Maktabgacha ta’lim



Yüklə 22,61 Kb.
tarix02.12.2023
ölçüsü22,61 Kb.
#137928
Bola nuqtida grammatik xatolar


To‘xliboyeva Zuxra Abdumutal qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQIDAGI GRAMMATIK XATOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI


Anatatsiya: Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarning kundalik hayotida og‘zaki nutqida uchraydigan grammatik xatolarni aniqlash, tekshirish va ularni tartaraf etish oid olib boriladigan ishlar mazmuni to‘g‘irida.
Kalit so‘zlari: grammatik xato, sintaksis, morfologiya, kelishiklar, didaktik o‘yinlar, gap, yozma nutq, dialogik nutq, monolog nutq, gap tarkibi, to‘g‘ri so'zlash, oddiy va qo‘shma gaplami tuzish, maxsus vositalar, til o‘yinlari, didaktik o‘yinlar.
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar ekan o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog’lagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Tabiiyki, hozirgi ta’lim islohalari sharoitida ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar ”Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvalombor farzandlarimizning unib, o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bog‘liqdir”[1] - deb alohida ta’kidlaganlar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning nutqiy ko‘nikmalrini shakllantirishga doir ishlarni aniq tashkil qilish ko‘zda tutiladi. Bilamizki, bola tilning grammatik tizimini predmetli harakatlami o‘zlashtirish bilan uzviy bog‘liqlikda bilishni rivojlantirish asosida egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish morfologiya (so‘zlami kelishiklarga qarab o‘zgartirish), so‘z hosil qilish (maxsus vositalar yordamida bir so‘z asosida boshqa so‘zni hosil qilish), sintaksis (oddiy va qo‘shma gaplami tuzish) ustidagi ishlami o‘z ichiga oladi.Bolalarning grammatik rivojlanishi boshqarishni pedagog eng avvalo ham bolaning o‘zi bilan (dialog shaklida), ham boshqa bolalar bilan birgalikdagi muloqot faoliyati vositasida amalga oshirishi lozim. Bolalarda grammatik tizimni - sintaksis, morfologiya, so‘z hosil qilishni shakllantirish o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalami qo‘llashi darkor. Morfologiya va so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchun rag‘batlantiruvchi til o‘yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa, keng fikr bildirish uchun motivatsiyani yaratish muhim.
Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turli darajada rivojlanadi va o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bo‘ladi. Bola hayotining beshinchi yilida tarbiyachi-pedagog rag‘batlantirishga (gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchi yilda - gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik to‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); yettinchi yilda – yasama so‘zlar o‘rtasidagi bog‘lanish munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalami ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.
Didaktik o‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar - bolalaming tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatik sohasidagi faolligini rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Tarbiyachi-pedagog bolalarga so‘z birikmasini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlami bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur. Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalami shakllantirishni yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi.
Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlaming to‘g‘ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida e’tibomi qaratish zarur. Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda leksikadan to‘g‘ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. Buning uchun bolalarga gapda so‘zlami biriktirishning turli usullarini, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni o‘rgatish zarur.
Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jarayonida intaktik birliklar 'bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shakllanadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlami tuzish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi.
Bola tilining grammatik tizimini shakllantirish uning nutqi (tili) rivojlanishining umumiy oqimida ro‘y berishi lozim; pedagogik rahbarlik shakllari va metodlari umumiy nutqiy rivojlanishning bosqichma-bosqich xususiyatga egaligini, eng avvalo dialog va monologni, so‘zgacha bo‘lgan mazmunli-semantik tizimdan
vaziyatga oid ixtiyoriy iborali nutqqa o‘tish (keyinchalik dialog va monolog rivojlanadi), bolalaming nutqiy havaskorligi sohasi sifatida tengdoshlar bilan muloqotning dialogik shakllarini o‘zlashtirishni hisobga olishi lozim.
Grammatik ko‘nikmalarni shakllantirish usullari va yo‘llari. Maktabgacha katta yoshda nutqning grammatik to‘g‘riligini shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabat paydo bo‘lishi hamda rivojlanishi, aniq va to‘g‘ri so‘zlashga intilish bilan bog‘liq. To‘g‘ri so'zlashga intilish grammatikaning barcha sohalari – orfologiyada (aniq shakl hosil qilishda, shakllaming turli-tumanligini
o‘zlashtirishda: stollar, stullar, qavatlar va boshq.), so‘z hosil qilishda,
(non uchun - nondon, tuz uchun tuzdon va boshq.) sintaksisda (og‘zaki nutq qurilmasini yengib o‘tish va bog‘lovchisini ko‘p marta qo‘llash orqali gapni cho‘zib yuborish, bitta gapda to‘g‘ri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish va boshq.) ko‘zga tashlanadi. Nutqning grammatik to‘g‘riligiga intilsh ko‘proq yetti yoshli bolalarga xosdir. Besh yoshli bolakay hali ham grammatik shakllar ustida zavq bilan mashq qiladi va aynan mana shu so‘z bilan mashqlar kelajakda grammatik jihatdan to‘g‘ri ifodalangan nutq uchun poydevor yaratadi.
Bolalar nutqini grammatik jihatdan shakllantirish doimiy, uzluksiz jarayondir. Bolalar nutqining holatini faqat faoliyatlardagina kuzatib bormasdan, balki ularning kundalik hayot jarayonida ham kuzatib borish. Bola tilining grammatik tizimini o‘z vaqtida shakllantirish - uni to‘laqonli nutqiy va umumiy psixologik rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. O‘z vaqtida tuzatilmagan grammatik xato bola nutqida mustahkamlanib, uni tinglayotgan boshqa bolalar nutqida ham grammatik xatolarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Maxsus faoliyatlardan tashqari bolalar nutqidagi grammatik xatolarni bartaraf etishga qaratish lozim. Bola nutqidagi xatolarni do‘stona, xushmuomalalik bilan tuzatish kerak. Hech vaqt bola nutqidagi xatoni takrorlash yaramaydi, yaxshisi grammatik shakli to‘g‘ri bo‘lmagan so‘zni, gapni oddiy matematik tasavvurlarni rivojlantirish faoliyatida ta’limiy o‘yinlarda takrorlash joizdir, tarbiyachi barcha faoliyatlarda bola nutqini kuzatib, grammatik xatolarini tuzatish shart, ayniqsa, oddiy matematik tasavvurlarni rivojlantirish faoliyati bolalardan aniq nutqni talab qiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

  1. Karimov I.A “Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori”,Toshkent. 1998

2. Babayeva D. R “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi”, “Barkamol fayz media” nashriyoti 2018.
3. Shodiyeva Q Nutq o’stirish uslubyoti “O’qituvchi “ nashriyoti – matbaa ijodiy uyi Toshkent - 2009
Yüklə 22,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin