102
Garritskiyning kutubxonashunoslik faniga qо‘shgan muxim xissasi shundan
iboratki, birinchi marta о‘zbek tilida umumlashtirilgan tarzda kutubxonashunoslik
lug‘atshunosligi va uning umummiliy asoslarini ishlab chikkan edi.
Bu xarakat uzbek kutubxonashunoslarining boshka ishlarida xam uz aksini
topdi. Chunonchi, O.V.Maslova va M.N.Latipovalarning «Alifbo katalogi 1931
yil» degan amaliy qо‘llanmasida, asarlarni tavsiflashda qо‘llaniladigan ruscha va
о‘zbekcha qisqartirilgan izoxli lug‘at va boshqalar о‘zbek tilida nashr kilingan
kitoblar asosida ishlab chikariladi.
Shunday kilib, YE.K.Betger tomonidan 1918 – 1922 yillarda nashr kilingan
«о‘nli bibliografik klassifikatsiyaning» ikki jadvali va 1920 xamda 1922 yillarda
e’lon kilingan kutubxonachilik texnikasiga oid ayrim tavsiyalar О‘zbekistonda
oyoqqa tura boshlagan kutubxonashunoslik fanining poydevori bо‘lsa, 1926 yili
о‘zbek tilida chikkan A.A.Garritskiyning «Kutubxona xodimiga kiskacha
kullanmasi», shuningdek, 1931 yilda bosmadan chikkan O.V.Maslova va
M.N.Latipovalarning «Alifbo katalogi» nomli amaliy kullanmasida ishlab
chikilgan asarlarini tavsiflashda ishlatiladigan Ruscha – Uzbekcha kiskartirilgan
izoxli lugat va boshkalar uning devorini kо‘tarishda sinch vazifasini о‘tar edi.
Umuman, Uzbekiston kutubxonashunoslik fani tarakkiyotining birinchi
boskichiga ta’rif berar ekanmiz, bu davrda uzbek kutubxonashunosligining amaliy
va nazariy asoslarining paydo bо‘lib, shakllana borganligini qayd qilish zarur.
Uning amaliy asosi kutubxonachilik nazariyasining tashkiliy masalalari bilan
bog‘liq bо‘lib, ular Markaziy idoralararo kutubxonachilik komissiyasining barpo
kilinishi (1921 yil noyabrьь), kutubxona birlashmalarining tashkil kilinishi
(dastlabki birlashma 1923 yil noyabrida Toshkent shaxrida tashkil kilingan) xilma
– xil kutubxonachilik kengashlari, anjumanlar, seminarlar va kuritloylarning
chakirilishi, respublikada ayrim kutubxonalar faoliyatini tekshirish, kutubxona
shaxobchalarini rivojlantirish rejalarini tuzish, yetakchi kutubxonalar ilg‘or ish
tajribasini urganish, targib kilish va xokazolardir.
Dostları ilə paylaş: