Mamlakatlarining ijtimoiy himoya tizimi


Chili pensiya tizimi daromadlari va xarajatlari dinamikasi61



Yüklə 162,14 Kb.
səhifə3/4
tarix08.11.2023
ölçüsü162,14 Kb.
#131302
1   2   3   4

Chili pensiya tizimi daromadlari va xarajatlari dinamikasi61


2.9-jadval




Yillar

Qiymat hajmi, mln. Chili pesosida

YaIMdagi ulushi, foizda

Daromadlar

Xarajatlar

Defitsit

Daromadlar

Xarajatlar

Defitsit

1974

344523

698866

-354343

3,2

6,2

-3,1

1975

310985

422261

-111276

3,4

4,6

-1,2

1976

360509

662877

-302368

3,4

6,2

-2,8

1977

454651

831933

-377282

3,6

6,7

-3,0

1978

556642

1027681

-471039

3,7

6,8

-3,1

1979

937063

1241874

-304811

5,2

6,9

-1,7

1980

1017362

1336172

-318810

5,5

7,2

-1,7



Natijada 1980-yillarning boshida Chili pensiya tizimi moliyaviydan to ma’muriy-huquqiy muammolarga duch kela boshladi. Mamlakat pensionerlarining 70 foizi eng kam pensiya olish bilan cheklandi62.
1983-yilda Chili pensiya tizimi evolyutsiyasining uchinchi bosqichi boshlandi. Bu davrda mavjud ijtimoiy sug’urta tizimining qo’llab-quvvatlanishi natijasida individual jamg’arib boriladigan pensiya hisobraqamlari joriy qilindi.
AQSh pensiya tizimi davlat va xususiy pensiya ta’minoti asosida amal qiladi. AQShning Arizona universiteti professori J.Pengning qayd etishicha, “AQShda ishlovchilarning pensiyaga chiqqandan keyingi moddiy ta’minoti, odatda, uch manba: ijtimoiy ta’minot, ish beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan pensiyalar, shuningdek, shaxsiy omonatlardan iborat bo’ladi. Ushbu uch manba birgalikda fuqarolarning



qarilikda moddiy xavfsizligini ta’minlab berishi lozim bo’ladi”63. AQShda fuqarolarning pensiyaga chiqishida moddiy ta’minlanganlikning ikki darajasi amal qiladi. Birinchisi, pensiyaga chiqishda daromadning yashash uchun zarur bo’lgan eng asosiy xarajatlar, ya’ni oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va yashash joyi uchun etarli bo’lishi bo’lsa, ikkinchsi, moliyaviy xavfsizlikning pensionerning pensiyaga chiqgunicha bo’lgan davr bilan pensiyaga chiqqandan keyingi davr daromadlari taqqoslanganda daromad miqdori pensionerning hayot darajasidan lazzatlanishi uchun etarli miqdorda bo’lishini anglatadi.
AQSh fuqarolari uch turdagi pensiyalar olish imkoniga ega. Jumladan64: davlat pensiyalari (taqsimlovchi), (ijtimoiy pensiyalar); korporativ pensiyalar, ya’ni ish joyi bo’yicha xususiy-jamoaviy pensiyalar; shaxsiy pensiya hisobraqamini ochish yo’li bilan xususiy yakka tartibdagi pensiyalar.
Davlat pensiyalari tizimida pensionerlar hozirda ishlayotganlar hisobidan to’lanadigan sug’urta badallari hisobidan pensiya olishadi, ya’ni “avlodlar birdamligi” prinsipi amal qiladi. AQShdagi eng yirik davlat pensiya tizimi – bu Umumiy Federal dastur (Social Security) hisoblanib, iqtisodiyotning xususiy sektorida band bo’lganlarning barchasini qamrab oladi65 va ushbu tizim “taqsimlovchi” prinsip asosiga qurilgan. Umumiy Federal dastur 1935-yilda qabul qilingan “Ijtimoiy sug’urta to’g’risida”gi qonunga muvofiq amal qiladi66 va fuqarolarning minimal pensiyasini ta’minlaydi. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimiga esa davlat va xususiy pensiya dasturlari tegishlidir. Davlat jamg’arib boriladigan dasturlar hukumat va mahalliy organlarda ishlovchi fuqarolarning pensiya ta’minotini amalga oshiradi. Iqtisodiyotning xususiy sektorida band bo’lganlar esa ish joyida tashkil etiladigan qo’shimcha davlat pensiya tizimida ishtirok etish imkoniga ega. Dastur belgilangan to’lovlar asosida ish beruvchilar tomonidan qilinadigan ajratmalar hisobidan shakllanadi, bunda ishlovchilar ishtirok etmaydi.


Pensiya turlaridan kelib chiqib, AQSh fuqarolari quyidagi tartibda pensiya olishlari mumkin. Jumladan, davlat pensiyasi yoki ijtimoiy pensiya olish uchun fuqaro
10 yil davomida oylik ish haqining 15 foizini pensiya fondiga o’tkazishi zarur. Korporativ pensiyaga ega bo’lishi uchun kompaniyada 5-6 yil mehnat qilishi zarur, ya’ni 5-6 yil mehnat stajiga ega bo’lishi kerak. Shuningdek, pensiya hisobraqamiga mustaqil ravishda ixtiyoriy miqdordagi mablag’ni o’tkazib borishi zarur.
AQShda xususiy pensiya tizimi rivojlangan bo’lib, kompaniya ishchilari xususiy pensiya dasturlarida ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, har bir AQSh fuqarosi tijorat va jamg’arma banklarda, pay fondlarida, sug’urta kompaniyalarida o’zining shaxsiy pensiya hisobraqamini ochishlari mumkin. Aholining umrguzaronligi oshib borishi bilan “Ijtimoiy ta’minoti to’g’risida”gi Qonunga tegishli o’zgartishlar kiritildi va pensiya yoshi 67 yosh qilib belgilandi. AQSh pensiya tizimining modeli bir qancha Lotin Amerikasi davlatlarida va Portugaliyada ham amal qiladi.
Ta’kidlash joizki, AQSh xususiy pensiya fondlari aktivlarining hajmi mamlakat YaIMning 134,9 foizini tashkil qiladi va dunyo bo’yicha birinchi o’rinni egallaydi:

Yüklə 162,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin