Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha ta’lim tashkilotida umuman olganda ta'lim sohasida texnologiyani rivojlantirishga qaratilgan. Har bir o‘sib kelayotgan yosh mutaxasislar texnologiya va loyihalashtirish tushunchalarini anglash. Kelajakda texnologiyani turli sohalarda qo‘llay olishni bilishi darkor. Ta’lim texnologiyalari quyidagilarga alohida e’tibor beradi: o‘sib kelayotgan yosh mutaxasislarni zamonaviy ta’lim texnologiyalarning nazariy asoslari bilimlari bilan qurollantirish; yangi pedagogik darajada pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etishlari uchun zarur mahoratlarga ega bo‘lishlari; zamonaviy pedagogik texnologiyalar, g‘oyalar maktablar, yo‘nalishlar, keng turlarida yo‘l topa bilish mahorati; pedagogik faoliyatni ijodiy va metodik to‘g‘ri bajarishga tayyorlikni shakllantirish; mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o‘zini tarbiyalash va o‘zini mutaxassislik darajasini doimiy oshirib borishga intilishni faollashtirish zarur. Ta’lim texnologiyalari o‘qitish jarayoning sifat va samaradorligini ta’minlaydigan kasbiy texnologiya va interfaol o‘qitish usullari yuzasidan tayanch bilimlar berishga mo‘ljallangan bo‘lib, oliy ta’lim sohasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining maqsadi:Zamonaviy ta’lim texnologiyalar va loyihalashtirishning tarixi, rivojlanish bosqichlari hamda ularni o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llashning nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
Ta’lim texnologiyalari va loyihalashtirishning rivojlanish bosqichlarini o‘rganish, adabiyotlarni tahlil qilish;
Texnologiya va loyihalashtirishning zamonaviy tuzulmalarini, turli usullarini amaliyotga joriy qilish;
Ta’limning fanga va shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalari;