Ma’lumotlar tizimlari va algaritmlar fanidan


Ma’lumotlarning abstrakt (mavhum) turlari



Yüklə 217,54 Kb.
səhifə3/4
tarix24.11.2023
ölçüsü217,54 Kb.
#133721
1   2   3   4
,,Ro’yhat’’ turidagi ma’lumotlarning abstract turlari va ro’yhatlarni

Ma’lumotlarning abstrakt (mavhum) turlari

  • Ma’lumotlarning abstrakt (mavhum) turlari – bu matematik model va shu model doirasida aniqlangan turli xil operatorlardir. Abstrakt ma’lumotlar turi bilan algoritmlarni ishlab chiqish mumkin, lekin ma’lum bir dasturlash tilida algoritmlarni qo’llash uchun ma’lumotlarning abstrakt turlarini ushbu dasturlash tiliga mos ma’lumotlar turi va operatorlar yordamida ishlab chiqiladi. Ma’lumotlarning abstrakt turlarini tavsiflash uchun o’zida o’zgaruvchilarning aniq to’plamini, mumkin bo’lgan ma’lumotlar turini mujassamlashtirgan ma’lumotlar tuzilmasidan foydalaniladi.

Ma’lumotlar tuzilmasi klassifikatsiyasi

  • Fizik ma’lumotlar tuzilmasi deganda ma’lumotlarning mashina xotirasida tasvirlanishini tushinish kerak va bu tushuncha ba’zan saqlash tuzilmasi, ichki tuzilma yoki xotira tuzilmasi kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Ma’lumotlarning mashina xotirasida tasvirlanishini hisobga olmasdan hosil qilingan tuzilmalari abstrakt (mavhum) yoki mantiqiy tuzilma deb ataladi. Umumiy holda mantiqiy tuzilma bilan uning mos fizik tuzilmasi orasida farq mavjud bo’lib, bu ma’lumot taqdim etiladigan muhitning tuzilishi va xususiyatlariga bog’liq bo’lgan farqlar hisoblanadi. Shuning uchun ham mantiqiy tuzilmani fizik tuzilmaga va aksincha, fizik tuzilmani mantiqiy tuzilmaga aylantiruvchi (aklantiruvchi) protseduralar ishlab chiqilgan. Bu protseduralar, fizik tuzilmalarga kirish (murojaat) va fizik tuzilmalar ustida turli xil amallarni bajarishni ta’minlab beradi, bajariladigan har bir amal mantiqiy yoki fizik tuzilmada qo’llanilayotganligiga bog’liq holda o’rganiladi.Ma’lumotlar tuzilmasi oddiy (tayanch, sodda) va integrallashgan (tarkibli, murakkab) tuzilmalarga (turlarga) bo’linadi.

Ma’lumotlar va algoritmlarni strukturalashtirish (tuzilmalashtirish)

  • Ma’lumotlar tuzilmalarini bilish, ularni saqlash va qayta ishlash xotirani tejash va protsessor vaqti sarfini kamaytirish nuqtai nazaridan eng samarali usullarni qo’llash imkonni beradi. Yana bir afzalligi, ma’lumotlarga tuzilmaviy yondoshuv murakkab dasturiy mahsulotlarni yaratish imkoniyati hisoblanadi. Zamonaviy dasturiy paketlar juda murakkab mahsulotlar hisoblanib, bunda minglab, millionlab satrli kodlarni hisoblashga to’g’ri keladi. Tabiiyki, bunday dasturiy mahsulotlarni “birdaniga (bir vaqtning o’zida)” ishlab chiqish imkoniyati yo’q, bular ba’zi bir tuzilmalar, ya’ni ularning tashkil etuvchi qismlari va ular orasidagi bog’liqliklar ko’rinishida ishlab chiqilishi mumkin. To’g’ri tuzilmaga keltirilgan mahsulotni ishlab chiqishning har bir bosqichida ishlab chiquvchining diqqatini mahsulotning alohida qismlariga qaratilishini talab etadi. Katta dasturiy mahsulotlarni tuzilmalashtirishda mumkin bo’lgan yondoshuvlar mavjud. Bulardan biri algoritmlarni tuzilmalashtirishda “yuqoridan quyiga” loyihalash yoki “yuqoridan quyiga dasturlash” yondoshuvi bo’lsa, ikkinchisi, ma’lumotlarni tuzilmalashtirishda esa, “quyidan yuqoriga” loyihalash yoki “quyidan yuoriga dasturlash” yondoshuvlari hisoblanadi.

Yüklə 217,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin