Madaniyatshunoslik


Kutubxonaning asosiy funksiyalari



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

 Kutubxonaning asosiy funksiyalari 
Kutubxonalaring bir-biriga bo‘ysunadigan funksiyalarini quyidagi tartibda 
tavsiflash mumkin;
1.
Bosh 
( kutubxonaning mohiyatini belgilab beruvchi) funksiyalar- xotira, 
axborot-kommunikativ (aloqa uchun xizmat qiladigan) funksiyalar; 
2.
Asosiy 
funksiyalar-o‘qishga, kasbiy-ishlab chikarishga, ilmiy ishga, 
mustaqil bilim olishga yordam beruvchi funksiyalar; 
3.
Hosila funksiyalari- 
ma’rifiy, tarbiyaviy, ishlab chiqarish funks 
Nazorat savollari: 
1.
O‘zbekistonda kutubxonachilik ishini tashkil etishning prinsiplari xaqida 
nimalarni bilasiz? 
2.
Kutubxonachilik tizimini tabaqalashtirilgan asosida tashkil etish xaqida 
nimalarni bilasiz? 
3.
Kutubxonalarning asosiy funksiyalari xaqida nimalarni bilasiz?
8-MAVZU: KUTUBXONA-AXBOROT MUASSASALARINING ASOSIY 
TIPLARI VA HILLARI 
Reja: 
 1. “Kutubxonalar tipologiyasi” tushunchasi va nazariyasini rivojlanishi. 


38 
 2. O‘zbekistonda kutubxona-axborot muassasalarining asosiy tiplari va 
turlari.
 3. O‘zbekistondagi maxsus kutubxona-axborot muassasalari 
 
Tayanch iboralar: 
“Kutubxonalar 
tipologiyasi” 
tushunchasi 
va 
nazariyasini 
rivojlanishi. 
O‘zbekistonda kutubxona-axborot muassasalarining asosiy tiplari va turlari.
O‘zbekistondagi maxsus kutubxona-axborot muassasalari 
1. “Kutubxonalar tipologiyasi” tushunchasi va nazariyasini rivojlanishi.
Kutubxonashunoslikda ko‘pgina vazifalarni xal etishda ikkita bir-biriga 
yaqin 
bo‘lgan 
metodlardan-klassifikatsiyalash 
va 
tipologiyalashdan 
foydalaniladi.Klassifikatsiyalash va tipologiyalash o‘rtasidagi chegaralar shartlidir. 
Shunga qaramasdan klassifikatsiyalash deganda o‘rganilayotgan obektni miqdoriy 
jihatdan guruxlarga ajratish tushunilsa, tipologiyalashda esa-sifatiga qarab qarab 
ajaratish tushuniladi. 
Tipologiyalashning zarurati bir xil bo‘lmagan kutubxonalarni bir tartibga 
solish zarurati bilan paydo bo‘ladi, yoki ularni qandaydir qonuniyatlar asosida 
bunday bir xil bo‘lmaganlikni o‘rganish zaruratidan kelib chiqadi. Tipologiyalash 
jarayonida mazmunli taxlil qilish asosida o‘rganilayotgan kutubxonalarni o‘xshash 
va har xillik jixatlari aniqlanadi va ularni identifikatsiyalash –ya’niy bir xillikka 
olib keluvchi usullari aniqlanadi. 
Kutubxonalarni tipologiyalashni asosiy sifat o‘lchovi sifatida “tip” va 
“tur”degan tushunchalar qabul qilingan bo‘lib, ular namuna, model, turli xil degan 
ma’nolarni bildiradi va kutubxonalarni tegishli guruxlariga mansub bo‘lgan 
ma’lum bir belgilarga ega bo‘ladi. Shuning uchun ma’lum bir yetakchi belgilariga 
ko‘ra guruxlarga ajaratishni tiplarga ajaratish deb ataladi, keyingi maydalashtirish 
jarayonidagi ajaratish esa tur va kichik tur deb ataladi. 
Tipologiyalash jarayonida bir vaqtni o‘zida ikkita -nazariy va amaliy 
masalalar xal etiladi. Birinchi masala kutubxonalarni faoliyat ko‘rsatishi va 
tipologik jixatdan rivojlanishini obektiv qonuniyatlarini ochish maqsadida ularni 
faoliyatini xarakterlovchi faktorlarni to‘plash va taxlil qilish ishlari ya’niy-nazariy 
masalalardir.
Kutubxonalarni tipologiyalashning amaliy masalalar esa, ularni faoliyatlarni 
tashkil etish va rivojlantirish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqishdir.U 
kutubxonalarni tipologik xarakteristikasidan kelib chiqqan xolda ularni 
vazifalarini, funksiyalarini, aloqalarini, munosabatlarini, tashkiliy darajalarini 
aniqlash imkonini beradi va ular kutubxonalarni samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun 
zarurdir. Kutubxonalarni tiplari va turlarini xisobga olgan xolda maqsadga 
muvofiq ravishda ularni fondini tarkibi va tuzilishini, kitobxonlar so‘rovlarni 
qondirilishini, kutubxonalani sohalarga ajratish va o‘zaro aloqalariga asoslanuvchi 
tizimlarni qurish va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, kutubxonachilik ishini 
samarali boshqarish va boshqalar amalga oshiriladi.
Kutubxonalarni ilmiy jihatdan tipologiyalash masalalari nazariy jixatdan 


39 
kutubxonashunoslikda xozircha ishlab chiqilmagan.Lekin ko‘pchilik olimlar 
quyidagi kutubxona turlarini qayd etganlar: milliy, ommaviy, o‘quv, akademik, 
maxsus.
XX asrning 20-yillarida dastlab kutubxonalar uchta tipga: ommaviy, ilmiy, 
maktab kutubxonalari bo‘lingan.
30-yillarga kelib M.A.Potapov kutubxonalarni ommaviy va ilmiy 
kutubxonalarga bo‘linishiga qarshi chiqqan. Va u kutubxonalarni kitob fondiga 
ko‘ra universal va maxsus bo‘lishni taklif etgan. 
40-yillarda I.M.Frumin kutubxonalarni ommaviy va ilmiy kutubxonalarga 
bo‘lishga qaytadi. Guruxlash asosi sifatida kitobxonlarni so‘rovlarni: umumta’lim, 
ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish, o‘quv so‘rovlarini olgan.
50-60 
yillarda 
O.S.Chubaryan 
kutubxonalarni 
tabaqalashtirishni 
kitobxonlarga mo‘ljallanganlikka qarab ajratgan: ommaviy va ilmiy va maxsus. 
Bunga qo‘shimcha sifatida ikkinchi belgilari bo‘yicha, mintaqaviy va idoraga 
mansublikka qarab ajratishni taklif qilgan.
70-90 yillarda kutubxonalarni tipologiyasi muammosiga bag‘ishlangan maxs 
us munozaralar bo‘lib o‘tdi. Naimjada kutubxonalar ommaviy va ilmmiy, umumiy 
va maxsus, universal va maxsus, ommaviy va idoralar, ilmiy va va bolalarga 
bo‘lindi. Tadqiqotchilar kutubxonalarni tiplarga ajaratishda qanday belgilar asosiy 
va qanday belgilar ikkinchi darajali belgilar bo‘lishi kerak degan yagona bir 
to‘xtamga kela olmadilar 
YUNESKO kutubxonalarni quyidagi klassifikatsiyasini taklif etadi: 
1.
Milliy kutubxonalar 
2.
Oliy o‘quv yurtlari kutubxonalari 
3.
Yirik universal hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan kutubxonalar 
4.
O‘quv kutubxonalari 
5.
Maxsus kutubxonalar(Ilmiy-tadqiqot institutlari,jamoat tashkilotlari, 
idoralar, kasaba uyushmasi, muzeylar va boshqalar) 
6.
Ommaviy hamma foydalanuvchi (yoki xalq) kutubxonalar.
Ko‘rinib turibdiki, bu yerda ham kutubxonalar yagona ilmiy asoslangan 
belgilar bo‘yicha tiplarga ajaratilmagan. 
Shunday qilib kutubxonalarni tiplarga ajratishda turli xil qarashlar 
mavjud. Bir xillari asosiy , yetakchi belgi sifatida kitob fondini tarkibi deb 
xisoblasa, ikkinchisi esp kitobxonlar so‘rovlari yetakchi deb xisoblaydi, uchinchisi 
esp axborotga bo‘lgan talabni, to‘rtinchisi esa kitobxonlarni kutubxona murojaat 
qilishdan maqsadini, motivatsiyasini asosiy belgi deb xisoblaydi. 
Shunig uchun biz tiplarga bo‘luvchi belgilarga to‘xtalib o‘tamiz 
Ular turlicha bo‘lishi mumkin:
-Maqsadiga ko‘ra,
-foydalanuvchilar kontengenti bo‘yicha,
-mavzusi bo‘yicha,
-fondni tarkibi va xajmi bo‘yicha,
-mansubligi bo‘yicha,
-faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha,


40 
-yuridik mustaqilligi bo‘yicha,
-kutubxonalar tizimidagi o‘rni va faoliyati statusi bo‘yicha,
foydalanish darajasi bo‘yicha va x.k.
Yuqoridagi belgilar bo‘yicha turli tiplar, turlar va kichik turlarga ajratish 
mumkin. Shunga ko‘ra har bir kutubxona bir vaqtni o‘zida turli 
klassifikatsiyalashda bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin