Manbashunoslik va tarixshunoslik


Fors-tojik tilidagi tarixiy asarlar



Yüklə 20,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/135
tarix13.12.2023
ölçüsü20,45 Kb.
#139894
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   135
Manbashunoslik va tarixshunoslik

Fors-tojik tilidagi tarixiy asarlar
. X asrdan boshlab fors-tojik tilida 
xam ilmiy tarixiy asarlar yozila boshlandi. Bora-bora arab tili ilm 
soxasida 
siqib 
chiqarildi. 
XV 
asrga 
kelib 
Movarounnaxr 
tarixiga 
bag‘ishlangan asarlar asosan davlat tili vazifasini bajargan for s-tojik tilila 
yoziladigan bo‘ldi. Oldingi davrlarda arab tilida yozilgan qator tarixiy asarlar 
xam fors tiliga tarjima qilinar e di. Arabchadan fors tiliga o‘girilgan dastlabki 
tarixiy asar Narshaxiyning "Buxoro tarixi" nomli kitobi edi. Bu asar 944 
yilda yozilib, 1128 yilda ibn Nasr Axmad al-Kuboviy tomonidan fors
tiliga 
tarjima qilingan. U «arab tilidagi nusxada so‘zlangan keraksiz va o‘qiganda 
kishi tabiatida malollik orttiradigan narsalarni» qisqartirib yuborgan. Undan 
yarim asr o‘tgandan keyin asar yana qaytadan taxrirga uchragan. 1178-1179 
yillarda Muxammad ibn Zufar
ibn Umar fors tilidagi tarjimani ikkinchi 
marotaba qisqartirib bayon etgan. Asarning bizning zamonamizgacha etib 
kelgan barcha nusxalar ida 1178-1220 yillar voqealari xam bayon qilinadi. 
SHunga qaraganda, Narshaxiyniig "Buxoro" tarixi" kitobi uchinchi marta 
noma’lum muxarrir tomonidan taxrir qilinganligi va to‘ldirilganligini bilib 
olish mumkin. Asarning asl nusxasi va al-Kuboviy tarjimasi xamda 
Muxammad ibn Zufar taxrirlari bizgacha etib kelgan.
Tarjimon Abu Nasr Axmad al-Kuboviy va muxarrir Muxammad ibn 
Zufar o‘z ishlariga mustaqil tus berganlar. Ular Narshaxiyni tarjima va 
taxrir qilish bilan bir qatorda asarni yangi manbalar asosida boyitganlar va 
keyingi yillar voqealari bilan to‘ldirganlar. "Buxoro tarixi" islom dini va 
xukmron sinflar pozitsiyasidan yozilganligi sababli mavjud tuzumga qarshi 
xarakatlar, jumladan Muqanna qo‘zg‘olonini qoralash pozitsiyasidan 
yozilgan. Biroq, shunga qaramay asarda katta tarixiy qimmatga ega 
bo‘lgan ma’lumotlar keltirilgan va ularni ilmiy ob’ektiv ravishda taxlil 
qilish tarix fani uchun g‘oyat muximdir 
XI asrda yashab o‘tgan yirik olim va
davlat arbobi Nizomulmulk asl 
ismi Abu Ali al-Xasan ibn (Ali ibn Xasan at-Tusiy) Saljuqiy sulton Alp 
Arslon xamda sulton Malikshox 1 larning bosh vaziri bo‘lgan. Nizomulmulk
Saljuqiylar davlatining ijtimoiy-siyosiy xayotida katta rol o‘ynagan. U 
feodal 
tarqoqlikka 
barxam 
berish, 
markaziy 
davlat 
appartini 
mustaxkamlash, davlatning moliyaviy ishlarini tar tibga solish uchun kurash 
olib bordi. Uning Nizomulmulk, ya’ni "Mamlakatni tartibga soluvchi"
deb 
atalishi xam shu sababdan. Nizomulm ulk 1092 yilda Isfaxonda Bag‘dodga 
ketayotganda ismoiliylar (shia mazxabi oqimi) tomonidan o‘ldiriladi.
Nizomulmulk davlatni idora qilish masalalariga bag‘ishlangan 
"Siyosatnoma" asari bilan nom qoldirgan. Asar 51 bobdan iborat bo‘lib, 
unda markaziy davlat apparatining tuzilishi va uning moliyaviy xisob-kitob


22 
ishlari, qo‘shinning tuzilishi, yuqori davlat mansablari va ularga 
tayinlash tartibi, qabul qilish marosimlari xamda ularni tayyorlash va 
o‘tkazish tartibi, mansabdorlar faoliyati ustidan nazorat qilish kabi 
umumdavlat masalalari o‘rtaga qo‘yilgan. "Siyosatnoma"da O‘rta Osiyo 
tarixi xaqida xam muxim va qimmatli ma’lumotlar bor. Somoniylar 
zamonida turk g‘ulomlarining mamlakat ijtimoiy-siyosiy xayotida tutgan 
o‘rni, Turkiston xonlari (Koraxoniylar) saroyida xizmat qiluvchi
xodimlarning maishiy axvoli, Somoniylar xizmatida bo‘lgan amirlarning 
unvonlari, xorazmshox Oltintosh (11017-1032) bilan sulton
Maxmud 
/aznaviyning vaziri Axmad ibn Xasan o‘rtasidagi yozishmalar shular 
jumlasidandir. Bulardan tashqari asarda karpatiylar, botiniylar xarakati, 
Muqanna qo‘zg‘oloni xaqida diqqatga sazovor ma’lumotlar bor. SHarqshunos
olim R. D. Zaxoderning fikricha, "Siyosatnoma"ning 43 ta bobi
Nizomulmulk tomonidan so‘nggi 8 ta bobi esa qariib 20 yildan keyin uni 
qaytadan taxrir qilgan noma’lum olim tomonidan yozilgan. Asar bir necha 
xorijiy tillarga, shu jumladan o‘zbek tiliga tarjima qilnib, nashr etilgan.
XI asrla yashab o‘tgan yirik tarixchilardan yana biri Abulxay 
Gardiziy xisoblanadi. Gardiziy o‘zining "Zayn ul-axbor" ("Xabarlar bezagi') 
nomli asari bilan shuxrat qozongan. Asarda islomiyatdan oldingi Eron
podshoxlaridan to 1041 yilgacha Xurosonda bo‘lib o‘tgan voqealar xaqida 
so‘z yuritiladi. Asarda O‘rta Osiyoning turkiy axolisi xaqida Xuroson va 
Movarounnaxrning arablar istilosidan to X I I a srgacha bo‘lgan siyosiy tarixi 
to‘g‘risida keng ma’lumotlar beriladi. 
Faxriddin Muborakshox Marvarrudiy o‘zining "Tarixi Muborakshox" 
nomli asari bilan mashxurdir. Asar 1206 yilda yozib tugatilgan .
A
sar 136 
bobdan iborat bo‘lib, Muxammad payg‘ambardan boshlab /aznaviylar va 
Guriylar xukmronlari davrigacha bo‘lgan voqealar bayon qilingan. Asarning 
yana bir qimmatli tomoni shundaki, unda Turkiston ning sarxadlari va 
Turkistonda ishlab chiqarilgan mollar va mato lar, ularning xorijiy 
mamlakatlarda e’tibor qozongan navlari, turk qabila va urug‘lari, 
ularning tili va madaniyati xaqida boy faktik ma’lumotlar keltiriladi. 
"Tarixi Muborakshox" asarining yagona qo‘lyozma nusxasi Angliyada 
saqlanmoqda. Asarning bir qismigina ingliz tilida nashr etilgan, xolos. 
XI asrda yashab o‘tgan tarixchi olimlardan yana bittasi Abu Fazl 
Bayxakiydir. Bayxakiy 19 yil davomida /aznaviylar davlatining de voni 
rassilida (xorijiy mamlakatlar bilan aloqa yurituvchi maxkama) dabir bo‘lib 
xizmat qildi va yana 11 yil davomida shu devonga boshchi lik qildi. Bayxakiy 
"Tarixi Oli Maxmud" ("Jome’ fi tarixi Oli Sabuktakin" nomi bilan xam 
ma’lum) nomli 30 jildlik asar muallifidir. Lekin bizgacha bu asarning 7,
8, 9-jild lari va qis man 6, 10-jildlari etib kelgan Bu qismlar sulton Ma’sud 
xukmronligi davrini o‘z ichiga olganligi bois "Tarixi Mas’udiy" aeb ataladi.
"Tarixi Mas’udiy" muallif o‘zi ko‘rgan va
ishonchli kishilardan eshitgan 
materiallar, shuningdek xukumat
maxkamalarida saqlanayotgan rasmiy 
xujjatlar asosida yozilgan. Asar faktik materiallarga boy ligi, voqealarning 


23 
keng va atroflicha bayon etilishi va nixoyat zo‘r
badiiy maxorat bilan 
yozilganligi bilan boshqa tarixiy asarlardan farq qiladi. Asarda Sulton 
Mas’ud davrida /aznaviylar imperiyasining ijtimoiy-siyosiy axvoli keng 
bayon etilgan. SHuningdek Safforiylar Saljuqiylar tarixiga oid, /aznaviylar va 
Xorazm davlati, Saljuqiylar bilan Qoraxoniylarning o‘zaro munosabatlariga doir 
ma’lumotlar bor. 
XIII asrda o‘tgan yirik tarixchi va davlat arbobi Alouddin Otamalik
Juvayniy 1226-1283 (arab, fors, mug‘ul va 
uyg‘ur tillarini mukammal bilgan) 
uzoq muddat mug‘ul xukmdorlari saroyida xizmat qilgan shaxsdir. Juvayniy 
turli topshiriqlar bilan 3 marotaba Mug‘uliston poytaxti Koraqurumga bordi. 
1259 yili u Iroq va Xozoriston xokimi qilib tayinlandi va bu lavozimda 20 
yildan ko‘proq turdi. Aloiddin Otamalik Juvayniy "Tarixi jaxonkusho"
nomli 
asar yozib qoldirgan (1260) asar Z qismdan iborat. Birinchi qismda Mug‘ul 
imperiyasi tarixi, ikkinchi qismda Xorzmshoxlar davlati va Xurosonning 
1258 yilgachga bo‘lgan tarixi, uchinchi qismda Eronning 1256-1258 yillardagi 
siyosiy axvoli bayon qilinadi. Asarni yozishda muallif Bayxakiy, Faxruddin 
Roziy asarlaridan foydalangan. Juvayniy o‘zining Movarounnaxr, SHarqiy 
Turkiston va Mug‘ulistonda qilgan sayoxatlari chog‘ida yiqqan 
materiallaridan keng foydalangan. Eronlik boshqa bir mashxur olim
Rashiduddin (1247-1318) iloxiyot, tabiiy fanlar, adabiyot, tarix, 
geografiya va boshqa fanlarni puxta egallagan edi. Rashiduddin Abakaxon
davrida uning shaxsiy tabibi bo‘lib xizmat qilgan. Keyinchalik /ozonxon va 
Ultoyjuxonlarning vaziri bo‘lgan. Mazkur xonlarning xomiyligi va o‘zining 
tadbirkorligi tufayli Rashiduddin o‘z zamonasining eng bad avlat va nufuzli 
kishisiga aylandi. Uning 80 ming gektar eri, 250 ming qo‘yi, 30 ming 
yilqisi va
10 ming tuyasi xamda boshqa boyliklari (jami 35 million dinorga 
teng) bo‘lgan. Rashiduddin feodal tarqoqlik va separatizm tarafdori 
bo‘lgan turk-mug‘ul 
zodagonlaridan farqli o‘laroq o‘troqlik xamda markaziy 
davlat apparatini mustaxkamlash tarafdori bo‘lgan. Oxiri Rashiduddin 
Elxoniylar saroyida fitna qurboni bo‘ldi. 1318 yilda uni Ultoyjuxonni
zaxarlab o‘ldirishda ayblab qatl etdilar. Uning barcha mol-mulki musodara 
etildi. Tabrizdagi 60 ming boy kutubxonasi xam talon-taroj qilindi. 
Rashiduddin juda ko‘p ilmiy asarlar yozgan. Lekin bizning
zamonamizgacha uning bittagina asari - "Jome’ ut-tavorix" etib kelgan. "Jome’ 
ut-tavorix" SHarq tarixnavisligida yangi an’anani boshlab bergan asardir. 
Rashiduddin avval o‘tgan tarixchilarning ko‘pchiligi umumiy tarix deganda faqat 
musulmon mamlakatlarning tarixini tushunganlar. Rashiduddin esa ulardan farqli 
ularoq, Umumiy tarix deganda SHarq mamlakatlari bilan bir qatorda /arb
mamlakatlari, Xitoy xamda Xindiston tarixini xam nazarda tutgan. "Jome’ ut-
tavorix" 1301-1311 yillarda /ozonxonning topshirig‘iga mufoviq yozilgan. Asar 
uch qismdan iborat: 1 mug‘ullar va ular asos solgan davlatlarning qisqacha tarixi:
2 SHarq mamlakatlari tarixi. Xitoy yaxudiylar, Rim imperiyasi, Franklar davlati
va Xindiston tarixi. Asarning uchinchi kismi bizgacha etib kelmagan.


24 
"Jome’ ut-tavorix"ning ayniqsa turk-mug‘ul xalqlari tarixini o‘z ichiga 
olgan qismi O‘rta va Markaziy Osiyo xalqlarini o‘rganishda katta axamiyatga ega. 
XIII asrning boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy xayotga bag‘ishlangan boblari 
xam g‘oyat qimmatli ma’lumotlarga boydir. Rashiduddinning bu asari 
ko‘pgina tillarga tarjima qilinib, nashr etilgan. Bu asar XV asrdayok o‘zbek 
tiliga tarjima qilingan. 
Mug‘ullar davlati tarixi xamda mug‘ul istilosi davri Mirzo Ulug‘bekning 
"Turt ulus tarixi" nomli asarida xam o‘z aksini topgan. Bu asar kompilyativ 
asar bo‘lib, asosan Rashiduddin, Juvayniy va boshqa mualliflarning asarlariga 
tayanadi. 
XV asrda yaratilgan tarixiy asarlarning katta bir guruxi 
Amir Temur va 
Temuriylar davlati tarixiga bag‘ishlangan. Bunday asarlar qatoriga Nizomuddin 
SHomiy, Muiniddin Natanzii, Xofizi Abru, SHarafuddin Ali YAzdiy, 
Abdurazzoq Samarqandiy, Axmad ibn Arabshox. Mirxond, Xondamir singari 
tarixchilar asarlarini kiritish mumkin.
Asli Tabriz shaxridan bo‘lgan Nizoimuddin SHomiy 1391 yilda Amir 
Temur Bag‘dodni olganida shu erda bo‘lgan va Temur xizmatiga qabul 
qilingan. Nizomuddin 1404 yilgacha Temur bilan birga bo‘lib, uning xarbiy 
yurishlarida voqeanavis va voiz sifatida ishtirok etgan. 1402 yilda Temur unga 
o‘zining
tarixini aniq va sodda tilda yozishni buyurgan. SHomiy bu asarni 
1402-1404 yillarda yozib tamomlagan. Asar Temurning xokimiyatga kelishidan 
(1370) to 1404 yilgacha bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga olgan. '"Zafarnoma" 
deb atalgan 6u kitobda Temurning shaxsi bir muncha ideallashtirilgan. Asar 
XIV asrning ikkinchi yarmi - XV asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixni 
o‘rganishda muxim va ishonarli manbalardan biri xisoblanadi. Asarni yozishda 
muallif Temurning uyg‘ur kotiblari tomonidan yozilgan "Tarixi xo niy" nomli 
she’riy kitobdan, boshqa original manbalardan foydalangan. Nizomiddin 
SHomiyning bu asari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr qilingan. 
Temur va Temuriylar davri tarixiga oid ma’lumotlar Xofizi Abruning 
"Majmuai Xofizi abru" va "Zubdat ut-tavorix" nomli asar-larida keltiriladi. 
Xofizi Abruning birinchi asarida uning Rashiduddin va Nizomuddin SHomiy 
asarlariga yozgan seyllari (ilovalari) e’tiborga loyiqdir. 
XV asrning yirik tarixchilaridan biri SHarafuddin ali YAzdiy xam 
Amir Temurning xayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan "Zafarnoma" nomli asari 
bilan shuxrat qozongan. Bu asar Nizomuddin SHomiyning "Zafarnoma"si 
asosida yuksak badiiy maxorat bilan yozilgan. SHarafuddin Nizomuddin
asarida bayon qilingan voqealarni yangi manbalar asosida to‘ldirilgan, 
ba’zilariga aniqlik kiritadi. Uni yangi fakt va dalillar bilan boyitadi.
SHarafuddinning 
"Zafarnoma"sida 
Temurning 
shaxsi 
nixoyatda 
yuksaltirilgan. SHunga qaramay, uning shaxsiyati va faoliyatidagi qarama-
karshiliklar va ziddiyatlar bir muncha xaqqoniy va to‘g‘ri tasvirlangan. Asarning 
dastlabki qismi «Mukaddimayi Zafarnoma» deb ataladi. Unda Temurgacha bo‘lgan 
davrda Mug‘ul imperiyasi tarkibiga kirgan mamlakatlar tarixi aks ettirilgan 

Yüklə 20,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin