39
kurashda o‘z erkingni qo‘lga olasan» sarlavxali dexqonlarga qaratilgan o‘zbek
tilidagi varaqasida partiya siyosatnining asosiy maqsadlari bayon qilingan. XX
asrning boshlarida Turkistonda maxalliy axoli vakillarini birlashtirgan.
Avvalo
erlik xalq manfaatlarni ximoya qilgan siyosiy tashkilotlar va partiyalar maydonga
chiqdilar. Bular jadidlar tashkilotlari («Taraqqiyparvarlar firqasi, yosh buxoroliklar
va yosh xivaliklar partiyalari va xokazo) «SHuroiy islomiya» va «SHuroi ulamo»
jamiyatlari, Turkiston federalchilar partiyasi va boshqa siyosiy tashkilotlardir. Bu
siyosiy tashkilotlar xujjatlarining juda oz qismi bizgacha etib keldi. Saqlanib
qolgan xujjatlar mazkur tashkilotlar va partiyalar
faoliyatining eng muxim
yo‘nalishlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Masalan, Turkiston o‘lka musulmonlari Soveti («SHuroi islomi»)ning 1918 yili
fevralda Turkiston muxtoriyatini bostirish jarayonida Qo‘qonda qizil askarlar sodir
etgan xunrezlik munosabati bilan chiqargan «Farg‘ona muzofati fuqorolariga»
nomli murojaatnomasini o‘qisak, biz bu tashkilot o‘lkada tinchlik va osoyishtalik
millatlararo totuvlik tarafdorlari bo‘lganligini bilib olamiz. Bu xujjat sovet
«SHuroi islomiya» sha’niga yog‘dirilgan bo‘xtonlarni rad etadi.
Dostları ilə paylaş: