Ma’naviyat asoslari


G‘arbda ma’rifatchilik XVIII asrda ya’xlit oqim sifatida shakllandi, «ma’rifat» atamasi esa mashhur faylasuf Immanuil Kantning



Yüklə 24,36 Kb.
səhifə4/6
tarix31.05.2022
ölçüsü24,36 Kb.
#116470
1   2   3   4   5   6
G‘arbda ma’rifatchilik XVIII asrda ya’xlit oqim sifatida shakllandi, «ma’rifat» atamasi esa mashhur faylasuf Immanuil Kantning «ma’rifat nima?» nomli maqolasidan (1784-yil) so‘ng uzil-kesil qaror topdi. G‘arbning tarixiy va falsafiy fanida «ma’rifat» deganda isnon aql-idrokining kuchiga va bilimlari tantasiga cheksiz ishonch davri anglashiladigan bo‘ldi. Ma’rifatli degani-bilimli, muayyan sohada ma’lumoti bor degani bo‘lib insonparvarlik ma’naviyat zaminidagina o‘z mohiyatiga ega bo‘ladi. Kishilarning bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya ham ma’rifat deb qaraladi. Bu so‘z ilmu urfon ma’nolarida ishlatiladi. Ma’rifatni hayotga singdirish, bilim va madaniyatning qo‘shma mazmuni bo‘lib, maorif esa ana shu mazmunni yoyish quroli, vositasidir. Maorif asosan umumiy va o‘rta maxsus bilim beruvchi maktab va o‘quv yurtlari tarmoqlarini qamrab oladi. Ma’rifat tushunchasi esa kengroq bo‘lib, bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari va sohalarini o‘zida qamraydi. Demak, ma’rifat kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya maorif demakdir. Ma’naviyat boya aytganimizdek madaniyat tushunchasini ham o‘z ichiga oladi. Madaniyat arabcha "madina" (shahar, kent) so‘zidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini 2 turga bo‘lib, birini badaviy yoki sahroviy turmush, ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik bu ko‘chmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi halqlarga, madaniylik esa shaharda o‘troq bo‘lib yashab shaharga xos turmush tarzida yashovchi halqlarga nisbatan ishlatilgan. Madaniyat tushunchasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda madaniyat tushunchasi-insoniyatning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarining yig‘indisini aks ettiradi. Tor ma’noda madaniyat atamasi jamiyatning ma’naviy hayotini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Madaniyat atamasi keng ma’noda qo‘llanilib, jamiyatning ishlab chiqarish ijtimoiy va ma’naviy hayotida qo‘lga kiritilgan yutuqlar majmuini biror ijtimoiy guruh yoki halqning ma’lum davrda qo‘lga kiritgan shunday yutuqlari darajasini, o‘qimishlilik ta’lim tarbiya ko‘rganlik, ziyolilik va ma’rifatlilik hamda turmushning ma’rifatli kishi ehtiyojlariga mos keladigan sharoitlari majmuini bildiradi. BMT Bosh Assambleyasining qaroriga binoan 2000-yil "Halqaro jahon madaniyati yili" deb e’lon qilingan.

Yüklə 24,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin