Madaniyatshunoslik


-mavzu: Kitob mutolaasi va kitobxonlikni targ‘ib qilishning konseptual



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

17-mavzu: Kitob mutolaasi va kitobxonlikni targ‘ib qilishning konseptual 
asoslari. 
Reja: 
1.
Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot 
qilish. Targ‘ibot ishlari vositalari. 
2.
Jonli so‘z,hujatli manbalar. Badiiy, tasviriy va texnik vositalar.
Kitob – umr yo'llarini yorituvchi so'nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh 
etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo'luvchi sodiq 
do'st. Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga 
ega vosita yo'q. Shu bois azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun 
insoniyatni kitob o'qishga, undan ilmu odob sirlarini o'rganishga chorlab kelishgan. 
Darhaqiqat, kitob insonni erdan ko'kka ko'taruvchi, uning ma'naviy quvvatini 
oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, ma'naviy-ma'rifiy 
olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko'rsatib borishga qodir 
mash'ala hisoblanadi. 
Axloq-odob borasida buyuk asarlar yaratgan Muhammad Jabalrudiy kitob 
haqida shunday deydi: "Ey, aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq 
suhbatdosh yo'qdir. Kitob fasohat, balog'atda, latofatda tengi yo'q, munofiqlikdan 
xoli hamrohdir. Yolg'izlikda va g'amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq 
boru, na gina. U shunday hamdamki, so'zlarida yolg'on va xato bo'lmaydi. 
Suhbatidan esa kishiga malollik etmaydi. U o'z do'stining dilini og'ritmaydi. 
Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g'iybat qilib 
yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar etadiki, bunday foydani 
odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar 
etadi. Kitobdek do'st ichida barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni 
o'tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham "kitob aql 
qal'asidir". 
Bugun jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar o'rtasida 
mutolaa madaniyatini rivojlantirishga davlat tomonidan alohida e'tibor berilib, 
ko'plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 
2017 yil 12 yanvardagi "kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini 
rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot 
qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida"gi farmoyishi, 2017 yil 13 sentyabrdagi 
"kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi 
va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-
tadbirlar dasturi to'g'risida"gi va 2018 yil 12 maydagi "Buyuk allomalar, adib va 
mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o'rganish va targ'ib qilish maqsadida 
yoshlar o'rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to'g'risida"gi qarorlari 


159 
asosida mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bir 
qator tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi jamiyatda kitobga bo'lgan 
munosabatning ijobiy tomonga o'zgarishiga zamin yaratdi. 
Xususan, ichki ishlar organlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish 
borasidagi ishlar vazirlik rahbariyatining doimiy e'tiborida bo'lib kelayotganini 
ta'kidlab o'tish joiz. Zero, bugun mamlakatimizda ichki ishlar organlarining har bir 
xodimi tomonidan "Xalq manfaatlariga xizmat qilish"ni muqaddas burch deb 
biladigan ijtimoiy yo'naltirilgan professional tuzilmaga aylantirishga qaratilgan 
keng ko'lamli islohotlar o'tkazilayotgan bir davrda har qachongidan ham dolzarb 
ahamiyat kasb etgan tizim xodimlarining kasbiy malakasini, huquqiy bilimlarini 
oshirish, ularning ma'naviy dunyoqarashini yuksaltirish, xodimlar bilan ma'naviy-
tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish kabi vazifalarni bajarishda kitob eng yaqin 
ko'makchi bo'lishi shubhasiz. Bugun shiddat ila rivojlanayotgan zamon bilan 
hamnafas bo'laman, degan har bir davlat xizmatchisi, jumladan, ichki ishlar 
organlari xodimlari ham doimo o'z ustida ishlashi, bilim va ko'nikmalarini tinimsiz 
oshirishi zarur. Buning uchun esa kun tartibida kitob mutolaasiga ham vaqt 
ajratishi, kundalik davriy nashrlarni, Internet tarmog'idagi yangiliklarni kuzatib 
borishi lozim. Zero, ichki ishlar organlari xodimlari doim xalqimizning ko'z 
o'ngida, aholi orasida xizmat olib boradi, tabiiyki, har kuni o'ziga turli masalalarda 
murojaat qilgan fuqarolarga qonuniy va asosli javob berishiga to'g'ri keladi. 
O'zingiz o'ylang, kitob o'qimagan, dunyoqarashi tor, notiqlik mahorati bo'lmagan 
xodim yuqorida ta'kidlangan vazifalarni sifatli bajara oladimi? Biror-bir muammo 
yuzasidan yordam so'rab kelgan fuqaroga qonuniy yo'l-yo'riq ko'rsata oladimi? 
Albatta, yo'q. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugun har bir ichki ishlar organi 
xodimi jamiyatda huquqiy madaniyat targ'ibotchisiga aylanishi, buning birinchi 
sharti sifatida, avvalo, o'zi kitobga oshno bo'lishi lozim. 
"Kitob tafakkur qanotidir", degan edi alloma adibimiz Oybek. Kitob o'qigan 
inson, qaysi sohada ishlamasin, to'g'ri fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab 
vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko'nikmasiga ega bo'ladi. Bundan tashqari, 
nutqi ravon bo'ladi, odamlarni o'z ortidan ergashtira oladi. Bular esa ichki ishlar 
organlari xodimlari uchun eng kerakli sifatlar hisoblanadi. Shu bois ham bugun 
ichki ishlar organlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, xodimlarning o'z 
ustida ishlashi uchun zarur sharoit yaratish borasida ko'pgina ishlar amalga 
oshirilmoqda. Jumladan, ichki ishlar organlarida amalga oshirilgan islohotlar 
jarayonida 
2017 yilning dekabr oyida ichki ishlar vazirligi Markaziy apparati 
tarkibidagi muzey va kutubxona negizida vazirlik Kadrlar bosh boshqarmasiga 
bo'ysunuvchi ma'rifiy va axborot-resurs markazi tashkil etildi. O'tgan davr 
mobaynida ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida kitobxonlik madaniyatini 
yuksaltirish, ma'naviy-ma'rifiy va huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida vazirlik 
kutubxonasi yangi binoga ko'chirilib, zamonaviy jihozlar hamda elektron 
kutubxona uchun kompyuter to'plamlari bilan ta'minlandi. Kutubxona 5 mingga 
yaqin yangi huquqiy, tarixiy-siyosiy, badiiy, ilmiy-ommabop va boshqa janrlardagi 
adabiyotlar, 7 mingga yaqin elektron resurslar bilan boyitildi. Elektron kutubxona 


160 
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi bazasiga hamda Internet 
tarmog'iga ulangan bo'lib, xodimlar shu erdan turib, ulardagi noyob kitoblar, 
dissertasiya va avtoreferatlar hamda dunyoning ko'plab davlatlarida chiqadigan 
davriy nashrlar bilan tanishish imkoniga ega. Ma'rifiy va axborot-resurs markazi 
faqatgina foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatib qolmasdan, bu 
erda turli yangi asarlar taqdimotiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar
yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar ham o'tkazib kelinmoqda. Mustaqillik 
yillarida tinch va osoyishta hayotni ta'minlash yo'lida mardlarcha halok bo'lgan 
xodimlar xotirasiga bag'ishlangan "mard o'g'lonlar nomi barhayot", ichki ishlar 
organlarida ko'p yillar samarali xizmat qilgan marhum Haydar Yahyoevning 
"tilsim" nomli kitoblari taqdimotiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar 
bunga misol bo'ladi. 
Hududiy ichki ishlar organlarida, vazirlik ta'lim muassasalarida ham bu 
boradagi ishlar doimiy nazoratga olinib, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV, barcha 
viloyatlar IIBda tashkil etilgan kutubxonalar yangi adabiyotlar bilan boyitib 
borilmoqda. Masalan, joriy yilda Qashqadaryo viloyati IIB qoshida ichki ishlar 
organlari xodimlari va boshqa foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatuvchi "dor ul-
kutub" nomli zamonaviy kitoblar uyi barpo etildi. Shu kunlarda Toshkent shahar 
IIBBda muzey va kutubxona uchun yangi zamonaviy bino qurilib, foydalanishga 
topshirilish arafasida turibdi. 
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda 
tashkil etilgan ichki ishlar vazirligining akademik liseylarida tahsil olayotgan 
bo'lajak xodimlarni yoshligidan kitobga oshno qilib tarbiyalash maqsadida mazkur 
akademik liseylardagi axborot-resurs markazlari yangi kitoblar bilan doimiy 
boyitilmoqda. Bundan tashqari, vazirlik Akademiyasi axborot-resurs markazi 
fondidagi talab katta bo'lgan huquqiy, tarixiy-siyosiy, badiiy, ilmiy-ommabop va 
boshqa janrlardagi adabiyotlarning elektron variantlari ko'paytirilib, akademik 
liseylarga tarqatildi. Ichki ishlar organlari xodimlarining intellektual salohiyati, 
kasbiy, siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish 
hamda ular o'rtasida kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish maqsadida 
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi va O'zbekiston yoshlar Ittifoqi 
Markaziy Kengashining 2019 yil 27 fevraldagi qo'shma qaroriga asosan, joriy 
yilning aprel – may oylarida ilk bor ichki ishlar organlarining yosh xodimlari, 
harbiy xizmatchilari hamda vazirlik oliy ta'lim muassasalari kursantlari o'rtasida 
ikki bosqichda "eng yaxshi kitobxon" tanlovi o'tkazilib, g'oliblar va sovrindorlar 
IIV hamda yoshlar Ittifoqi tomonidan qimmatbaho sovg'alar va boshqa mukofotlar 
bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida 
kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yangi chop etilgan kitoblarni targ'ib qilish 
maqsadida vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy bo'linmalarida kitob 
yarmarkalarini o'tkazish yo'lga qo'yilgan. Ushbu yarmarkalarda respublikadagi 
etakchi nashriyotlar va kitob savdosi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar o'zlarining 
yangi chop etilgan turli janrdagi kitoblari bilan ishtirok etmoqda. 
Xulosa 
qilib 
aytganda, 
yuksak 
intellektual 
salohiyatga, 
o'z 
mustaqil 
dunyoqarashiga ega, tashabbuskor, jismonan sog'lom va ma'nan etuk bo'lgan 


161 
haqiqiy vatanparvar xodimlargina bugun tizimda amalga oshirilayotgan 
islohotlarning hal qiluvchi kuchi, xalqimizning haqiqiy ma'nodagi himoyachisi 
hisoblanadi. Ichki ishlar organlari xodimlarida yuqoridagi ijobiy sifatlarning 
shakllanishida esa ularning kitobga oshno bo'lishi, nafaqat o'z kasbiy faoliyatiga 
oid, balki turli janrdagi kitoblarni o'qib, o'z bilimi va dunyoqarashini kengaytirib 
borishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbekistonda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashni 
yangi bosqichga olib chiqish, infratuzilma va oʻquv tizimi, kitobxonlik bilan 
bogʻliq muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida, 2020-2025-
yillarga moʻljallangan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-
quvvatlash milliy dasturi va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 
tasdiqlanadi.
Dasturni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar 
belgilanadi:
- kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar 
hamda moddiy-texnik bazasini takomillashtirish; 
- xalqimiz, avvalo, yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy-estetik talablariga javob 
beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish boʻyicha tashkiliy chora-
tadbirlarni belgilash; 
- joylarga, taʼlim muassasalariga vaqtida va maqbul narxlarda kitob yetkazish 
tizimini tubdan takomillashtirish choralarini koʻrish; 
- milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, mutolaa 
madaniyatini yuksaltirish bilan bogʻliq muhim masalalarni hal etishga qaratilgan 
tizimli ishlarni tashkil etishning huquqiy asoslarini yaratish; 
- taʼlim muassasalari va hududiy kutubxonalarni markazlashgan kutubxona – 
“Yagona elektron kutubxona” loyihasi asosida birlashtirishga qaratilgan tashkiliy 
chora-tadbirlarni belgilash; 
- hududlar, aholi punktlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan 
aniq mexanizmlar ishlab chiqish; 
- har yili yosh ijodkorlarning innovatsion loyihalarini amaliyotga joriy qilish orqali 
mamlakatimizga kiritilayotgan investitsiyalardagi yosh ijodkorlarning ulushi 
oshishini taʼminlash; 
- oʻquvchilarning qiziqishini oʻrganish, sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish orqali kitob 
mahsulotlari ishlab chiqishni yoʻlga qoʻyish; 
- kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan 
kitoblarni, ayniqsa, bolalarga moʻljallangan adabiyotlarni chop etishni davlat 
tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini belgilash; 
- kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil 
etish. 
Oʻzbekistonda 2021-yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasini 
“Kitobxonlik haftaligi” etib belgilanadi. Dastur uch bosqichda amalga oshiriladi: 
- birinchi bosqich – 2020-2021-yillarda tashkiliy-huquqiy mexanizmlar yaratish va 
chora-tadbirlar ishlab chiqish; 
- ikkinchi bosqich – 2022-2023-yillarda kitobxonlikka oid infratuzilmani 
mustahkamlash; 


162 
- uchinchi bosqich – 2024-2025-yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini 
jadal rivojlantirish, ularning madaniy savodxonligi oʻsishi hisobiga inson kapitali 
sifatini yaxshilash. 

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin