Ma’naviyat asoslari


Predmeti: «Ma’naviyat» arabcha



Yüklə 24,36 Kb.
səhifə3/6
tarix31.05.2022
ölçüsü24,36 Kb.
#116470
1   2   3   4   5   6
Predmeti: «Ma’naviyat» arabcha so‘z bo‘lib «a’no» fe’lidan olingan: ruh, aql, ong, idrok, ruhiy holat, ichki kayfiyat, dadillik, jasorat, xususiyat, mohiyat, g‘amxo‘rlik, qayg‘urish didi kabi bir necha ma’nolarni anglatadi. Ma’naviyat–odamning ruhiy va aqliy olami yig‘indisidir. Ma’naviyat-jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha. Ma’naviyat - inson va jamiyat madaniyatining negizi, inson va jamiyat hayoti ma’lum yo‘nalishining bosh omili. U muayyan iqtisodiy-ijtimoiy hayot tizimining shakllanishi, o‘zgarishi yoki inqirozga yuz tutishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq etib boradi va aksincha, ma’naviyat qashshoqlashsa, jamiyat bora-bora tanazzulga yuz tutadi. Mustaqillik yillarida ma’naviyat masalalariga munosabat tubdan o‘zgarib, uning boyib borishiga kuchli e’tibor berilayotganining boisi ham shunda. Boy ma’naviyatsiz buyuk davlat qurib bo‘lmaydi. Ma’naviyat jamiyat va millat ravnaqining bosh omili va poydevoridir (Vatan tuyg‘usi. T. O‘zbekiston, 1996 111 bet).
Ma’naviyat keng tushuncha bo‘lib, ma’rifat va madaniyat tushunchalarini ham o‘z ichiga qamrab oladi. Buyuk Alisher Navoiy «ma’no ahli» deganda haqiqat yo‘liga kirgan komil insonni nazarda tutganlar. Ma’rifat –ilm, irfon, maorif ham deganidir. Demak, ma’naviyat insoning ruhiy olamidir. Islom Karimov «Ma’naviyat-insoniyatning, halqning, jamiyatning, davlatning kuch-quvvatidir», degan edi. Binobarin, jamiyatning, insonlarning ma’naviy madaniyati qancha yuksak bo‘lsa vatanimiz O‘zbekiston shuncha tez mustahkamlanib boradi, boshqa ijtimoiy muammolarni hal qilish osonlanadi. Yaponiya qazilma boyliklari, yer-suvi bilan gullab yashayotgani yo‘q, u ma’rifati, aqli tarixi bilan XX asrda ustivor bo‘lib turibdi. Ma’naviy qashshoq halq hech qachon boy bo‘lmaydi. O‘z huquqini bilmagan, o‘z qonunlari kuchini anglab yetmagan va tushunishni istamagan insoning shon-shavkati tuproq bilan tengdir. Ma’naviyat tushunchasi ma’rifat tushunchasini ham o‘z ichiga oladi. Ma’rifat (ko‘pligi maorif) so‘zi ham arabcha bo‘lib, «arafa» fe’lidan olingan. U bilish, ma’lumot tanish, tanishish ma’nolarini bildiradi. Umuman uning lug‘aviy ma’nosi bilimdir. Atama sifatida esa u tabiat jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli- tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasini bildiradi. «Ma’ruf» so‘zi oliyhimmat, yaxshilik qiluvchi kabi ma’nolarni ifodalaydi. «Ma’ruf» so‘zi bilimlarning barcha-yo‘nalishlarini, ya’ni quyi bosqichi ( xabardorlik) dan tortib yuqori darajasi (ilm-fan) gacha bo‘lgan bosqichni ask ettiradi. Ma’rifat barcha davrlarda o‘z ko‘rinishiga esa bo‘lgan. Yunon-rim falsafasida ma’rifat so‘zi tafakkur va sof bilim deya ifodalangan. Aristotel esa bilimni insoning eng shirin va yaxshi faoliyati deb ta’riflagan. Platonning «Mukammal bilimning, ya’ni men egallagan bilimning birdan- bir turi men o‘zim bilmagan narsalarni bilishimdir»–degan iborasi hikmatli haqiqat bo‘lib qoldi. Boshqacha aytganda, ma’rifatchilar bilimlarning cheksizligini tushunib yetganlar. O‘rta asrlardagi islom ilm-fanida ma’rifat tushunchasi ilohiyot fanida katta bilimdonlikni, o‘qimishlilikni bildiradigan kishilarni ma’rifatli qilish va ularni ma’naviy barkamol etib tarbiyalashda ilohiyotning ta’siri beqiyos bo‘lgan. Buyuk ajdodlarimiz Imom al-Buxoriy, Xakim at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband o‘zlarining beqiyos bilimlari bilan umuminsoniy madaniyaning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shib kelganlar. Hakim at-Termiziy «Kitob bayan-al-ilm» nomli risolasida bilimni nur ya’ni yorug‘likka qiyoslagan. Markaziy Osiyodagi ilohiyot fanida, shuningdek, arab ilohiyot fanida «ma’rifat-aql-ilm-odob» yoki «ilm-amal-odob» tushunchalari o‘zaro bog‘liq tushunchalar hisoblangan. O‘rta asrdagi musulmon olami olimlarining nuqtai nazariga ko‘ra kishining odobi, xulqi uning ma’rifati, bilimdonligi bilan chambarchas boqliq inson qanchalik ma’rifatli bo‘lsa, uning axloqiy xulqi shunchalik yaxshi va mukammal, ya’ni axloq bilan bilim o‘zaro mustahkam bog‘langan hodisadir. Bu boy madaniy meros bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Az-Zamahshariy: «Harakat zaif bo‘lgan joyda kuchli bilim foydasizdir. Harakatsiz bilim-ipsiz kamalak o‘qidir» degan edi. (Az- Zamahshariy. Maqolalar. Qohira, 1335). O‘rta asrning yana bir olimi ar-Rohib al-Isfahoniyning fikricha, ilm adab yuksak unvonga, oliyjanob nasabga va boylikka tengdir. Bu uchta unsurga Sharqda ham g‘arbda ham katta e’tibor bilan qaralgan. To‘g‘ri keyingi asrlarda uchinchi unsur ko‘proq qadr topdi. Shunga qaramay, ma’rifatni voqeaga taqqoslaganda bilimga nihoyatda katta baho berilgani ma’lum bo‘ladi.

Yüklə 24,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin