3.2 Tajriba–sinov ishlari natijalari. Ushbu dissertatsiya ishi yuzasidan 2019-2020, 2020-2021 o‘quv yilida Termiz davlat universiteti va Qarshi davlat universitetida pedagogik tajriba-sinov ishlari o‘tkazildi. Tajriba-sinov ishlari 5112100-Mehnat ta’limi bakalavriat ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabalarida Texnologiya fani amaliy darslarini takomillashtirish orqali olib borildi. Ushbu dissertatsiya ishida keltirilgan ishlar ketma-ketlik, uzviylik asosida o’rganib chiqildi.
Bu jarayonda 4-kurs talabalariga texnologiya fani darslarida mavzularning o‘qitilishi va masalalar ishlashi metrik va pozitsion masalalardan foydalanildi va quyidagi natijalar olindi.
Buning uchun 4-kurs talabalaridan tashkil topgan ikkita bilim darajasi teng bo‘lgan guruhlar olindi, bular mehnat ta’limi yo’nalishining 017-37 va 017-38 guruhlar. Mehnat ta’limi 017-37 guruh talabalari 22 nafar, 017-38 guruh talabalari ham 22 nafarni tashkil etadi. Mehnat ta’limi 017-37guruh talabalarida texnologiya fani darslari an’anaviy shaklda olib borildi, 017-38 guruhda esa uzviylik asosida o‘qitildi va texnologiya fanini o‘qitishda talabalar faoliyatini takomillashtirishda yangi texnalogiyalardan foydalanildi hamda ikkala guruhlardan ham yozma ishlar olindi.
Reyting tizimi oliy ta’limda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1999 y. 8 iyundagi , magistrlar bilimini nazorat qilish va baholash uchun 1999 y. 31 dekabrdagi buyrug’i bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi. Unda semestr bo’yicha muayyan fandan 55% dan kam ball to’plagan talaba akademik qarizdor, 56-70% ball to’plagan talaba ,,o’rta’’,71-85% ball to’plagan talaba ,,yaxshi’’, 86% dan yuqori ball to’plagan talaba ,,a’lo’’ ko’rsatkichga ega hisoblanadi[36].
Ularning natijalari 100 balllik reyting tizimi asosida baholandi.Bunda 56 balldan 70 ballgacha bo’lgani 3 baho ,,o’rta’’, 71 balldan 85 ballgacha bo’lgani 4 baho ,,yaxshi’’, 86 balldan 100 ballgacha 5 baho ,,a’lo’’ hisoblanadi.
Mehnat ta’limi 017-37-tajriba guruhida “5” baholar soni 10 ta, “4” baholar soni 8 ta, “3” baholar soni 4 ta.
Mehnat ta’limi 017-38 nazorat guruhida “5” baholar soni 6 ta, “4” baholar soni 10 ta va “3” baholar soni 6 ta. Har ikkala guruh ham nazorat savollari orqali o‘zlashtirish ko‘rsatkichi aniqlandi. Ular tahlil qilinganda nazorat guruhi talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi tajriba guruhi talabalariga nisbatan past ekanligi aniqlandi. Nazorat guruhida samaradorlik 72-73%ni tashkil etgan bo‘lsa, tajriba guruhida esa 82% ni tashkil qildi.
Tajriba-sinov davomida texnologiya fani o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini rivojlantirish darajasining ortish dinamikasini o‘z-o‘zini nazorat qilish varaqasi vositasida balllash amalga oshirilgan bo‘lib, ulardan olingan natija metodik tizim tarkibiy qismlari natijalariga yaqin.
,,Texnologiya’’ fani o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariyasi va amaliyoti mavzusida olib borilgan tajriba sinov natijalaridan ko‘rinib turibdiki, tajriba guruxi 82 foiz va nazorat guruhi 72,73 foiz natijalarini bergan. Tadqiqot ishi yuzasidan qilingan ishlar va texnologiya fanini o‘qitishda qo‘llanilgan metod va zamonaviy texnalogiyalar natijasida 9-10 foiz yuqori natijaga erishildi. Ko‘rsatkichlar quyidagi diagrammada ko‘rsatilgan (3.1;3.2;3.3-rasmlar).