"Maktabgacha ta'lim" fakulteti "Maktabgacha ta'lim" yo’nalishi kurs ishi



Yüklə 92 Kb.
səhifə10/16
tarix06.03.2022
ölçüsü92 Kb.
#114781
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
AZIZA KURS ISHI TAYYORI

2.2. Jamiyatning globallashuvi sharoitida maktabgacha ta’lim sohasida ta’limga texnologik yondashish yagona madaniy axborot ta’lim makonini yaratish istiqbollarining ahamiyati
Ma'lumki, davlat va jamiyat rivojining har bir bosqichi shaxs, jamiyat va davlatning ijtimoiy, iqtisod, ilmiy-texnikaviy, ma'naviy- ma'rifiy va madaniy extiyojlaridan kelib chiqqan holda didaktikaning tarixiy va mantiqiy birlikning metodologik prinsipiga muvofiq ta'lim tizimi oldiga muayyan davlat va ijtimoiy buyurtmalarni qo’yadi.

Ta’limni tashkil etish shakllari pedagogic jarayonni tashkil etishning tarixan mavjud bo’lgan, barqaror va mantiqiy tugallangan ko’rinishi bo’lib, unga muntazamlik va yaxlitlik, o’z-o’zini rivojlantirish, shaxsiylik va faoliyatli xarakter, ishtirokchilar tarkibining doimiyligi, o’tkazishning muayyan tartibi mavjudligi xosdir.

Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar) ning ma’lum belgilangan tartibda amalga oshiriladigan hamkorlikdagi faoliyatining tashqi ko’rinishi kasbiy ta’limning tashkiliy shaklini anglatadi

Kishilik jamiyatining taraqqiyot etish jarayonida ta’limning tashkiliy shakllari turlicha bo’lgan.

Qadimgi paytlarda yakka tartibda o’qitish usuli keng tarqalgan bo’lib, ma’lum ijodiy jihatlarga ega bo’lganligi bois bu usul hozirgacha saqlanib qolgan. O’rta asrlarga kelib, ta’lim-tarbiya kichik guruhlar shaklida o’tkazila boshlangan. Chunki bu davrda sanoat ishlab chiqarishi yo’lga qo’yilayotgan davr hisoblangan.

Innovatsion pedagogik texnologiya - bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, dastlab "texnologiya" tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan - "texnos" (techne) - san'at, hunar va "logos" (1ogos) - fan so’zlaridan tashkil topib "hunar fani" ma'nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operasiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi.

Maktabgacha ta`limni o’qitishda innovatsion pedagogik texnologiya fаnining obyekti: texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat ob'ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta'sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta'rifni tadqiqot mavzusiga ko’chirish mumkin, ya'ni: PT - bu tarbiyachining o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida bolalarga muayyan sharoitda ta'sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarni intensiv shakllantirish jarayonidir.

Texnologiya -https://fayllar.org/?contacts=1 bu talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir

Maktabgacha ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalarning maqsadi:

Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilari bilan tarbiyachilar orasidagi о‘zaro munosabatni XXI asr pedagogika sohasidagi erishilgan yutuqlar asosida о‘rnatish. Tarbiyachilarni yangi pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish.

Maktabgacha ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalarning vazifalari

-Talabalarning zamonaviy pedagogik texnologiyalar nazariy asoslari bilimlari bilan qurollantirish

-Yangi pedagogik darajada pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etishlari uchun zarur mahoratlarga ega bo’lishlari;

-Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, g’oyalar maktablar, yo’nalishlar, keng turlarida yo’l topa bilish mahorati

-Pedagogik faoliyatni ijodiy va metodik to’g’ri bajarishga tayyorlikni shakllantirish

-Mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o’zini tarbiyalash va o’zini mutaxasislik darajasini doimiy oshirib borishga intilishni faollashtirish

Suhbat samaradorligini ta’minlovchi shartlar:

1) maqsadga tayangan holda suhbat savollarining mazmuni aniqlash, ular о‘rtasida mantiqiylik va izchillikni ta’minlash;

2) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;

3) ishtirokchilarning sonini aniqlashtirish;

4) suhbatdosh tо‘g‘risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bо‘lish;

5) suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bо‘lish;

6) suhbatdoshningо‘z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish;

7) savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;

8) olingan ma’lumotlarni о‘z vaqtida tahlil qilish

Anketa samaradorligini ta’minlovchi shartlar:

1) savollar muammoning mohiyatini yoritishi lozim;

2) ular yirik hajmli va noaniq bо‘lmasligi kerak;

3) savollarо‘quvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik xususiyatlariga muvofiq kelishi zarur;

4) savollarga javob qaytarish uchun yetarli vaqt ajratilishi kerak;

5) anketaо‘quvchilarning psixopedagogik tavsifnomalarini tuzish manbaiga aylanmasligi zarur;

6) javoblar aniq mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart

Ta’lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlari:

о‘quv mashg‘ulotlarining jadvali; о‘quv dasturi;guruh jurnallari; о‘quvchilarning shaxsiy varaqalari; buyruqlar; Pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalari va qarorlari; ta’lim muassasasi smetasi hamda pasporti; tarbiyaviy ishlar rejasi; о‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etishga oid hisobotlar; ta’lim muassasasi jihozlari (partalar, stol-stullar va h.o.) qayd etish daftari va hokazolar

Bolalar ijodini о‘rganishda

1) mashg`ulotdagi raqobat; 2) tanlovlar; 3) kо‘rgazmalari; 4) festivallar;

5) musobaqalar va h.o.larning natijalarini tahlil qilish, samaradorligini baholash orqali shaxsning muayyan ma’naviy-axloqiy sifatlar va amaliy faoliyat kо‘nikmalariga egaliklari baholanadi

Pedagogik kuzatuvni tashkil etishga qо‘yiladigan shartlar:

1) kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;

2) kuzatishni tizimli ravishda yо‘lga qо‘yish;

3) kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;

4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab о‘rganish;

5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik

Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.

Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.

Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya-borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). U tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi.

Unga ko’ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo’llash, tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida bo’ladi. Shu har bir daraja quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan:

Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo’lib, bunda o’quvchi atamalarni ayta oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni etkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, takrorlash.

Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo’lganda esa, o’quvchi faktlar, qoidalar, sxema, jadvallarni tushunadi. Mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni taxminiy tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: asoslash, almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta tuzish, yoritib berish, sharhlash, oydinlashtirish.

Qo’llash darajasidagi tafakkurda o’quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy emas, noa’nanaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni to’g’ri qo’llaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish, namoyish qilish, foydalanish, o’rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, hal etish.

Tahlil darajasidagi tafakkurda o’quvchi yaxlitning qismlarini va ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklarni ajrata oladi, fikrlash mantiqidagi xatolarni ko’radi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarning ahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: keltirib chiqarish, ajratish, tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, taqsimlash, tekshirish, guruhlash.

Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o’quvchi ijodiy ish bajaradi, biror tajriba o’tkazish rejasini tuzadi, birnechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi. Ma’lumotni yangilik yaratish uchun ijodiy qayta ishlaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish, kombinastiyalashtirish, yaratish, tuzish, loyihalash.

Baholash darajasidagi tafakkurda o’quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko’radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: tashxislash, isbotlash, o’lchash, nazorat qilish, asoslash, ma’qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash.

Interfaol usullar ko’p turli bo’lib, ularning hammasi ham har qanday progressiv usullar kabi eng avvalo, o’qituvchidan mashg’ulot oldidan katta tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi.



Ma'lumki, davlat va jamiyat rivojining har bir bosqichi shaxs, jamiyat va davlatning ijtimoiy, iqtisod, ilmiy-texnikaviy, ma'naviy- ma'rifiy va madaniy extiyojlaridan kelib chiqqan holda didaktikaning tarixiy va mantiqiy birlikning metodologik prinsipiga muvofiq ta'lim tizimi oldiga muayyan davlat va ijtimoiy buyurtmalarni qo’yadi.

Hozirgi paytda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar, ta’lim texnologiyasi, o’qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi kungacha pedagogik adabiyotlarda, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «yangi pedagogik texnologiya», «ilg’or pedagogik texnologiya», «zamonaviy ta’lim texnologiyasi» ga oid tushunchalari hali ham bir qolipga tushirilmagan, entsiklapediyalarda izohlanganicha yo’q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko’pgina ta’riflari mavjud.

Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, o’quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, isonparvarlik tuyg’ulari tizimi shakllantiriladi.

Ma’lumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan avtoritar va soxta tafakkur yuritish usulidan voz kechgan, sabr-bardoshli, qanoatli, o’zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxsiy sifatlarni shakllantirishni ko’zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning yechimi qaysidir darajada ta’limni texnologiyalashtirish bilan bog’liqdir.

Dastlab "texnologiya" tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan - "texnos" (techne) - san’at, mahorat, hunar va "logos" (logos) - fan so’zlaridan tashkil topib "hunar fani" ma’nosini anglatadi. Biroq, bu ifoda ham, zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon, har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda, operatsiyalarning muayyan ketma-ketlikda bajarilishni ko’zda tutadi. Aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta’rifni tadqiqot mavzusiga o’giradigan bo’lsak, ya’ni: Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning ta’lim-tarbiya vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxsiy sifatlarni shakllantirish jarayonidir.

Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki, pedagogik texnologiya tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham, bu tushunchaga berilgan ta’riflar pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik adabiyotlarda "texnologiya" atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin: "o’qitish texnologiyasi", "ta’limli texnologiya", "ma’lumot texnologiyasi", "o’quv jarayoni texnologiyasi" va hokazo. O’qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyaga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir qatorda turadi.

Pedagogik texnologiya esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va "o’qituvchi - pedagogik jarayon o’quvchi (talaba)" funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi.

Alohida qayt etib o’tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy-g’oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas. Pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan.

Yuqorida qayd etilganidek, pedagogik texnologiya nazariyasi o’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo’lsa-da, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi. N.F.Talzina esa pedagogik texnologiyaning “fan va amaliyot oralig’ida muayyan tamoyillarni olg’a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalarni hal etishga yo’naltirilgan mustaqil fan” bo’lishi lozimligini qayd etadi va hokazo.
Pedagogik texnologiyaning ta’riflari.

Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan iborat. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo’lib, har bir ta’rif ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va ularning sharxlarini ko’rib chiqamiz.Pedagogik texologiya-barkamol insonni shakllantirish faoliyati.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda. Yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga olib kirish davr talabidir. Bu ish esa tarbiyachiga ga bog’liq. Tarbiyachi ijodkor bo’lishi, yangi pedagogik texnologiyalarni xilma-xil shaklllarini, usullarni yaratib borishi, ularni ta’lim jarayonida qo’llab borishi lozim.

Pedagogik faoliyatda “texnologiya” atamasining qo’llana boshlashi bilan pedagogik amaliyot, uning nazariy jihatlari hamda ular haqidagi bildirilayotgan mulohazalar birmuncha yuqori ilmiy darajaga ko’tarilmoqda.

Pedagogik texnologiya-hozirgi zamon didaktikasi va pedagogikasi taraqqiyotining mahsuli. Uni pedagogikaning hozirgacha mavjud bo’lgan hamda takomillashib kelayotgan barcha asosiy yo’nalishlari bo’yicha vazifalarni yanada yuqoririoq darajada amalga oshirish yo’lidagi yangi bosqich deb hisoblash mumkin.

Shu nuqtai nazarlardan pedagogik texnologiyani, avvalo hozirgi pedagogika fani taraqqiyoti natijasida hosil bo’lganyangi yo’nalish deb hisoblangan holda, uni o’ziga xos tamoyillari, qoidalarini chuqur o’rganib borish va pirovardida qonuniyatlarini aniqlash yo’lidagi muammolarni yechish lozimligi ko’rinib turibdi.

Pedagogik texnologiya, avvalo, ta’lim-tarbiyani yanada rivojlantirish ehtiyojlarini qondirish yo’lidagi insonlar (pedagoglar, ota-onalar, jamoatchilik) faoliyatidan iborat ijtimoiy hodisa hisoblanishi lozim.

Shu bilan birga pedagogik texnologiya amaliy faoliyat yo’nalishi sifatida o’quv-tarbiya jarayonida qo’llaniladigan tamoyillar, algoritimlar va boshqaruv tizimi hamda bevosita ta’lim-tarbiya jarayonini o’z ichiga oladi.


Yüklə 92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin