36
maxoratini aniqlash vazifasni yuklangan edi. 1740-1741 yillarda Omsk shaxridan
Xivaga safar qilgan poruchuk Gladishev va geodezist Muravinlar xonlikka olib
boradigan yo‘llar, mamlakatning jug‘rofiy axvoli xususidagi ma’lumotlar
yig‘ishga asosiy e’tibor berdilar.
XVIII asrda Qo‘qon xonligi tashkil topgandan so‘ng rus va ingliz elchi va
savdogarlari bu xonlik xaqida xam ma’lumotlar yig‘ishga katta e’tibor bera
boshladilar. Jumladan, savdogar SHubay Arslonovning Toshkent shaxri xaqidagi
axboroti (1741) 1800 yilda Toshkent xokimi YUnusxo‘janing iltimosiga ko‘ra bu
erga kelgan injenerlar Burnashev va Pospelovlarning xotiralari, F. Nazarovning
1813-1814 yillarda Qo‘qonga qilgan safari xaqidagi xisobotlari shular
jumlasidandir.
Buxoro amirligi xaqidagi eslatmalar ichida Filipp Efremovning “To‘qqiz
yillik sayoxat” nomli kitobi aloxida ajralib turadi. Filipp Efremov to‘qqiz yil
davomida Buxoro amiri qo‘lida tutqun edi, lekin xarbiy xizmat qilib ancha yuqori
lavozimlarga erishdi. Asirlikdan qochib o‘z vataniga
qaytib kelgandan keyin u
yuqorida nomi tilga olingan kitobni yozdi va katta shuxrat qozondi. Asarda
Buxoro amirligi xaqida qimmatli ma’lumotlar bor.
XIX asrning boshlarida Buxoro amirligiga tashrif buyurib, o‘z xotiralarini yozib
qoldirgan mualliflardan tabiatshunos va vrach E. N Eversian, ruxoniy Budrin
esdaliklarini, Aleksandr Byornsning “Buxoroga sayoxat” nomli asarini, elchi I.
Vitkevichning «Qaydlar» nomli xotira kitobini xamda Butakov ismli injener,
sharqsunos olim N. V. Xanikovlarning esdaliklarni aloxida qayd etish lozim.
Qo‘qon xonligi tarixiga oid muxim manbalardan
biri kazaq ofitseri Nikolay
Potininning esdaliklaridir. German Vamberining «O‘rta Osiyo ocherklari» kitobi
Xiva xonligi va Buxoro amirligining XIX asr o‘rtalaridagi axvoli xususida
nixoyatda boy ma’lumotlar beradi.
SHunday qilib, o‘zbek xonliklari tarixiga doir rus va ovro‘pa manbalari original
xarakterga ega bo‘lib, ishonarli tarixiy manbalar qatoriga kiradi. E’tiborga loyiq
tomoni shundan iboratki, bu manbalarda maxalliy xalq xayoti va turmushining
maishiy tomonlari yaxshi yoritilgan. Biz maxalliy
tarixnavis asarlarda
uchramaydigan nodir ma’lumotlarni rus mualliflari esdaliklaridan topishimiz
mumkin.
Xulosa qilib shuni aytib o‘tish kerakki, xonliklar davri tarixiga oid juda ko‘p
tarixiy va xilma-xil tarixiy manbalar mavjud. Ulardan kompleks ravishda va
tanqidiy ruxda foydalanish bu davr tarixini teran o‘rganish imkoniyatini beradi.