Xulosa……………………………………………………………………..78-79
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.…………….………………………..80-82
Kirish.
Ma’lumki yozuvchining san’ati uning olg`a surayotgan g`oyasini o`quvchilarga yetkaza oladigan uslubi bilan belgilanadi. Bunda asar tili muhim o’rin egallaydi. Til o`sha g`oyani talqin etishda iboralarning siqiq, silliq bo`lishi, mazmunning esa keng va chuqur, hayotiy bo`lishi, so`zlarning o`z o`rnida ishlatilishi bilan xarakterlanadi.
Yozuvchi o`z asarlarining kitobxonga ta’sir etishi va uni voqea ichiga olib kirish uchun ijodiy kuchi bilan bilimini ayamaydi. Satrlarda jumlalarda ijodiy mehnat qiladi, natijada o`z romanlarining g`oyaviy va badiiy yuksak bo’lishiga erishadi.
Bunday yozuvchining tili aniq, tasviriy va emotsionaldir. Unda ohori tushgan iboralar soni iloji boricha cheklangan bo’lib, muallif til ustida qunt bilan qayta-qayta ishlaydi. Mana shunday ijodiy faoliyat jarayonida yangi-yangi o`xshatish, metafora, aforizm va jonlantirish kabi uslubiy vositalardan foydalanadi va romandagi ekspressivlik tabiiy tus oladi hamda kitobxonni o`ziga mahliyo etadi.
Bunday yutuqqa erishgan muallif kishini hayratda qoldiradigan obrazlar yaratadiki, bular kishi tasavvurida o`sha voqea tasviri yoki personajlarning o`ziga xosligini yaqqol chizib qo`yadi. Shu bilan ko`plab o`rinli ishlatilgan idioma va idiomatik iboralar hamda ko`plab uslubiy vositalar roman tilining mohiyatiga milliy kolorit va badiiy ta’sirchanlik beradi.
Ma’lum asarning badiiy tilini o`rganishda uning mayda-chuyda tomonlari alohida o`rin tutadi. So`z san’tida berilmoqchi bo`lgan fikrning chuqur, ta’sirchan va badiiy bo`lishi uchun so`zlarni o`z o`rniga qo`yish ko`p mehnat, qunt talab qiladi.
So`z san’atida so`zlarning o`rinli va mos, o`quvchiga yetuvchan bo`lishi uchun muallif o`zining barcha iqtidorini sarf etadi, katta ijodiy mehnat qiladi.
So`z tanlash, uslubiy vositalardan ustalik bilan foydalanish barcha holat va harakatlarni aniqlaydigan, yaqqol ifoda etiladigan, ommaga yetib bora oladigan so’zlarni qidirishda ko`rinadi.
Dostları ilə paylaş: |