25
XI asrning yirik tilshunos olimlaridan biri Maxmud Qoshg‘ariydir. Uning
«Devoni lugatit at-turk » asari turkiy xalqlarning tili, shevalari, shuningdek
ularning etnik tarkibini o‘rganishda muxim manba xisoblanadi. «Lugat»ning tarix
fani uchun axamiyati shundaki, unda turkiy qabilalar-bijanak, qipchok, ukuz,
boshqird, yabogu, tatar, qirg‘iz, chigil, yagmo, uyg‘ur va boshqalarning turar-
joylari xamda ijtimoii-siyosiy xayotda tutgan o‘rni atroflicha ko‘rsatib berilgan.
Asarda turklarning madaniy-maishiy, iqtisodiy xayotiga doir juda ko‘p
ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan, ayollar va erkaklarning kiyinishlari, ayollarning
qanday bezangani, xalkning urf odatlari, bolalarning uyinlari to‘g‘risidagi
malumotlarni olish mumkin. Asarda turklarning kasbu-kori, taomlari, xar-xil
ichimliklar tayyorlash texnologiyasi, tabobatchilikka doir materiallari xam bor.
Xullas. "Devonu lugat at-turk" boy etnografik ma’lumotlari bilan tarixchilarning
e’tiborini o‘ziga jalb qiladi.
Mashxur tarixchi, biograf va sayyox as-Sam’oniy (XII asr) mashxur Marvlik
olimlar sulolasiga mansubdir. Sam’oniyning bizgacha etib kelgan asarlaridan
"Kitob al-Ansob" aloxida o‘rin tutadi. Bu asarda O‘rta Osiyoning tarixi,
madaniyati va tarixiy geografiyasiga oid muxim va qiziqarli faktlar keltiriladi.
Kitobda islomiyatdan to muallifning zamonigacha musulmon mamlakatlarda,
ko‘proq Eron va Movarounnaxrda o‘tgan mashxur kishilar to‘g‘risida ma’lumotlar
beriladi.
O‘rta Osiyoning IX-XP asrlardagi siyosiy tarixi va madaniy xayotiga oid
manbalardan biri Nizomi Aruzi Samarqandiyning "Majma’ an-navodir" yoki
"CHaxor makola" nomli asaridir. "CHaxor makola"da muallif oldingi davrlarda
o‘tgan va o‘ziga zamondosh bo‘lgan ko‘plab olimlar, shoirlar va tarixnafislar
xaqida baxs yuritiladi. Asarda Firdavsiy, Beruniy, Umar Xayyom, Ibn Sino va
boshqa mashxur kishilar xaqida ma’lumot beriladi.
XI-XP asr yirik qomusiy olimlaridan biri Najmuddin Umar ibn Muxammad
an-Nasafiydir. U Fikx, xadis, tafsir, adabiyot, til, tarix va boshqa soxalarga oid 100
ga yaqin asar yozgan. An-Nasafiyning muxim asarlaridan biri "Kitob al-kand fi
zikri Ulamoyi Samarqand" xisoblanadi. Asarning asl arabcha matni yaqin
kunlargacha bizgacha etib kelingan deb xisoblanar edi. Asarning qisqartirilgan
forscha tarjimasi va taxriri ("Kandiyai-kurd") ma’lum edi. Bir necha yil oldin an-
Nasafiy kitobining asl nusxasi topilganligi va Saudiya Arabistonida shu erlik
vatandoshimiz Nazar Muxammad al-Farobiy tomonidan nashr etilganligi ma’lum
bo‘ldi. "Kitob al-kand"da o‘rta asrlarda Samarqandda yashagan mingdan ortiq
diniy va dunyoviy olimlar xaqida ma’lumotlar beriladi.
Dostları ilə paylaş: