37
sohalarda muvofiqlashtirish va uyg‘unlashtirish hisoblanadi.
Respublika
mustaqilligi, hududiy xo‘jalik hisobini joriy etish va mahalliy kengashlar
huquklarining
kengaytirilishi, o‘z ishlarini rivojlantirishda
kutubxonalar
mustaqilligining kuchayishi kutubxona tizimi birligi va butunligini amalga oshirish
masalasini yangicha yechishni talab qiladi.
Hozirgi sharoitda kutubxona tarmog‘i juda o‘zgaruvchan bo‘lishi tabiiydir.
Kitobxon va uning qiziqishi hududiy kutubxonachilik tizimlarini tartibga solish va
uni yanada taraqqiy ettirishda asosiy omil bo‘lib qoladi.
Masalan, kutubxonalarning tuzilgan maqsadlari bo‘yicha( kutubxona-qiroatxona,
kulb-kutubxona,
kutubxona- muloqot markazi, oilaviy o‘qish kutubxonasi)
fondlarning mavzui, tarkibi bo‘yicha (tarixiy adabiyotlar kutubxonasi, san’at
materiallari bo‘yicha kutubxona) kabi tabaqalashtirilgan
yangi tiplari taraqqiy
etadi.
6. Kutubxonalarni tashkil etish va ularning faoliyatida keng
jamoatchilikning ishtirok etishi.
Kasbiy o‘zini-o‘zi boshqarishning Respublika organi (Qurultoy kutubxonachilik
ishi bo‘yicha qonunlar loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy
majlisi yoki Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish bo‘yicha qonunchilik tashabbusi
huquqiga egadir.
Kutubxonachilik ishini boshqarishda jamoatchilik o‘zining
saylanma-vakillik
organlari orqali, shuningdek kutubxonalar va kutubxona xodimlarining ko‘pchiligi
kasbiy jamoatchilik birlashmalari kutubxonalar ishi bilan bog‘liq manfaatdor
shaxslar orqali ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: