Maktabgacha yoshdagi bola mehnatining xususiyatlari



Yüklə 50,96 Kb.
səhifə1/7
tarix30.11.2023
ölçüsü50,96 Kb.
#136776
  1   2   3   4   5   6   7
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA MEHNATINING XUSUSIYATLARI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‘LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 4-kurs talabasi Rizoqulova Munira Baxodir qizining Maktabgacha ta'limda boshqaruv va menejment fanidan bajargan KURS ISHI.

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA MEHNATINING XUSUSIYATLARI
REJA
KIRISH
I. BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KATTALAR ISHI BILAN TANISHTIRISH USULLARI

    1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kattalar mehnatiga munosabati

    2. Bolalar hayotida mehnat va mehnat tarbiyasining mohiyati

II. BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MEHNAT TARBIYASI BERISHNING AHAMIYATI
2.1 Makatabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar mehnatini rejalashtirish
2.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnat faoliyatining xususiyatlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI


KIRISH
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini takomillashtirish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash ta’limga texnologik yondashuvni talab etadi. Bunda bevosita ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish muhim ahamiyatga ega. Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning ishlab chiqilishini tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini targ‘ib qilish va amaliy foydalanish mexanizmlarini shakllantirishda ta’lim texnologiyalarining o‘rni va salmog‘i yuqoriligini ta’kidlash joiz Ilmiy-texnik salohiyatni oqilona joylashtirish va samarali foydalanish, agrar sektorini rivojlantirishga fan va texnologiyalarning hissasini oshirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini yanada rivojlantirishni taqozo etadi. “Ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish...”-zarurligi ta’kidlanadi. Bu esa ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish asosida yanada takomillashtirishga olib keladi. Ta’lim texnologiyalarining ilmiy xarakterdaligiga e’tibor qaratgan holda, uning amaliy yo‘nalishga xosligini, uni aniq masalalarni hal qilishda qo‘llash mumkinligini e’tirof etish kerak.
«Bu borada, avvalambor, yoshlar va bolalarga e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni jismoniy va ma’naviy barkamol etib tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz. Bolalarni kichik yoshdan boshlab rivojlantirish orqali kelajakda ularning o‘zligini to‘la namoyon etishiga mustahkam zamin yaratayapmiz. Zero, bu ezgu maqsadimiz yo‘lida sarflangan investitsiyalar ertaga bir necha barobar ortig‘i bilan qaytishiga shubha yo‘q», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

  1. «Sarflangan investitsiyalar ortig‘i bilan qaytishiga shubha yo‘q» SH. Mirziyoyev.


Yüklə 50,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin