Antik manbalar
. Eng qadimgi tariximizni o‘ragnishda antik, ya’ni yunon va
rim manbalarida keltirilgan ma’lumotlar muhim va nodir ma’lumotlar hisoblanadi.
SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, antik mualliflarining birontasi O‘rta Osiyo tarixiga
oid alohida, maxsus asar yozmagan. Qolaversa, o‘sha zamonda «O‘rta Osiyo»
degan jo‘g‘rofiy tushunchaning o‘zi ham yo‘q edi. Ammo yunon va rim
tarixchilari o‘zlarining boshqa mavzularga bag‘ishlangan asarlarida yo‘l-yo‘lakay
qadimgi O‘rta Osiyoga doir jo‘g‘rofiy, tarixiy va etnografik ma’lumotlar berganlar.
YUnon va rim mualliflarining ma’lumotlari to‘g‘rilik darajasi turlichadir. Bu
ma’lumotlarning asosiy qismi tasvirlangan voqealardan ancha muddat o‘tgandan
keyin yozilgan manbalardan olingan. SHu sababli antik mualliflar axborotida ko‘p
noaniqliklar, shubhali va munozarali ma’lumotlar mavjud. Ayrim hollarda biron-
bir voqea turli variantlarda bayon etiladi. Antik mualliflar asarlarida nomlari tilga
olingan ayrim jo‘g‘rofiy atamalar – daryolar, tog‘lar, shahar va qishloqlarning
joylashganligini aniqlash (lokalizatsiya qilish) ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi.
Ularning ayrimlari turli tortishuvlarga sabab bo‘lib, hozirgacha aniqlangan. Antik
mualliflar asarlarida real voqealar ba’zan afsonaviy yoki yarim afsonaviy
to‘qimalar bilan qorishib ketadi. YUnon va rim tarixchilarining O‘rta Osiyo
haqidagi ma’lumotlari uzun-yuliq bo‘lib, ko‘p xollarda bu ma’lumotlar o‘zaro
bog‘lanmagan. SHu sababli ular asosida qadimgi zamonlarda O‘rta Osiyoda
yashagan xalqlar tarixining to‘la va yaxlit manzarasini tasavvur qilish amri
13
maholdir. SHunday bo‘lsada, antik mualliflar bergan ma’lumotlarni tanqidiy taxlil
etish asosida qadimgi tariximizni imkon qadar teranroq o‘rganishimiz kerak.
Qadimgi yunon va rim tarixchilarining SHarqqa bo‘lgan qiziqishi asosan ikkita
voqea bilan, aniqrog‘i yunon-fors urushlari va Iskandar Makadonskiyning
Ahamoniylar davlatiga qarshi yurishi bilan bog‘liqdir.
Vatanimiz tarixini yoritgan ilk tarixiy asar – bu Geradotning «Tarix» asaridir.
Bu asar yunon-fors urushlari tarixiga bag‘ishlangan. Lekin muallif mazkur
urushlargacha bo‘lgan davrdagi YUnoniston, Lidiya, Midiya va Ahamoniylar
davlati tarixiga oid batafsil ma’lumotlar keltiradi. «Tarix»ning keng qamrovli,
serqirra va ayni paytda yaxlit asar ekanligi tufayli uning muallifi Geradot haqli
ravishda «tarixning otasi» degan faxrli nomga sazovar bo‘ldi.
Geradot o‘z asarini yozishda xilma-xil manbalardan foydalandi. Jumladan,
Eron, Skifiya, Misr va boshqa mamlakatlarga qilgan sayyoxati chog‘ida yiqqan
ma’lumotlarni keltiradi. U O‘rta Osiyoda bo‘lmagan edi, lekin Kaspiy ortidagi
mamlakat tarixi bilan qiziqqan. Tadqiqotchilarning fikricha, Geradot Eronda
bo‘lgan chog‘ida Axamoniylar davlati zodogonlari bilan suhbatlar qurib, O‘rta
Osiyo xalqlari xayoti xaqidagi ma’lumotlarni yozib olgan. Natijada uning
ajdodlarimiz o‘tmishi haqidagi ma’lumotlari to‘liq bo‘lmay qolgan va ayrim
hollarda o‘zining noaniqligi bilan ajralib turadi.
Geradot Eron shoxi Kir II ning massagetlar diyoriga qilgan yurishi, massagetlar
malikasi To‘maris tomonidan tor-mor etilishi va halok bo‘lishi to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni, shuningdek baqtriyaliklar, xorazmiylar, issedonlar, saklar haqida,
ularning turmushi, urf-odatlari, harbiy qurollari va kiyimlari haqida qiziqarli
ma’lumotlar keltiradi. Geradot bu halqlarning ijtimoiy xayotida ayollarning teng
xuquqliligi va baland maqomi haqida yozadi. Bu ma’lumotlardan kelib chiqib,
o‘sha davrda O‘rta Osiyo xalqlari xayotida matriarxat sarqitlari saqlanib
qolganligini taxmin etish mumkin. Geradot bu halqlarda kannibalizm
(odamho‘rlik) xollari uchrashi haqida axborot beradi, urug‘dagi sog‘lom va
nuroniy qari odamni so‘yib, uning go‘shtini hayvonlar go‘shti bilan qo‘shib
pishirishlar va tanovvul qilishlarini qayd etadi. Geradot qadimgi ajdodlarimiz
chorvachilik, baliq ovi va dehqonchilik bilan shug‘ullanganligini ta’kidlaydi.
Qadimgi tariximiz xaqida ma’lumotlar yozib qoldirgan tarixchilardan biri
Ktesiy hisoblanadi (m.a. V-IV asrlar). Ktesiy Eron shahanshoxi Artakserks II ning
shaxsiy tabibi bo‘lib, u mashhur olim Gippokratning qarindoshi edi. Afsuski,
Ktesiy asarlarning asl nushasi bizgacha etib kelmagan. Uning asarlaridan olingan
ayrim parchalar keyingi avlod tarixchilarining kitoblarida saqlanib qolgan.
Gerodotdan farqli o‘laroq, Ktesiy faqat o‘zi ko‘rgan yoki eshitgan axborotlarnigina
emas balki uydirma ma’lumotlarni ham o‘z asariga kiritgan. SHu sababdan uning
asarlaridan foydalanishda o‘ta extiyorkorlik zarurdir. Ktesiyning Ossuriya
podshosi Ninning O‘rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlari haqidagi ma’lumotlarni
ishonchli emas. Ktesiy o‘z asarida birinchi marta Zoroastr (Zardusht) nomini tilga
oladi. U sehrgar va Baqtriya podshosi bo‘lganligi ta’kidlanadi. Zardusht podsho
bo‘lgan emas, albatta. Lekin uning nomini tilga olganligi va bu nom Baqtriya bilan
bog‘langanligi zardushtiylik dini shu mamlakatda, ya’ni Baqtriyada vujudga
14
kelganligi to‘g‘risidagi tahminlarni quvvatlovchi dalillardan biridir. Ktesiy
baqtriyaliklarning Eron shohi qo‘shini tarkibida Ossuriyani tor-mor etishda
qatnashganligini ma’lum qiladi.
Ktesiy ham sak ayollari jasur va harbiy ishga moyil ekanliklarini ta’kidlaydi.
SHu bilan bog‘liq holda u saklar malikasi Zarineya haqidagi hikoyani keltiradi.
Zarineya o‘zining birinchi eri va akasi Kidrey halok bo‘lganligidan so‘ng Parfiya
viloyatining hokimi Mermerga turmushga chiqadi. Forslar bilan jangda Zarineya
yaralanadi va jang maydonini tashlab ketadi. Striangey nomli fors uni ta’qib etadi
va qo‘lga tushiradi, lekin Zarineyaning iltimosiga ko‘ra uni ozod etadi. Keyingi
jangda esa Zarineyaning eri Mermer Striangeyni asirga oladi va Zarineyaning
yalinishiga qaramay, uni o‘ldirmoqchi bo‘ladi. SHunda Zarineya asirlarni ozod
etib, ular bilan birga erini o‘ldiradi va Parfiya viloyatini Eron shohiga berib, u bilan
do‘stona munosabat o‘rnatadi. Ktesiy keltirgan bu ma’lumot naqadar to‘g‘ri
ekanligini bilish qiyin, lekin bu hikoya Geradotni saklar jamiyatida ayollar roli
yuqori ekanligi haqidagi axborotni tasdiqlaydi.
Ktesiy Eron shohi Kirning halok bo‘lishi to‘g‘risida Geradotdan ancha farq
qiladigan ma’lumot keltiradi. Uning yozishicha, Kir derbiklar bilan bo‘lgan jangda
yarador bo‘lib, otdan yiqilib tushadi. Uni derbiklar bilan birga jang qilgan
xindlardan biri yarador qiladi, shundan so‘ng Kir vafot etadi. Ktesiyning bu
ma’lumoti to‘g‘ri emas, deb aytish mumkin, chunki boshqa manbalarda bunday
axborot uchramaydi.
Geradot va Ktesiydan tashqari boshqa yunon tarixchilari ham o‘z asarlarida
O‘rta Osiyo halqlari to‘g‘risida ma’lumotlar beradilar. Ulardan biri Ksenofont
(m.a. 445-355 yy.) o‘zining tarixiy siyosiy roman janrida yozilgan «Kiropediya»
nomli asarida baktriyaliklar, saklar va girkanliklarning fors shohi Kir tomonidan
bo‘ysundirilishi va uning qo‘shini tarkibida Ossuriyaning zabt etishda
qatnashganliklarini ko‘rsatib o‘tadi.
YUqorida ta’kidlab o‘tilganidek, antik mualliflarining O‘rta Osiyoga nisbatan
qiziqishlarining ortishiga turtki bo‘lgan muhim tarixiy voqea – bu Iskandar
Zulqarnaynning SHarqqa yurishlaridir. Ko‘p mualliflar Iskandar tarixini yoritish
jarayonida u bosib olgan mamlakatlar haqida, shu jumladan O‘rta Osiyo haqida
ma’lumotlar yozib qoldirganlar. Iskandarning hayoti va faoliyati haqidagi tarixiy
asarlarning eng muhimi – bu Arrianning «Iskandar yurishlari» nomli asaridir. Bu
asar milodiy II asrda, Iskandar davrida 5 asr o‘tgandan so‘ng yozilgan. «Iskandar
yurishlari» buyuk sarkarda sha’niga maddoxlik ruxida ta’rif etilgan asardir. Arrian
o‘z asarini yaratishda juda ko‘p tarixiy manbalardan foydalangan. Jumladan,
Iskandarning
shahsiy
muqotibasidan,
saroy
kundaliklaridan,
Iskandar
yurishlarining guvohi va ishtirokchisi bo‘lgan sarkardalar Ptolomey, Lag va
Aristobulning esdaliklaridan keng foydalangan. Arrian mo‘‘tabar manbalardan
foydalanganligi, ularga tanqidiy ruhda yondashganligi asarning ilmiy ahamiyatini
yanada oshiradi. Arrian foydalangan birinchi darajadagi manbalar keyinchalik
yo‘qolib ketganligini hisobga olsak, uning asari g‘oyat nodir yodgorliklar
ekanligiga ishonch xosil qilamiz.
15
Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf «Iskandar Makduniy tarixi» nomli asar yozib
qoldirgan (m.a. I asrning oxiri I asrning birinchi yarmi). Asar lotin tilida yozilgan
bo‘lib, 10 kitobdan iborat, lekin uning dastlabki ikki kitobi bizgacha etib
kelmagan. Mutaxassislar Kvint Kursiy Rufning manbalarga tanqidiy
yondashmasligini, Iskandar hayoti bilan bog‘liq voqealarni badiiylashtirilganligini
ta’kidlaydilar. Kursiy ayrim hollarda fantastik syujetlarni to‘qib chiqaradi. O‘z
qahramoni Iskandarning ruhiy holatlarini ochib berishga intiladi. Muallif
tasvirlanayotgan voqealarning aniq sanasini keltirmaydi. SHu bilan birga u
Iskandarning real siymosini yaratishga harakat qiladi. Kvint Kursiy Rufning
talqinida Iskandar taqdir erkatoyi, o‘ziga bino qo‘ygan, bosqinchilik konida
bo‘lgan, shafqatsiz, qasoskor, mard, tanti va bag‘rikeng shahs sifatida gavdalanadi.
YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklardan qat’iy nazar, Kursiyning asari O‘rta
Osiyo halqlarining Iskandar Makduniy davridagi tarixiga oid boy ma’lumotlar
beradi. Asardagi Baqtriya va So‘g‘diyonaning tabiati va iqlim sharoitlari, Spitamen
qo‘zg‘olonining tafsilotlari va boshqa ma’lumotlar diqqatga sazovordir.
YUqorida nomlari tilga olingan tarixchilardan boshqa antik mualliflar ham
qadimgi ajdodlarimizning hayoti va turmushi haqida ma’lumotlar yozib
qoldirganlar. Jo‘g‘rofiya fanining «otasi» Strabon o‘zining 17 kitobdan iborat
«Geografiya» nomli asarida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va Marg‘iyonaning tabiiy
sharoitlari, shaharlari, ularga olib boradigan yo‘llar, bu erdagi daryolar, bu diyorda
yashagan halqlar, ularning turmush tarzi, urf-odatlari va e’tiqodlari to‘g‘risida
e’tiborga loyiq mu’lumotlar keltiradi.
O‘rta Osiyoning miloddan avvalgi IV – milodiy IV asrlardagi tarixi, tarixiy
jo‘g‘rofiyasi va etnografiyasiga doir ma’lumotlar Diodor Sitsiliyskiyning «Tarixiy
kutubxona» (m.a. I asr), Rim tarixchisi Pompey Trogning «Filipp tarixi» va
«Ibtido» («Prologi») nomli asarlarida (m.a. I asr – milodiy I asr), yunon tarixchisi
Polibiyning «Umumiy tarix» (m.a. II asr), rim tarixchisi Pliniyning «Tabiiy tarix»
(Pliniy m.a. 79 yilda Vezuviy tog‘i portlaganda o‘lgan degan taxmin bor), rim
tarixchisi Tatsitning «Tarix» va «Yilnomalar» («Annalo‘») (I-II asrlar), yunon
olimi Klavdiy Ptolomeyning «Jo‘g‘rofiyaga oid qo‘llanma» (II asr), rim tarixchisi
Ammian Margellining «A’mol» («Deyaniya») (IV asr) va boshqa mulliflarning
asarlarida uchraydi. Mazkur asarlarda keltirilgan ma’lumotlar o‘z xarakteriga ko‘ra
xilma-xildir. Ularning ayrimlari uydirma ma’lumotlarga asoslangan bo‘lsa,
boshqalari ishonarli manbalarga tayanadi. SHu sababdan ulardan foydalangan
paytda keltirilgan ma’lumotlarni chuqur tanqidiy tahlil etish zarur.
Dostları ilə paylaş: |