Mamatova fazilat ixtiyorovna


Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili)



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə8/29
tarix19.09.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#129110
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Mamatova Fazilat Dissertatsiya

Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili);
N.A.Muslimov,Q.M.Abdullayeva, O.A.Qo’ysinov, N.S.G’oipova -N.N.Karimova, M.Qodirovlarning ,,Texnologiya fani o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi’’ monografiyasida texnologiya fani o’qituvchilarini tayyorlashda ularning kasbiy kompetentligini shakllantirish pedagogik muammo ekanligi, kasbiy kompetentlikni shakllantirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili, oliy ta’lim muassasalarida texnologiya fani o’qituvchilarining kasbiy va shaxsiy kamolotini ta’minlash uchun pedagogik-psixologik shart-sharoitlarni yaratish, texnologiya fani o’qituvchilarini tayyorlash jarayoni mazmunini kompetentlik yondashuv asosida modernizatsiyalash, kasbiy kompetentligini shakllantirishning xususiyatlari va ijodiy faoliyatning o’rni, kasbiy kompetentligini shakllantirishda ta’lim texnologiyalarini loyihalash xamda kasbiy kompetentligini shakllanganlik darajasini aniqlovchi mezonlarni asoslash kabi masalalar o’z aksini topgan.
Monografiya uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borayotgan pedagog-xodimlar, magistrantlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar hamda tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan.
Maxkamova.S.X, Shoyusupova.A.A, Kamalova.S.R ,,Malaka va kompetensiyalarni baholash’’ ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga o‘quv qo‘llanmadan ilmiy xodimlar, aspirant va tadqiqotchilar «Malaka va kompetensiyalarni baholash» faniga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
N.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Sayfurov, A.To’rayev
,,Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari’’ o’quv-metodik qo’llanma A-1-141 “Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarini qayta tayorlash va malakasini oshirish tizimi uchun modulli Web texnologiya asosida elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish va amaliyotga joriy etish” mavzusidagi grant loyihasi asosida yaratilgan. Unda “pedagogik kompetentlik” tushunchasining mohiyati, pedagogga xos kompetentlik sifatlari, ularni rivojlantirish yo’llari, pedagogik mahoratning tarkibiy asoslari, pedagogik kreativlikning o’qituvchi faoliyatidagi ahamiyati, o’rni va roliga doir masalalar haqida so’z yuritilgan. Alohida e’tibor amaliy mashg’ulotlar jarayonida talaba hamda malaka oshirish kurslarining tinglovchilarida kasbiy kompetentlik va pedagogik kreativlikni rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu o’quv-metodik qo’llanma uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar, kasbiy kompetentligini rivojlanish istagida bo’lgan o’qituvchilar hamda ta’lim jarayonida Web texnologiyalaridan foydalanish masalasiga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan.
R.M. Yusupov,S.Y. Temurov. ,,Bo’lajak matematika o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning nazariy asoslari’’ ushbu monografiya axborot-kommunikatsion ta’lim muhitida bo’lajak matematika o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishga bag’ishlangan. Monografiya pedagogika oliy ta’lim muassasalari matematika ta’lim yo’nalishi bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar va shu yo’nalishda izlanishlar olib borayotgan ilmiy tadqiqotchilarga mo’ljallangan bo’lib, u O’zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalari markazi grantlari asosida bajarilayotgan «Axborot-kommunikatsion ta’lim muhitida matematikani o’qitishni tashkil etishning ilmiy-uslubiy asoslarini yaratish» mavzusidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi doirasida olingan ilmiy natijalarni o’z ichiga oladi.
A’zamjon Valiyev, Iqboljon Rahmatova.,,O‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishda loyihalash masalalarining o‘rni’’ maqolada maktab chizmachilik darslarida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishda loyihalash va ijodiy izlanish talab qilinadigan masalalarning o‘rni va amaliy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, chizmachilik fanidagi loyihalash masalalarining mazmuni, ilmiy asosi, uni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning fazoviy tasavvuri va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Abduraxmonova Dinora, Doniyarov Mavlonbek. ,,Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari kasbiy kompetentligining tashkiliy tuzilmaviy shakli haqida mulohazalar’’ ushbu maqolada bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari kasbiy kompetentligini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo’llay olinishi.Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo’nalish bo’yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o’zlashtirilishiga qaratilgan mulohazalar yuritilgan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika instituti “Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya fanini o’qitishning muammolari va yechimlari” mavzusidagi respublika miqiyosida o’tkazilgan ilmiy-texnikaviy konferensiyaning ilmiy-uslubiy to’plamida (Qo’qon-2020 yil 18 noyabr) respublikaning oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari, kasb-hunar maktablari, umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilari, mustaqil izlanuvchi, magistrant va iqtidorli talabalar tomonidan texnologiya fanida ta’lim jarayonini modernizatsiya qilishga, ya’ni uzluksiz ta’lim tizimini yangi bosqichlarga ko’tarishga qaratilgan uslubiy materiallar kiritilgan. Shuningdek, ushbu to’plamda T.J.Ismoilov “Texnologiya fani darslarida grafik sxemalaridan foydalanish asosida o’quvchilar ijodkorlik faolligini oshirish” mavzusida yozgan ilmiy maqolasida texnologiya fani darslarida o’quvchilarni texnikaviy ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashda texnologiya fani o’qituvchilari o’quvchilarni dars jarayonida faolligini oshirishga tayyorlash samarasini oshirish uchun grafik sxemalaridan foydalanish samaradorligi bo’yicha bilimlarni o’quvchilarga shakllantirish uchun tavsiyalar bergan.
Termiz davlat universiteti tomonidan o’tkazilgan “Mehnat va kasb ta’limi sohalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashning dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy–amaliy konferentsiya materiallar to’plami (Termiz.23-24 may 2014 yil) da bir qancha maqolalar nashr etilgan. Mazkur konferensiya to’plamida A.Umirov va boshqalar. “Yog’ochga qo’lda ishlov berish ishlarini tashkil etish va o’rganish” mavzusidagi maqolada mamlakatimizda fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi ishchi, kadrlar malakasini, umumiy ma’lumoti va kasbiy tayyorgarligini tobora oshirishni taqozo etmoqda. Ishchilarning kundalik mehnat faoliyatida aqliy mehnatni roli oshib bormoqda, ularga chizma va sxemalarni o’qishga, operatsion-texnologik kartalarni tushunib olishga, o’z ishini rejalashtirishga, uskunalarni sozlash va rostlashga, o’z mehnatining borishi va natijalarini nazorat qilish va tahlil etishga to’g’ri kelmoqda. Mavzuni o’tishda o’qituvchilar, ishlab chiqarish ta’lim ustalariga yog’ochga qo’lda ishlov berish asboblari, yog’och materiallarga ishlov berish, rejalash usullarini o’rganish bo’yicha bir nechta tavsiyalar berilgan.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin