Madaniyatshunoslik



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

Uchinchi 
bosqich
filiallardir. 
Filiallar 
markazlashtirilgan sistemaning tarkibiy qismi sifatida, о‘zining tuman xududlarida 
aholini о‘qishga jalb etish va ularga kutubxona xizmatini kо‘rsatishga javobgar 
bо‘lib, bevosita regional filial yoki markaziy kutubxona rahbarligida ishlaydi. 
Tо‘rtinchi bosqich
kitob berish joylari yoki kо‘chma kutubxonalardan iborat 
bо‘ladi. Bu bosqichning ahamiyati ularni bevosita kichik aholi turar joylarida yoki 
mehnatkashlarning ish joyida uyushtirishning mumkinligidir. 
Beshinchi bosqich
bibliograf hisoblanadi. Uning ma’lum marshrut sxemasi, tо‘xtash joylari 
belgilangan bо‘lib , ma’lum muddatlarda uzoq qishloqlarga, chorvachilik 
rayonlariga, fermalarga kutubxona hizmati kо‘rsatishdir. Shunday qilib kutubxona 
tarmoqlarini markazlashtirishdan maqsad, ma’lum tumandagi yoki shaharlardagi 
kutubxonalarni birlashtirish, uning ayrim bо‘limlari faoliyatini tuman hududi 
sohasiga aloqadorligi milliy tarkibi hamda talabiga muvofiq ixtisoslashtirish, 


96 
markazlashtirilgan axborot-bibliografik hizmati sistemasini barpo qilish, asosan 
mexnatkashlarning kutubxona va kitobga bо‘lgan ehtiyojlarini tо‘la qondirishdan 
iborat. Qishloq kutubxonalari (bu yerda MKS filiallari va boshka ommaviy 
kutubxonalar kо‘zda tutilmoqda) kitobni targ‘ib qilishi va qishloq aholisi barcha 
soha vakillarining madaniy saviyasini kekgaytirishga kо‘maklashishda, ularning 
о‘qishlarini tashkil kilishning asosiy negiziga aylanib qoldi. Qishloq kutubxonasi 
bevosita qishloq xо‘jalik mahsulotlarini yetishtiradigan mexnatkashlar uchungina 
emas, balki shu yerda ishlaydigan ziyolilarning (о‘qituvchilar, shifokorlar, 
agronomlar va boshqalarning) aksariyat kо‘pchiligi uchun birdan-bir juda yaqin 
muassasadirki, ular ana shu muassasa tufayli mamlakatimiz hamda jahon 
madaniyatining yutuqlari bilan tanishishlari, umumiy ma’lumot olishlari mumkin. 
Bularning hammasi ilmiy ommabop nashrlarni, siyosiy va ilmiy bilimlar olishga 
yordam beradigan badiiy adabiyotning eng yangi asarlarini tо‘plab borishi lozim 
bо‘lgan qishloq kutubxonalarining kitob fondi tarkibiga ta’sir qiladi. Lekin shu 
bilan birga qishloq kutubxonasi qishloqdagi ishlab chiqarish vazifalarni xal 
kilishga, agrosanoat kadrlari orasida ilg‘or qishloq xо‘jalik tajribasini yoyishga 
yordamlashishda ham kitobdan foydalanishni yо‘lga qо‘yuvchi muassasadir. 
Qishloq kutubxonalarining ishlab chiqarish adabiyoti fondidan: 1) qishloq xо‘jalik 
ishlab chiqarish tashkilotchilari va mutaxassislari; 2)qishloq xо‘jalik 
mexanizatorlari-traktorchilar, kombaynchilar va boshqalar; 3) ayrim ishlab 
chiqarish guruhlarining vakillari (paxtakorlar, chorvadorlar, sabzavotchilar va 
boshqalar) foydalanadilar. Qishloq kutubxonalarining kitobxonlari orasida 
agrozootexnika va agroximiya kurslarida о‘qiyotgan yoki ularni bitirib chiqganlar 
qishloq xо‘jalik ilg‘orlari; о‘rta maktabni tamomlagandan keyin qishloq xо‘jaligida 
ishlayotgan yoshlar bor. Qishloq kutubxonalari о‘z kitobxonlarining (ayniqsa, 
qishloq xо‘jalik mutaxassislarining) hilma-xil ehtiyojlarini о‘z fondi yoki 
MKTning yagona fondi bilangina emas, balki ilmiy hamda maxsus 
kutubxonalarning, ayniqsa viloyat, Respublika kutubxonalarining axborot 
materiallaridan kutubxonalararo abonementdan foydalanish yо‘li bilan ham 
qondiradilar. Qishloq kutubxonalari kasaba uyushmasi kutubxonalar bilan 
yaqindan aloqa bog‘lagan holda qishloq hududida yashaydigan barcha aholiga 
kutubxona hizmati kо‘rsatishni filiallarning bevosita о‘zlari tomonidan yoki 
kо‘chma kutubxonalar, kitob berish joylari, kitob eltuvchilik yordamida yо‘lga 
kо‘yishga da’vat etilgandir. Qishloqgaqarashli kutubxonalarning bu tashkilotchilik 
roli g‘oyat muhim ahamiyat kasb etdi. 
Qishloq kutubxonalarida kitobxonlarga hizmat kо‘rsatishning asosiy shakli uyga 
kitob berishdir (abonement), chunki kо‘pchilik kutubxonalarning о‘quv zallari yuq. 
Qishloq kutubxonasida adabiyotni targ‘ib qilishning har xil texnik vositalari bilan 
ta’minlangan, qishloq xо‘jalik hodimlari va qishloq ziyolilarini gazeta hamda 
jurnallarning 
yangi 
sonlari, 
yangi 
kitoblar 
bilan 
tanisha 
oladigan 
markazlashtirilgan о‘quv zallari tashkil etish qishloq kutubxonasini aholiga 
yakinlashtirish va qishloq mehnatkashlariga kitob bilan hizmat kо‘rsatishni yuqori 
darajaga kо‘tarish imkonini beradi.Qishloq kutubxonalarining ish shakli va 
uslublari qishlok xо‘jalik ishlab chiqarishi xususiyatlari hamda sharoitlariga 


97 
moslashtirilgan. Bu kutubxonalar ki- toblarni ishlab chiqarish bо‘g‘inlariga 
yaqinlashtirish ijobiy tajriba orttirganlar. Qishloq aholisiga kitob bilan xizmat 
kо‘rsatishda muhim ahamiyat о‘ynaydi. Bu kutubxonalarning bunyod etilishi 
jamoa xо‘jaliklarining iqtisodiy jihatdan mustaxkamlanganligi va dexqonlarning 
madaniy ehtiyojlarini о‘sishining yorkin namunasidir. Aholining keng tabaqalarini 
о‘qishga, kutubxonalardan foydalanishga jalb etish — qisqa muddatli vazifa 
bо‘lmay, balki u kutubxonachining ijtimoiy-madaniy burchi bо‘lib, bu undan 
doimo diqqat bilan, tashkilotchilik ishlarini olib borishni talab qiladi. Kutubxonaga 
har bir oiladan kitobxon jalb etish bu ishning eng muhim boskichlaridan biri 
bо‘ldi. Bunday vazifani qо‘yish va uni amalga oshirish yullarini qidirib topishning 
о‘zi qishloq kutubxonalari faoliyatini ancha о‘zgartirishga sabab bо‘ldi. Bu 
о‘zgarishning mohiyati qishloq kutubxonalarining kutubxonaga yul topib olgan 
shaxslarning nisbatan tor doirasi bilan ishlashdan butun qishloq aholisiga xolda 
kitob xizmati kо‘rsatishga о‘tishda о‘z ifodasini topdi. Shu munosabat bilan 
qishlok kutubxonasining uyushtiruvchilik roli kuchaydi, butun qishlok aholisiga 
kutubxona xizmati kо‘rsatish borasidagi uning mas’uliyati ortdi. Kutubxona 
tashqarisida, bevosita aholi orasida kitob bilan ishlashning yangidan-yangi shakl va 
metodlari amalda qо‘llaniladigan bо‘lib qoldi. Kitob targ‘ibotining kо‘p qirraligi 
va anikligi, dehkonlarga alohida-alohida yondashish, endigina kitob о‘qiy 
boshlagan kitobxonlar, yoshlar, xotin-qizlar bilan ishlash, kutubxonachilarning 
pedagogik malakalari singari muammolar alohida axamiyat kasb etadi. Kitob va 
kutubxonani faol targ‘ib qilish, о‘qish uchun kitob tanlab olishda ularga amaliy 
yordam berish, kitobxonlarga namunali xizmat kо‘rsatish, kitobni ishlab 
chikarishga yaqinlashtirish aholining kengrok tabaqalarini kutubxona xizmati bilan 
qamrab olish imkonini beradi. Kutubxonaga har bir mehnatkash oilasidan kitob-
xonlar jalb etish vazifasi kutubxonachilik jamoatchiligida qiziqish uyg‘otdi va 
kutubxonachi hodimlar bu xizmatni ma’qulladilar. Bu yunalishdagi tashkilotchilik 
ishlari 60- yillarning boshlaridayoq avj olib ketgan edi. Bu ishda qishloqning 
barcha madaniy kuchlari faol ishtirok etadi. Tez orada respublikaning kо‘pchilik 
tumanlarida har bir oila kutubxonadan foydalana boshladi. Natijada qishlok 
aholisini kutubxona xizmati bilan qamrab olish ancha kengaydi. Qishloq 
kutubxonalari har bir oilaning katta yoshdagi a’zolarini о‘qishga tortish uchun 
kitobni bevosita uylariga olib borish usulini (xonadonma-xonadon aylanib chiqish 
deb atalgan usulini) qо‘llay boshladilar. Ayniqsa, kitob о‘qishni endigina 
boshlayotgan kishilar orasida kitob va kutubxonani targ‘ib qilishning eng muxim 
vositasi bо‘lgan xonadonma-xonadon aylanib chikishdan maqsad, kishilarni 
shunchaki kitobxonlar rо‘yxatiga yozib qо‘yish emas, balki kitob darajada 
ma’naviy boyliklar xazinasiga yul ochib berishini kо‘rsatish, uni kutubxonadan 
muntazam foydalanishga jalb qilishdir.Bu ishlarning hammasi qishloq 
kutubxonalarini aholi bilan aloqasini mustahkamlaydi va ularga kutubxona xizmat 
qilayotgan xududda istiqomat qiluvchi xamma axolini qamrab olish imkonini 
berdi. Natijada kutubxonalar kitobxonlarning yangidan-yangi tabaqalarini о‘qishga 
jalb qilibgina qolmadilar, balki ularning qiziqish hamda extiyojlarini aniqroq 
о‘rgandilar, adabiyotni faolroq targ‘ib oilalar, qо‘shnilar, ayniqsa xotin-qizlar 


98 
uchun kutubxonalarda jamoa bо‘lib о‘qish tо‘garaklarini, qiziqishlar bо‘yicha 
birlashmalar va klublarni tuzdilar, kishilarda о‘qishga, kitob bilan ishlay olishga 
qiziqish uyg‘otdilar. Uzbekistan Madaniyat ishlari Vazirligi ma’lumotiga kо‘ra 
hozirgi vaqtda respublikadagi barcha ommaviy va universal kutubxonalar huzurida 
673 ta shunday tо‘garaklar, birlashmalar va klublar ishlab turibdi, 1989 yilda 
bunday kutubxonachilik ishining yangi shakllari soni 582 ta edi. Ilg‘or qishloq 
kutubxonalari savodxon qishlok axolisini kitobxonlar safiga tortish soxasida 
samarali ish olib bormoqdalar. Bu har bir oila vakilini kutubxonadan foydalanishga 
tortishdan kо‘ra ancha murakkab vazifadir, binobarin, bu vazifa katta 
tashkilotchilik hamda tarbiyaviy ish olib borishni talab etadi. Bu masalaning hal 
etilishi qishloq aholisining madaniyatini yuksaltirish uchun yangi sharoitlar 
vujudga kelganligini anglatadi. Madaniy-maishiy komplekslar va qishloq aholisiga 
kutubxona xizmati kо‘rsatish masalalari sо‘nggi yillarda keng ommalashayotgan 
qishloq madaniy-maishiy komplekslari faoliyati qishloqlardagi madaniy-ma’rifiy 
muassasalar ishini yanada rivojlantirishda yangi bosqichdir. Bu muassasalarning 
asosiy maqsadi qishlokda demokratiyani rivojlantirish, mehnatkashlarning dam 
olishi, bilim olishida ijodiy kuchlarni taraqqiy ettirish, kishini har tomonlama 
kamol toptirish uchun ularning konstitusion huhuklaridan foydalanishga yordam 
berish, madaniy-tarbiyaviy ishlar sifatini oshirish, qishloqda ishlab chiqarish va 
turmush madaniyatini yaxshilash, axolining xilma-xil guruhlari xususiyatlarini 
hisobga olgan holda, g‘oyaviy siyosiy, mehnat, axloqiy va estetik tarbiyalashda 
madaniyat muassasalari, kinolashtirish, kо‘ngilli jamiyat va boshqa muassasalar-
ning yaqin birligini ta’minlashdan iboratdir. Madaniy-maishiy kompleks о‘z 
harakat doirasidagi jamoat va davlat xо‘jaliklari, tashkilot va muassasalar mehnat 
jamoalarining ishlab chiqarish faoliyatini hayot bilan, shuningdek, maorif, 
sog‘liqni saqlash, kommunal xо‘jalik, jamoatchilik hamda xо‘jalik tashkilotlari 
bilan о‘zaro aloqasini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi. Madaniy-maishiy 
komplekslarni barpo qilish masalasi xalq deputatlarining qishloq, tuman 
kengashlari tomonidan hal etiladi. Shu kengashlar kompleksning jamoatchilik 
muvofiqlashtiruvchi kengashini tasdiqlaydi, uning faoliyatini nazorat qiladi. 
Kengash tarkibiga jamoatchilik vakillari, kasaba uyushmalari, shuningdek, 
kompleksga qarashli xо‘jaliklar, muassasalar vakillari, madaniyat muassasalari 
rahbarlari kiritiladi. Kompleksning yillik va istiqbolli muvofiqlashtirilgan rejasi 
xamda ayrim seksiyalar ish rejalari bо‘ladi. Mana shu rejaga muvofiq, kompleksga 
kirgan xar bir muassasa yagona yunalishda, bir-birining turli ish shakllari va 
metodlarini boyitgan xolda, о‘zining ixtisos bilan bog‘liqligi bо‘lgan vazifalarini 
bajarishi muhimdir. О‘zbekistonda madaniy-maishiy komplekslar 1977-1978 
yillarda tashkil qilina boshlandi. Kompleksga qishloq xududidagi barcha madaniy-
maishiy, о‘quv va bolalar sport muassasalari, shifoxonalar, savdo tashkilotlari, 
choyxonalar, birlashtiriladi. Bunday komplekslar hozir respublikaning xamma 
viloyatlarida tashkil etilgan bо‘lib , ularning soni 1986 yil oxirida 500 dan oshib 
ketdi. Bu komplekslar faoliyatida kutubxonalar muhim ahamiyatga ega bо‘lib, ular 
200ga yaqin markazlashtirilgan sistemalarning kutubxona filiallarini qamrab oladi. 
Qishlok madaniy-maishiy kompleksi tarkibida kutubxonalarning bо‘lishi avvalo 


99 
qishloqda madaniy-ommaviy ishlar mazmunini boyitishga yordam beradi. 
Kompleks 
sharoitida kutubxonalar ommaviy tadbirlarning kо‘pchiligini 
kutubxonadan tashqarida — klublar, maktablarda, stadionda о‘tkazish mumkin 
bо‘ladi. Kutubxona kompleksdagi boshqa madaniy-maishiy muassasalar bilan 
uzviy aloqada bо‘lar ekan, kitobxonlarni jalb qilishning qо‘shimcha manbalariga 
ega bо‘ladi, jumladan, kitobxonlar oqimi muzey, kinoteatr, tomosha binolari yoki 
badiiy havaskorlik tо‘garaklari qatnashchilari hisobiga kо‘payib boradi. 
Kompleksdagi kutubxonachilik ishlari uning kutubxonachilik seksiyasi tomonidan 
uyushtiriladi. Uning kompleks raisi tomonidan tasdiqlangan «Nizom»da 
seksiyaning asosiy vazifalari, unga kirgan kutubxonalar, ularning vazifalari 
kо‘rsatiladi. «Nizom» asosida seksiyaning istiqboli va joriy ish rejasi ishlab 
chiqiladi. «Nizom» va seksiyaga kirgan kutubxonalarning muvofiqlashtirilgan 
rejasini ishlab chiqilishi, kitob fondidan foydalanishni muvofiqlashtirishda 
kitobxonlar bilan yakka tartibda va ommaviy tarzda ishlashda kompleksga qarashli 
xududdagi barcha kutubxonalar kuchini birlashtirishga yordam beradi. Bundan 
tashqari, madaniy-maishiy kompleks sharoitida, ishlash, kompleksning boshqa 
seksiyalari katnashchilarini — klub xodimlari, qishloq xо‘jalik mutaxassislari, 
о‘qituvchilar, shifokorlar faollarini kutubxonachilik tadbirlarini о‘tkazishga jalb 
qilish imkonini beradi. Eng muhimi shundaki, qishloq axolisiga kutubxonachilik 
xizmati kо‘rsatish ishi bevosita ishlab chiqarish vazifalari bilan, jamoa yoki davlat 
xо‘jaligining kundalik hayoti bilan uzviy bog‘liq holda, uning rahbarlari va 
mutaxassislari qatnashuvi va nazorati ostida amalga oshiriladi.
Kengashning kutubxonachilik seksiyasi 10 ta kutubxonani birlashtirib, madaniy-
maishiy kompleksda faol ish olib boradi. Kupincha kutubxonalar, kompleksning 
aholiga madaniy xizmat kо‘rsatishning yagona rejasini kutubxonachilik ishining 
о‘ziga xos shakllari bilan — bibliografik namunalar, kitob kо‘rgazmalari, 
kitobxonlar konferensiyalari, she’riyat kechalari, adabiy munozaralar, «Kitob 
kunlari», «Axborot kunlari», «Mutaxassislar kuni» va boshqa tadbirlar bilan 
tо‘ldiriladi. Kompleks tarkibidagi qishloq; kutubxonalarining bosh maqsadi — 
qishloq xujaligi maxsulotlarini ishlab chiqarishni kupaytirishga yordam berishdir. 
Paxtakorlar, chorvadorlar, qishloq xо‘jalik ishlab chiqarishi mutaxassislariga 
kutubxonachilik xizmati kо‘rsatish, dastavval ularni fan yutuqlari va ilg‘or 
tajribalarni yoritab beradigan, mehnat unumdorligini oshiruvchi yangi kitoblar 
haqidagi ilmiy-texnika axboroti bilan о‘z vaqtida, zudlik bilan ta’minlashdan 
iborat. Kutubxonalarda о‘tkaziladigan an’anaviy-axborot tadbirlarida, jumladan, 
axborot kunlari, mutaxassislar kuni, ochik adabiyotlar kuni ma’lum mav-zudagi 
kо‘rgazmalar, bibliografik namunalarda ayrim mehnat jamoalari oldida turgan 
ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar tо‘g‘risida va umuman, umuman respublikada 
agrosanoat taraqkiyotiga xos mavzular aks etishi zarur. Masalan, «Intensivlash— 
paxtachilikni barqaror rivojlantirishning garovi», «Uzlashtirilgan sug‘oriladigan 
yerlarda paxtachilikni rivojlantirish», «Qishloq xо‘jaligi ekinlari agrotexnikasi», 
«Sut yetishtirishning sanoat texnologiyasi», «Chorvachilik fermalariga veterinariya 
xizmati kо‘rsatish», «Sanoat asosida ozuqa tayyorlash» va hokazo. Kutubxonachi 
kompleksning barcha bо‘linmalariga о‘z ta’sirini о‘tkaza borib yakka tartibda, 


100 
guruhlar bо‘yicha va ommaviy shaklda axborot ishlarini tashkil qilish imkoniga 
ega buladi. Birinchi navbatda, yakka tartibdagi axborot bilan mutaxassislar qamrab 
olinadi. Yakka tartibdagi axborotni kompleksdagi markaziy kutubxona amalga 
oshiradi, chunki kitobxonlarga ishlab chikarish tarzidagi bir yoki bir necha 
mavzulardagi 
yangi 
adabiyotlar 
tо‘g‘risidagi 
tо‘la 
ma’lumot 
kerak 
bо‘ladi.Kompleksda markaziy kutubxona tomonidan chiqarilgan, yagona kitob 
fondiga kelib tushgan adabiyotlarning axborot rо‘yxatidan aholini ommaviy 
ravishda xabardor qilishda radiotarmoq, televideniya va mahalliy matbuotni jalb 
qilish qulay. Ilg‘or ishlab chikarish tajribalari, qishloq xujaligi fani va amaliyoti 
yutuqlari tо‘g‘risidagi axborot va adabiyotlar bilan qishloq xо‘jalik xodimlarini 
muntazam ta’minlab turishda ommaviy, maxsus kutubxonalar va ilmiy-texnika 
axboroti kutubxonalari bilan bevosita aloqa о‘rnatmay turib hamkorlik qilish 
mumkin emas.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin