
Kitobshunoslar o‘z
navbatida kitobxonlar, ularni qiziqishlari, axborotga
bo‘lgan talablari, aloxida nashr turlaridan foydalanish, aniq nashrlar va boshqalar
haqidagi nazariy xulosalar va empirik ma’lumotlardan foydalanadilar.
Kitobshunoslik va kutubxonashunoslik fanlarini juda ham yaqinligi, ushbu fanlarni
yagona fan deb qarash yoki biri ikkinchisini tarkibiga kiradi deb xisoblashga xech
qanday asos yo‘q.
Dostları ilə paylaş: