Madaniyatshunoslik


Kutubxonachilik ishining davlat xarakteri



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

 3.Kutubxonachilik ishining davlat xarakteri. 
O‘zbekistonda kutubxonachilik ishiga davlat rahbarligida amalga oshiriladi. 
Boshqarishning davlat- jamoatchilik organlari kutubxonachilik xizmatiga bo‘lgan 
talablarni hisobga olgan holda kutubxonachilik xizmati ko‘rsatishning samarali 
tizimini barpo etishga zarur mablag‘lar bilan ta’minlash, davlatning ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyoti rejalari va byudjetlarni ko‘rib chiqishda kutubxonalar 
ehtiyojini himoya qiladi va ularni maqsadga muvofiq ta’minlashga erishadi, 
kutubxonachilik ishi rivojiga ajratilgan mablag‘larni to‘la va samarali ishlatishga 
yordam beradi, kutubxonalar va ularni boshqarish organlari tashabbusini 
manfaatdorligini oshiruvchi yangi xo‘jalik mexanizmini yaratish ishlari bilan 
shug‘ullanadi. 
Kutubxonachilik 
ishini 
boshqarishning 
davlat-jamoatchilik 
organlari 
kutubxonachilik qurilishining huquqiy va normativ asoslarini shakllantiradi, 
kutubxonachilik qonunlari va tegishli huquqiy
hujjatlarning mukammal tizimini ishlab chiqadi. 
 4. Mustaqil kutubxonachilik siyosatini yuritish. 
Bu yangilanish davridagi kutubxonalarnig eng muhim prinsiplaridan biri bo‘lib, u 
mehnat jamaosi qatnashuvida o‘z dasturini qabul qilish va uning bajarilishini 
ta’minlash; boshqarish jarayonida o‘zini-o‘zi rivojlantirish tizimi sifatidagi 
imkoniyatlarni amalga oshirish, iqtisodiy mustaqillik va huquqiy kafolat kabi 
kutubxonachilik siyosatini yuritishni taqozo etadi. Bu pritsipga ko‘ra kutubxonalar 
mavjud xarajatlar doirasida o‘z xodimlari miqdori va kutubxona tuzilishini 
aniqlashga, ularning ustavida hamda kutubxonachilik ishini rivojlantirishning 
umumrespublika va xududiy dasturida qayd qilingan maqsad va funksiyalarga 
muvofiq faoliyatning aniq yo‘nalishlari va shakllarini belgilashga huquqlidir. 
Davlat kutubxonalari ommabop kutubxona tarzida barcha uchun ochiq bo‘lishi va 
asosiy kutubxonachilik xizmatini bepul amalga oshirmoqlari lozim. Ular turli 
yo‘lllar bilan kelib tushadigan harajatlardan, eng avvalo respublika va mahalliy 
byudjetlardan, o‘z xizmati evaziga tushgan mablag‘lar, jamoatchilik tashkilotlari 
harajatlari, jamoa va shaxsiy hayr- ehsonlar hisobidan mablag‘ bilan 
ta’minlanadilar. 
Tub 
iqtisodiy islohotlarning o‘tkazilishi va yangi ishlab chiqarish 
munosabatlarning shakllanishi jarayonida xilma-xil tijorat kutubxonalari paydo 
bo‘ladi. O‘zini –o‘z mablag‘ bilan ta’minlash prinsipiga amal qilib, bunday 
kutubxonalar pullik kutubxonachilik- axborot xizmati shakllarini kengaytirishdan 
manfaatdor bo‘ladi. 

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin