Ma’lumotlar tizimlari va algaritmlar fanidan


Ma’lumot va uning xotirada tasvirlanishi



Yüklə 217,54 Kb.
səhifə2/4
tarix24.11.2023
ölçüsü217,54 Kb.
#133721
1   2   3   4
,,Ro’yhat’’ turidagi ma’lumotlarning abstract turlari va ro’yhatlarni

Ma’lumot va uning xotirada tasvirlanishi.

  • Hisoblash mashinalari yordamida har qanday masalani yechish ma’lumotlarni xotiraga yozish, xotiradan o’qish va uni qayta ishlashni hisobga olgan holda bajariladi. Nazariy jihatdan ma’lumot noaniqliklarni aniqlovchi vosita sifatida qaraladi. Faraz qilaylik, biror bir tizimning N ta mumkin bo’lgan holati mavjud bo’lsin, har bir holat paydo bo’lishi mustaqil P ehtimolga ega bo’lsin. U holda bu tizimning noaniqligi quyidagi ko’rinishda aniqlanadi: ∑=(P(i)*log2 P(i))

Ma’lumotlarni saqlash

  • Kompyuterda eslab qoluvchi qurilmalarni asosiy uchta ko’rinishi mavjud: o’ta tezkor, tezkor va tashqi xotira. Odatda o’ta tezkor xotira registrlardan tashkil topgan bo’ladi. Registrlar ma’lumotlarni vaqtincha saqlab turish va akslantirish uchun qo’llaniladi. Juda muhim registrlardan ba’zilari komp’yuterning markaziy protsessorida joylashgan. Markaziy protsessor arifmetik amallarning argumentlari (ya’ni operandlar) joylashadigan (vaqtincha saqlanadigan) registrlardan tashkil topgan. Registrga yuborilagan ma’lumotlarni qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish amallar juda murakkab mantiqiy sxema orqali bajariladi. Bundan tashqari, registrlarda boshqaruv ketma-ketligini to’g’ri bajarilishini tekshirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda alohida bitlarda tahlil qilinadi. Arifmetik amallardagi operandlar va natijalarni vaqtincha saqlashdan tashqari, registrlar dastur komandalarini va keyingi bajariladigan komandaning tartib raqami haqidagi boshqaruv ma’lumotlarini ham vaqtincha saqlash vazifasini bajaradi. Tezkor xotira ma’lumotlarni o’z muhitida nisbatan doimiy saqlash uchun mo’ljallangan. Tezkor xotiraning muhim xususiyatlaridan biri bu adreslanganligi hisoblanadi. Bu xotira yacheykalari massividagi har bir xotira yacheykasi birqiymatli o’z nomi (identifikatori)ga egaligini anglatadi. Ushbu nom yacheyka adresi deb ataladi. Yacheyka adresi tezkor xotiraga murojaat qilgan mashina kommandasining operandi hisoblanadi.

Ma’lumotlar turi,ma’lumotlarning abstrakt (mavhum) turlari va ma’lumotlar tuzulmasi.

  • Ushbu tushunchalar, o’xshash bo’lishi mumkin, lekin ularning ma’nosi har xil hisoblanadi. Dasturlash tillarida o’zgaruvchining ma’lumot turi, ushbu o’zgaruvchi qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlar to’plamini anglatadi. Ma’lumotlar turi natural va butun sonlar, haqiqiy (o’nlik kasr ko’rinishidagi) sonlar, satrlar, belgilar va boshqalarni o’z ichiga oladi. Ba’zi dasturlash tillarida har bir konstanta yoki o’zgaruvchilarning turini unga ta’minlangan qiymatning yozilishiga qarab kompilyator aniqlaydi. Masalan, o’nlik sonda qo’llaniladigan nuqta, haqiqiy son belgisi sifatida qabul qilinadi. Boshqa dasturlash tillarida esa, dasturchi tomonidan kirtilayotgan har bir o’zgaruvchining turi aniq ko’rsatilishi talab etiladi, va bu muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Yüklə 217,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin