2.
О‘zbekistonda kutubxonashunoslik fanini tabaqalanishi va
ixtisoslashuvi (1946-1974 yillar).
О‘zbekistonda kutubxonashunoslik fani taraqqiyotining ikkinchi bosqichi
(1946-1974yillar), kutubxonashunoslik, muammolarining tobora kengayib borishi
va ular bilan shug‘ullanuvchi mualliflar orasida maxalliy axoli vakillarining
kо‘payishi bilan xarakterlanadi.
Kutubxonashunoslar tanlagan mavzular doirasida kutubxonachilik ishining
umumiy masalalaridan tortib, aloxida kutubxonalar faoliyati, kutubxona
tarmoklari, ular ishining ayrim yо‘nalishlari, jumladan kitobxonlarga xizmat
kо‘rsatish, kutubxona fondlari muammolari, kutubxonalar ishini tashkil qilish,
kutubxonalarning ilg‘or tajribalarini о‘rganish, umumlashtirish va targ‘ib qilish,
boshqa kutubxonalar amaliyotiga joriy etish, shu maksadda tо‘plamlar nashr qilish,
lug‘atlar, ma’lumotnomalar tuzish va nixoyat ilmiy-tadkikot ishlarini tayyorlash va
ximoya kilish bu boskichiga xos xususiyatlardir.
Bu ma’lum darajada kutubxonachilik – bibliografik fanlarining rivoj topa
103
boshlaganligidan, ayni vaktda uni asosiy rivojlantiruvchi kuchi – ilmiy, malakali
kadrlarini yetkazib berayotganligidan dalolat beradi.
Bunga 1958 yilda Qо‘qon Pedagogika instituti tarkibida ochilgan
kutubxonachilik fakulteti (1960 yildan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat
Pedagogika institutiga о‘tkazilgan) va uning asosi bо‘lgan «Kutubxonashunoslik
va bibliografiya» kafedrasi tashkil topishi hamda ular tomonidan tayyorlangan oliy
malakali kutubxonachi kadrlar katta xissa qо‘shdi.
60-yillarda kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik fanlarining rivoj
topishi va tabakalanishi natijasida ularning har biri bо‘yicha maxsus fanlar turkumi
paydo bо‘ldi. «Kutubxonashunoslik» va «Bibliografiya» kafedralari oliy malakali
kutubxonachilarni tayyorlash jarayonida, о‘quv – tarbiya, ilmiy va uslubiy
ishlarning mazmuni va birligini belgilab berish bilan bir qatorda ilmiy – pedagogik
kadrlarni yetishtirishda asosiy baza sifatida respublika kutubxonashunoslik
fikrining shakllanishi va uning taraqqiyotida katta rol о‘ynadi.
«Kutubxonashunoslik» fanining tabaqalanishi uning tarixiy jixatlarini
chukur о‘rganish zaruratini vujudga keltiradi. 60 – 70 yillarda Nizomiy nomidagi
TDPI kutubxonashunoslik kafedrasi о‘qituvchilarining kutubxonachilik ishi tarixi,
kutubxonalar va ularni kataloglashtirish tarixi muammolariga qiziqishning ortib
borganligini qayd kilish lozim.
1966 yilda TDPI kutubxonashunoslik va bibiliografiya kafedralari
о‘qituvchilarning ilmiy asarlari tо‘plami chiqdi. Unda kafedra о‘qituvchilaridan
N.V. Yaxontovaning «Revolyusiyadan oldingi Turkistonda ilmiy kutubxonalar
tarixidan», O.G.Qosimovaning «Toshkent kutubxonalarida chet el vaktli
matbuotining yig‘ma katalogi», Y.B.Abramovning «О‘z.SSRda markazlashtirilgan
kataloglashtirish tarixidan» kabi ilmiy makolalari о‘rin olgan edi.
O.G.Kosimova uz makolasida Rossiyaning Urta Osiyoni bosib olganidan
keyin Turkistonda ochilgan yangi tipdagi kutubxonalarning ommaviy, axborot,
xarbiy, ukuv yurtlari va maktab kutubxonalari, pullik, shaxsiy va jamoatchilik
kutubxonalar, kutubxona va kiroatxonalar, keng xalk ommasi uchun ochilgan
dastlabki musulmon kutubxonalari va shaxar kutubxonalarining paydo bulishi,
ularning faoliyati, yutuk va kamchiliklarini taxlil qilgan bо‘lsa, N.V. Yaxontova uz
makolasida kutubxonalarning yana bir turi – ilmiy kutubxonalarga e’tiborini
karatgan. Natijada 1870 – 1917 yillarda Turkistonda tashkil kilingan va faoliyat
kursatgan kutubxonalarning umumiy silsilasi, ularning axamiyati tugrisida bir
butun tarixiy bilimga ega bulamiz.
Y.V.Abramovning
tadkikotida
esa
respublikada
markazlashtirilgan
kataloglashtirish tarixi, uning axvoli va uning bundan keyingi tarakkiyotini
belgilab beruvchi chora – tadbirlar namoyon kilingan. Mualliflar uz ishlarida usha
davrda kutubxonachilik ishining u yoki bu masalalarini rivojlantirishga xissa
kushgan
O.V.Maslova,
V.N.Smolin,
G.A.Arakelyans,
A.I.Ageyev
kabi
kutubxonashunos – bibiliograflarning faoliyatiga uzlarining ijobiy munosabatlarini
bildirishgan.
1965 yilda Toshkent Davlat Dorulfununida respublikada birinchi marta
kutubxonachilik ishi tarixi bо‘yicha O.G.Kosimovaning «О‘zbekistonda ommaviy
104
kutubxonalar tarmog‘ining rivojlanishi» mavzusida fan nomzodligi uchun
nomzodlik ishi ximoya qilindi.
1966 yilda nashrdan chikkan O.G.Kosimovaning «О‘zbekistonda
kutubxonachilik ishi» monografiyasida 1917 yil oktabr inkilobidan oldingi
Turkiston, Turon о‘lkasi kutubxonalarining paydo bо‘lishi, ularning axvolidan
tortib (asarning deyarli yarmiga yakin) to 1968 yilgacha bо‘lgan davrda
respublikada kutubxonachilik ishining tarixiga bag‘ishlangan.
Shu davrda yana bir ilmiy tadkikot ishi nixoyasiga yetkazildi. Bu A.Navoiy
nomidagi Uzbekiston Davlat kutubxonasi xodimi Y.B.Abramovning ishi bо‘lib, u
Leningrad Davlat Madaniyat institutida 1967 yilda «О‘zSSRda kataloglashtirish
nazariyasi va amaliyotning rivojlanishi» mavzuida dissertatsiyasini ximoya kilgan
edi.
1969 yilda amaliyotchi – kutubxonashunoslardan biri, kо‘p yillar mobaynida
ToshdDning ilmiy kutubxonasida faoliyat kо‘rsatgan, 1971 yildan TDPK
«Kutubxonashunoslik» kafedrasining, 1974 yildan TDMI ning dotsenti A.I.
Kormilitsinning «Inkilobdan oldingi Turkistonda kutubxonachilik ishi tarixi»
(1868 – 1917 yillar) mavzusidagi fan nomzodligi uchun ilmiy ishi ximoya kilindi.
Bu tadkikotga uning shu davrlarda e’lon kilingan «Inkilobdan oldingi Turkistonda
ilmiy – tibbiy jamiyatlar kutubxonalari», «Inkilobdan oldingi Turkistonda ayrim
ilmiy – jamiyatlar kutubxonalari va ularning ilmiy – texnik bilimlarini
tarkatishdagi axamiyati», «Turkiston ommaviy kutubxonasi va uning inkilobdan
oldingi Turkistonning madaniy xayotidagi roli», «Nolegal kutubxonalar va
ularning
Toshkentda
inkilobiy
adabiyotlarini
tarkatishdagi
roli»,
«Temiryulchilarning ishchi kutubxonalari va ularning mexnatkashlarning inkilobiy
ongini uygotishdagi roli», «Samarkand jamoatchilik kutubxonasida nolegal
adabiyotlarning targiboti» kabi asarlari asos kilib olingan.
70-yillarda kutubxonashunoslik–bibliografik fanlarining tarakkiy etishi,
ularning ixtisoslashuvi, shuningdek, respublikada malakali kutubxonachi
xodimlarni tayyorlash, ularni ukitish, soxa bо‘yicha ilmiy – tadkikot ishlarini
uyushtirish va tashkil kilish xamda kundalik amaliyotda, kutubxonachilik –
biliografik terminlarini tartibga keltirish zarurati davr talabi bо‘lib kolgan edi.
Shunday
sharoitda,
O.R.Kosimov,
YO.Kodirovalarning
о‘zbek
tilida
«Kutubxonashunoslik va bibliografik bо‘yicha kiskacha izoxli terminologik lugat»
nashr kilindi.
70 yilllarning 1 yarmida ilmiy kutubxonalar tarixi xam maxsus о‘rganila
boshlaganligini kо‘rmiz. 1973 yilda M.A.Raximov ToshdDda «О‘zbekiston SSR
ilmiy kutubxonalari tarakkiyoti tarixi (1917 – 1941 yillar) mavzuida nomzodlik
ishini ximoya qildi.
Shu tipdagi kutubxonalarning bundan keyingi davrdagi rivojlanish tarixini
B.K.Karimov о‘zining «О‘zbekiston SSRda ilmiy kutubxonalar tarakkiyoti»
(1941-1970) mavzusidagi nomzodlik ishida davom ettirgan. Tadkikot Moskva
Davlat Madaniyat institutida ximoya kilingan.
Shunday kilib, Respublikada kutubxonashunoslik fani rivojlanishining
ikkinchi boskichiga (1946-1974 yillar) ta’rif berar ekanmiz, quyidagicha umumiy
105
xulosa qilish mumkin:
- respublika kutubxonalari faoliyati tо‘g‘risida obzor-axborot tarzidagi
makolalar kо‘payib bordi;
-kutubxonalardagi ilg‘or tajribalarni о‘rganish, umumlashtirish va joriy
qilish bо‘yicha materiallar, tо‘plamlar nashr kilina boshlanadi;
- amaliyotchi va nazariyotchi kutubxonashunoslarning respublikada
kutubxonachilik ishi, uning axvoli va istikbollari tugrisidagi tadkikotlari chika
boshladi;
- ma’lumotnoma tipidagi, lugatlar tarzidagi nashrlar paydo buldi;
Bundan kelib chikadigan birinchi xulosa shundan iboratki, bu boskichda
kutubxonachilik ishining umumiy masalalari bilan bir katorda, uning ayrim
yunalishlari bо‘yicha, jumladan, kutubxonalarning tiplari va ular faoliyatining
ba’zi muammolariga (kataloglashtirish; kutubxonalararo abonement, ochik kitob
jamgarmasi va x.k) bag‘ishlangan tadqiqotlar amalga oshirildi.
Ikkinchidan, respublikada kutubxonalar axvolini kuzatib boruvchi va ularni
rivojlantiridan manfaatdor shaxslar xisoblangan amaliyotchi xam nazariyotchi
ilmiy kadrlar yetishib chikdi va shakllandi (oliy malakali kutubxonachi –
bibliograflar tayyorlaydigan oliy kutubxonachilik ta’limining barpo kilinishi), 1974
yildan esa TDMI va uning “Kutubxonashunoslik” (1968 yil), «Bibliografiya»
(1968 yil), «Bolalar adabiyoti va bolalar bilan kutubxonachilik ishi» (1974 yil),
«Kutubxona fondlari va kataloglari» (1980 yil), «Informatika va kutubxonalarda
texnik vositalar» (1977 yil) kabi maxsus kafedralarning tashkil qilinishi unga
ijobiy ta’sir kо‘rsatdi.
Uchinchidan, A.Navoiy nomidagi О‘zbekiston Davlat kutubxonasi
Respublikada kutubxonachilik ishining funksional va ilmiy tadqiqot ishlarini
muvofiqlashtiruvchi xolda uning tashkiliy markazi bо‘lib koldi.
Dostları ilə paylaş: |