Maktabgacha ta’limda rivojlantiruvchi ta’limni qòllash mexanizmi


Vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgar ekanligi koʻrsatilsin



Yüklə 88,81 Kb.
səhifə7/8
tarix26.11.2023
ölçüsü88,81 Kb.
#136386
1   2   3   4   5   6   7   8
Maktabgacha ta’limda rivojlantiruvchi ta’limni qòllash mexanizmi-fayllar.org (1)

Vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgar ekanligi koʻrsatilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasidan Markazga begʻarazlik asosida bosqichma-bosqich 10 million AQSH dollari ekvivalentida, shu jumladan, 2018 yilda Markazni joylashtirish, jihozlash va saqlash bilan bogʻliq tashkiliy-amaliy tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2 million AQSH dollari ekvivalentida mablagʻ ajratsin;
Vazirlik bilan birgalikda belgilangan tartibda maktabgacha taʼlim muassasalarining Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan keng polosali internet tarmogʻidan foydalanishini taʼminlasin.
6. Quyidagilar:
xorijiy sheriklar bilan birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida ilgʻor pedagogik texnologiyalar va innovatsion oʻqitish usullarini joriy etish hamda maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan, maktabgacha taʼlim sohasida korxonalar tashkil qilish uchun olib kiriladigan tovarlar;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Markaz, Injiniring kompaniyasi va Institut tomonidan olib kiriladigan maxsus texnika, uskunalar, shu jumladan, asboblar, ehtiyot va butlovchi qismlar, texnik hujjatlar va dasturiy mahsulotlar belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha 2022 yilning 1 yanvarigacha bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, yuqorida koʻrsatilgan tovarlardan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti foydasiga undiriladi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Moliya vazirligi:
2019 yil 1 yanvardan Toshkent shahrining uchta tumanida jon boshiga normativ moliyalashtirishning sinov rejimida joriy etilishini;
2019 yil 15 iyulgacha boʻlgan muddatda sinov tariqasidagi jon boshiga normativ moliyalashtirish natijalarining batafsil tahlil qilinishini;
2019 yil 1 avgustgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazilgan tahlil natijalarini hisobga olgan holda maktabgacha taʼlim tizimida moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritilishini taʼminlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikning xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish shaklini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan va u quyidagilarni nazarda tutadi:
  • maktabgacha ta'lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;


  • maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;


  • bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;


  • maktabgacha ta'lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;


  • maktabgacha ta'limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta'minlash;


  • maktabgacha ta'lim tizimiga maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning sog‘lom va balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta'minlash;


Shungingdek, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019 yilda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»;


2019–2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari;
2025–2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi har yili 1 dekabrga qadar o‘tayotgan yilning «Yo‘l xaritasi» bajarilishi yakunlarini batafsil o‘rganish asosida keyingi yil uchun «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, shuningdek, «Yo‘l xaritalari»ning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi.

Yüklə 88,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin