Mamlakatlarining ijtimoiy himoya tizimi


-jadval Taraqqiy etgan mamlakatlarda xususiy pensiya aktivlari



Yüklə 162,14 Kb.
səhifə4/4
tarix08.11.2023
ölçüsü162,14 Kb.
#131302
1   2   3   4

2.10-jadval Taraqqiy etgan mamlakatlarda xususiy pensiya aktivlari


va davlat pensiya fondi zahiralari67





Mamlakatlar

Xususiy pensiya rejalari (mablag’lari, aktivlari), 2016

Davlat pensiya fondi zahiralari, 2015

YaIMga nisbatan
foiz hisobida

mln. AQSh dollari
hisobida

YaIMga nisbatan
foiz hisobida

mln. AQSh dollari
hisobida

Germaniya

6,8

223906

1,1

37055

Fransiya

9,8

230184

2,5

59552

Yaponiya

29,4

1354754

25,8

1137247

AQSh

134,9

25126592

15,4

2812510

AQSh pensiya tizimidagi mablag’lar turli moliyaviy vositalarga investitsiya qilinadi va bu hol pensiya mablag’lari barqarorligini ta’minlab beradi. Pensiya mablag’lari miqdori, nafaqat, mablag’larning turli moliyaviy vositalarga investitsiya qilinishiga, balki o’rtcha ish haqi miqdori va shunga mos ravishda sug’urta badallari miqdoriga ham bevosita bog’liqdir. Albatta, yillik o’rtacha ish haqi miqdorining yuqoriligi davlat va xususiy pensiya fondlariga to’lanadigan sug’urta badallari


hajmining ham ko’payishiga olib keladi. Shunga mos ravishda pensiyalarning o’rtacha miqdori ham yuqoridir (2.11-jadval).

2.11-jadval


2016-yilda rivojlangan mamlakatlarda pensiya ta’minoti tizimining asosiy ko’rsatkichlari68


Ko’rsatkichlar

Germaniya

Fransiya

Yaponiya

AQSh

O’rtacha ish haqi miqdori, yiliga AQSh
dollari hisobida

50307

40038

43692

52543

Pensiyaning o’rtacha miqdori, AQSh
dollari hisobida

800-850

830-850

740-800

1000-1200

Pensiyaga chiqish yoshi

67

62,5

70

65/67

Pensiya ta’minotiga davlat xarajatlari,
YaIMga nisbatan foiz hisobida

10,1

13,8

10,6

7,0

O’rtacha umr davomiyligi

81,3

82,3

84,0

79,6

65 yoshdagi aholi ulushi, jami aholiga
nisbatan foiz hisobida

30,8

21,6

22,0

19,8

65 yoshdan oshgan aholi ulushi, mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soniga
nisbatan foiz hisobida

34,8


33,3


46,2


24,6




Ma’lumotlardan ko’rinadiki, Germaniya, Fransiya va Yaponiyada fuqarolarning pensiyaga chiqish yoshi boshqa mamlakatlarga nisbatan ko’proq muddatni, ya’ni 62,5-
70 yilgachani tashkil qiladi va erkak hamda ayollarning pensiyaga chiqish yoshi tenglashtirilgan. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, ushbu mamlakatlarda fuqarolarning tug’ilgan yili, mehnat staji, oladigan pensiya miqdoriga bog’liq ravishda pensiyaga chiqish yoshi 1-5 yilgacha farqlanishi mumkin. Pensiya yoshining oshirilishi aholini keksalikda pensiya to’lovlarining ilgariga nisbatan qisqaroq muddat davomida, lekin ko’proq miqdorda ta’minlash imkonini berdi va bu orqali aholining keksalikdagi turmush darajasini oshirishga erishildi.
Pensiya ta’minotiga davlat xarajatlari hajmi bo’yicha Fransiya (13,8%) etakchilik qiladi. Bu esa Fransiyaning ijtimoiy himoya tizimi rivojlanganligidan dalolat beradi. O’rtacha umr davomiyligi bo’yicha Yaponiya (84 yil) dunyodagi barcha mamlakatlarni (Monako va Makao mamlakatlaridan tashqari) ortda qoldiradi va “qari” mamlakat hisoblanadi. Bu esa ushbu mamlaktda pensionerlar sonining ko’pligi bilan xarakterlanadi. Germaniyada jami aholi tarkibida 65 yoshdan oshgan aholi ulushi 30,8 foizni tashkil qiladi, ammo, mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni tarkibida 65
yoshdan oshgan aholi ulushi 46,2 foizlik ko’rsatkichga ega bo’lgan Yaponiyadan ortda qoladi.
2016-yilda Fransiyada majburiy sug’urta badallari stavkasi davlat sektorida faoliyat yuritayotgan ishchilar uchun 7,25 foizni, ish beruvchilar uchun 10,40 foizni tashkil qilgan. Taqqoslash uchun, bu ko’rsatkich, Germaniyada davlat sektorida faoliyat yuritayotgan ishchilar uchun 9,35 foizni, ish beruvchilar uchun ham 9,35 foizni, Italiyada tegishlicha 9,19 va 23,81 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, Italiyada xususiy sektorda faoliyat yuritayotgan ishchilar uchun esa 3,10 foizni, ish beruvchilar uchun 4,65 foizni tashkil qilgan69. Shuni alohida e’tirof etish kerakki, ushbu mamlakatlarda pensiya uchun ijtimoiy to’lovlar, boshqa mamlakatlarga qaraganda, foiz ko’rinishida kichik miqdorga ega bo’lishiga qaramasdan, barcha fuqarolar davlat va xususiy pensiya tizimida va pensiya rejalarida ishtirok etadi, ya’ni fuqarolarni pensiya sug’urtasi tizimi bilan qamrab olish darajasi yuqoridir.


Yüklə 162,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin