Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi.
Pedagog uchun intilishi zarur bo‘lgan kasbiy cho‘qqi yoki faoliyatining konseptual loyihasi bo‘lib, turli murakkablikdagi vazifalar hamda vaziyatlarning maqbul yechimini topishga layoqatlilik, kreativlik, yangiliklar uchun ochiqlik, tashabbuskorlik va intiluvchanlikni ifodalaydi.
Ilmiy-metodik kuzatuv– pedagogning professional o‘sishi va kompetentliligini rivojlantirishda maqbul sharoitlar yaratish, ta’lim subyektlari hamkorligini uyushtirishda boshqaruv texnologiyasini butun, tizimli, tashkiliy faoliyat sifatida amalga oshirilish jarayonidir.
O‘z ustida ishlash va kasbiy rivojlanishning qanday usullari mavjud? Eng yaxshi bo‘lish uchun qat’iy qaror qilish.
Bu o’z ustida ishlash va professionallikka erishish uchun qo’yilgan birinchi qadam hisoblanadi.
Maqsadlarni belgilash.
Maqsadlarni belgilashda avval kichik maqsadlardan boshlaganingiz ma’qulroqdir. Masalan, hafta oxirigacha bir kitobni o’qib tugataman. Yoki bugun ertangi darsga puxta tayyorgarlik ko’raman. Maqsadlar o’sib borgani sari pedagogning mahorati va tajribasi ortadi. O’z oldiga ulkan maqsadlarni qo’yib, ularga erisha olgan insonlar o’z kasbining sir-asrorlarini mukammal bilishi va tajriba orttirishi natijasida professional yuksaklikka erishadilar.
Vaqtni to‘g‘ri tashkil etish va to‘g‘ri taqsimlash.
Kasbiy rivojlanishda bu muhim omil sanaladi. o’qituvchi o’z faoliyatini vaqining har bir daqiqasidan unumli foydalangan holda tashkil etsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. O’qituvchilarning 80-85%ni ayollar tashkil etishini hisobga oladigan bo’lsak, ayniqsa ayollar uchun bu usul muhim ahamiyatga egadir. Chunki uy ishlari, farzand tarbiyasiga ham mas’uldir. Bunda albatta vaqtni to’g’ri taqsimlanishining roli kata.