Mamatova fazilat ixtiyorovna


Magistrlik dissertatsiyasining metodlari



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə9/29
tarix19.09.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#129110
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Mamatova Fazilat Dissertatsiya

Magistrlik dissertatsiyasining metodlari; Ilmiy-nazariy, pedagogik-psixologik adabiyotlarni o’rganish, tahlil qilish, kuzatish, suhbat, test, pedagogik tajriba-sinov ishlari, qiyoslash va umumlashtirish, statistik ishlov berish.
Magistrlik dissertatsiyasining metadologik asoslari; O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida ta’lim to’g’risidagi qonunida ko’rsatib o’tilgan. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori qabul qilingan2.
Magistrlik dissertatsiyasining nazariy-amaliy ahamiyati; Texnologiya fani o’qituvchisining innovatsion rivojlantirish jarayonida inovatsion texnologiyalar asosida,ularning ko’nikmalarini shakllantirish mazmunini va metodikasini amaliyotga joriy etishni asoslash. Texnologiya fani o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirish tizimini ishlab chiqish. Texnologiya fani o’qituvchisining kasbiy kompetentligini yanada rivojlantish.Rivojlantirishda qo’llanilgan shakl,metod va vositalarni, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo’nalishlarida qo’llab ko’rish kerak bo’ladi.Bu orqali texnologiya fani o’qituvchisining kasbiy kompetentligini yaqqol namoyon etadi.
Magistrlik dissertatsiyasi tuzilmasining tavsifi; Respublikamizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohotlar, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati oshib borishda, xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu o’zgarishlar ta’lim tizimini tubdan isloh qilishni taqazo etadi. Ya’ni, qabul qilingan ,,Ta’lim to’g’risida’’gi qonun O’zbekistonning xalqaro talabdagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay oladigan dadil, mustaqil, ijodiy tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda insoniy sifatlari shakllangan barkamol kadrlarni tayyorlashni ko’zlaydi.
Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish - barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi.
Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston - maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshiramiz.
Birinchidan, yosh avlodga bog‘cha, maktab va oliygohda sifatli ta’lim-tarbiya berishni yo‘lga qo‘yamiz, ular jismoniy va ma’naviy sog‘lom, vatanparvar insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz.
Ikkinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar etib voyaga yetkazamiz.
Uchinchidan, o‘g‘il-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ish va uy-joy bilan ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz.
Bir so‘z bilan aytganda, bola tug‘ilganidan boshlab, 30 yoshgacha bo‘lgan davrda uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishi uchun ko‘mak beradigan, yaxlit va uzluksiz tizim yaratiladi.
Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga o‘n, yuz barobar ko‘p foyda keltiradi.
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino, bundan ming yil oldin “Dovyurak va botir insonlar kelajakda sodir bo‘ladigan qiyinchiliklardan qo‘rqmaydi”, deb bejiz aytmagan.
Yaqinda Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida va Toshkent shahrining Chilonzor tumanida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda yoshlarimiz tomonidan bildirilgan dadil fikr va tashabbuslar meni juda quvontirdi.
Ayniqsa, kuni kecha Yoshlar forumida o‘g‘il-qizlarimizning yonib turgan ko‘zlarida ulkan azmu shijoatni, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko‘rib, yanada ruhlandim va ulardan kuch oldim. Ibn Sino bobomiz aytgan dovyurak va botir yoshlar aynan shu farzandlarim ekaniga yana bir bor amin bo‘ldim.
Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni ko‘ra olish fazilatlarini, yoshlarimizdagi g‘ayrat-shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak, ko‘zlagan marralarga albatta yetamiz.
Yangi O‘zbekistonni ana shunday bilimli va bunyodkor yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etamiz3.
Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.
Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega.
Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.
Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish huquqiga ega.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish tartibi, shuningdek harbiy, tibbiyot va boshqa ta’lim tashkilotlarida oliy ta’limdan keyingi ta’lim olish xususiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limning davom etish muddati qonun hujjatlarida belgilanadi.
Kasbiy kompetentlik “Pedagogika” fanining bir qismi bo’lib, fan sifatida qaraladi va o’zining nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi. Natijada tarbiyaviy ishlarning tarmoqlari vujudga keldi. Tarbiyaviy ish metodikasi fani bir necha qismga bo’lib o’rganiladi. Demak bu fanni o’qitishdan maqsad kelajakda talabalarimizga ta’lim muassasalarida ta’lim – tarbiyaga davr talablaridan kelib chiqqan holda yangicha yondoshishni, ishni sifat, mazmun jihatdan to’g’ri tashkil etishni o’rgatishdan iboratdir.
Pedagogik texnika – bu shunday bir malakalar yig’indisidirki, u pedagokka tarbiyalanuvchilar ko’rib va eshitib turgan narsalar orqali ularga o’z fikrlari va qalbini yetkazish imkonini beradi. Talabalar bilan bevosita muomala qilishda pedagogning xuddi ana shu malakalari (yoki ularning yo’qligi) uning xulq atvorida namoyon bo’ladi.
Pedagogik mahorat bu fahm – farosat va bilimlarning, chinakam ilmiy,tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo’lgan nufuzli rahbarlikning, talabalar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif bo’lgan talaba shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondoshishi, donolik va ijodiy dallilik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo’lgan qobiliyat majmuasidir.
Kasbiy kompetentlikni o’qitishda jamoani tashkil qilish metodikasiga katta e’tibor beriladi, chunki shaxsni jamoada tarbiyalash bilangina jamiyatni yuksaltirish mumkin. Bu vazifalarni esa biz odatda sinf rahbarlarining zimmasiga yuklaymiz. Sinf rahbarlari o’z navbatida sinfdagi talabalarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’uldirlar4.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin