III bob bo’yicha xulosa Texnologiya fani o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda ijodiy faoliyat katta rol o’ynashiga tahlillar natijasida amin bo’lindi. Ijodiy faoliyat bu - diqqatni, kuzatuvchanlikni, hissiyotni, idrokni, xotirani, tafakkurni, tasavvurni, irodani va boshqa jarayonlarni safarbar qilish orqali talaba o’zining kasbiy faoliyati jarayonida sodir bo’lgan muammolar yechimini to’g’ri hal qila olishidir;
Texnologiya fani o’qituvchilarini kasbiy kompetentligini shakllantirishda mutaxassislik fanlarini o’qitish va talabalarning bu fanlardan olgan baholarining ob’ektivligi muhim rol o’ynaydi. Talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllanganligini baholashda ularning kasbiy tayyorgarligi hamda pedagogik faoliyati bo’yicha baholash mezonlari ishlab chiqildi;
Texnologiya fani bo’yicha o’qituvchi malakasini olgan oliy talim muassasasi bitiruvchisi: talabalarni Davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq ravishda pedagogik faoliyat olib borishga tayyor bo’lishi, yuqori nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasini ta’minlaydigan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishi, ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishi, talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat etishni tashkil etishi, olingan bilimlarni amaliy faoliyatda qo’llashga ularni tayyorlashi va talabalarning mustaqil ishlarini nazorat qilishi, aniq o’quv fani o’quv-metodik jihozlanishining bazasini yaratishi, ta’lim muassasasining ilmiy-metodik faoliyatida ishtirok etishi kabi kompetentliklarga ega bo’lishlari, talabalar bilan tarbiyaviy ishni tashkil etishi va o’tkazishi, boshqarish, o’z kasbiy malakasini oshirishi lozim.
XULOSA Oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar o’quv faoliyati mazmunini yangilash, yosh avlodning ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirish ishiga mas’ul bo’lgan pedagog kadrlarning bilim va kasbiy malakalari darajasini yuqori bosqichga ko’tarish imkonini beradi. Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida texnologiya fani o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish orqali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash jarayonida muhim qadam bo’ladi. Ushbu yo’nalishda yozilgan mazkur monografiyada olib borilgan loyiha ishining mazmuni va yakunlariga tayangan holda shunday xulosalarga kelish mumkin;
Yuqorida keltirilgan manbalar mazmuni bilan tanishish hamda ilmiy ishlar tahlili shuni ko’rsatdiki, texnologiya fani o’qituvchilarini kasbiy kompetentligini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida ularning shaxsiy va kasbiy kamolotini ta’minlash uchun zarur pedagogik-psixologik shart-sharoitlarni yaratish, ta’lim mazmunini va tuzilmasini modernizatsiyalash hamda uning sifatini nazorat qilish va baholash mexanizmini ishlab chiqish orqali mutaxassis kompetentligini shakllantirishning asosiy maqsadi qilib belgilab olindi;
Oliy ta’lim muassasasida tayyorlanayotgan texnologiya fani o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish muammosining hal etilishi oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash ishiga pedagogik va kasbiy fanlarning ilg’or yutuqlarini qo’llash, xususan, kompyuter texnologiyalari, texnologik yondashuvlar, talabalarning bilish faoliyatlarini rejali boshqarish asosida faollashtirishdan, oliy ta’lim muassasasining ta’lim amaliyotiga zamonaviy o’qitish milliy tarbiya texnologiyalarining joriy etish, samaradorlik oshishiga yordam beradigan psixologik-pedagogik sharoitlarni yaratish orqali yerishilishi aniqlandi;
Texnologiya fani o’qituvchilarining pedagogik faoliyatini va oliy ta’lim muassasasida mutaxassislarni tayyorlash mazmunini tahlil qilish hamda ularning kasbiy kompetentligi tarbiyalashning bugungi holatiga nisbatan aniqlash imkonini berdi. U texnologiya fani o’qituvchisini kasbiy pedagogik faoliyatning maqsadlari, vazifalari va xarakteri bilan aniqlanadi hamda texnologiya fani o’qituvchisining mazkur faoliyatni amalga oshirishga tayyorligi va qodirligining nazariy, amaliy va motivatsiyali birligidan iboratdir.Texnologiya fani o’qituvchisining kasbiy kompetentligini shakllantirish pedagogik va texnik bilimlarni fan, ta’lim, texnika, texnologiya va ishlab chiqarish iqtisodiyoti sohalaridagi o’zgarishlarga asoslangan integratsiyasi ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu jarayon texnologiya fani o’qituvchisini tayyorlash mazmunini asoslash va kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasini yaratishda muayyan uzgarishlarni amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqardi;
Texnologiya fani o’qituvchilari kasbiy kompetentliligini shakllanganligi mazmun-mohiyatiga ko’ra: funktsional (turli fan sohalarini tashkil etish printsiplari haqidagi bilimlar) harakat haqidagi amaliy bilimlar (metodik va texnologik) hamda shaxsning o’z bilimlaridan iborat. Bularning natijasida mutaxassisning kasbiy, kommunikativlik mahorati va ko’nikmalari shakllanadi, loyihalash, tajribaviy va texnologik vazifalarni ijobiy yechish imkoniyatlari paydo bo’ladi.Kasbiy kompetentlikni shakllantirish yuzasidan tahlil ishlarini olib borish natajasida ilmiy adabiyotlarda kompetentlikning quyidagi turlarga bo’linishi aniqlandi: kommunikativ kompetentlik; bilim olish kompetentligi; intellektual kompetentlik; intellektual-korporativ kompetentlik; axborot olish kompetentligi; texnologik kompetentlik; madaniy kompetentlik; psixologik kompetentlik; psixologik-pedagogik kompetentlik; ijtimoiy-psixologik kompetentlik; umummadaniy kompetentlik;
Texnologiya fani o’qituvchilarining gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy, matematika va tabiiy fanlar hamda umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini uzviy aloqada o’rganishlari ularning bevosita kasbiy kompetentliligining shakllanishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi, ya’ni har bir mutaxassislik fanidan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni olib borish jarayonida mutaxassislik tushunchalarining o’rni, uni bayon qilish zaruriyati, ketma-ketligi, boshqa tushunchalar bilan aloqadorligi hamda bu aloqadorlikni reflektiv (refleks, beixtiyor), simmetrik yoki tranzitivlik (dars jarayonida olingan bilimlar majmuini amalda o’z o’rnida qo’llay olishi) kabi boshqa xossalarga bo’ysunishiga qarab, har bir tushunchalarning o’zini qanday salohiyati bilan qatnashayotganini aniqlash imkoniyatiga ega bo’ldik;
Fan va texnikaning ildam taraqqiyoti, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning zamonaviylashuvi, asosiy buyurtmachi sifatida davlat va ijtimoiy hayotning ta’limga qo’yayotgan yangidan- yangi talablariga mos ravishda ta’lim-tarbiyaning sifat-samaradorligini uzluksiz takomillashtirib borishni, uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalashni, ta’lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko’tarishga xizmat qiladigan ta’sirchan choralarni ko’rishni taqozo qildi. Natijada oliy ta’limni mazmunan modernizatsiyalashda asosiy vazifalari, tamoyillari, yo’nalishlari aniqlandi;
Texnologiya fani o’qituvchilari kasbiy kompetentliligining shakllanganlik ko’rsatkichlari sifatida quyidagilardan foydalanishi mumkin: kasbiy faoliyatli o’zlashtirishga motivatsiyali,ahamiyatli munosabat; kasbiy-amaliy vazifalarni hal yetish uslublari va usullarini bilish va ulardan ijodiy foydalanish qobiliyati; qarorlar qabul qilishda mustaqillik va o’z faoliyatini boshqara olish va hokazolar;
Texnologiya fani o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda ijodiy faoliyat katta rol o’ynashiga tahlillar natijasida amin bo’lindi. Ijodiy faoliyat bu - diqqatni, kuzatuvchanlikni, hissiyotni, idrokni, xotirani, tafakkurni, tasavvurni, irodani va boshqa jarayonlarni safarbar qilish orqali talaba o’zining kasbiy faoliyati jarayonida sodir bo’lgan muammolar yechimini to’g’ri hal qila olishidir;
Texnologiya fani o’qituvchilarini kasbiy kompetentligini shakllantirishda mutaxassislik fanlarini o’qitish va talabalarning bu fanlardan olgan baholarining ob’ektivligi muhim rol o’ynaydi. Talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllanganligini baholashda ularning kasbiy tayyorgarligi hamda pedagogik faoliyati bo’yicha baholash mezonlari ishlab chiqildi;