MAVZU-3:
ARAB YOZUVIDAGI (Arab, fors, turkiy tillardagi )
MANBALARI
Reja
1.
Arab tilidagi yozma manbalar.
2.
Forsiy tilda arab yozuvida yozilgan dastlabki manbalar.
3.
Arab yozuvidagi turkiy yozma meros.
1. Arab manbalari
. Ilk o‘rta asrlar tarixiga oid arab tilidagi
manbalarni shartli ravishda
2
guruxga bo‘lish mumkin.
Birinchi guruxga
sayyoxlar va jug‘rofik olimlarning asarlari, ikkinchi guruxga esa tarixiy
asarlar kiradi. IX asr arab jug‘rofik olimi al-YA’kubiy o‘zining "Kitob al-
buldon" asarida Eron, Movarounnaxr, Xuroson va Seyistonda xukmronlik
qilgan podshoxlar xaqida ma’lumotlar beradi. Ilk o‘rta asrlarda yurtimiz ga
tashrif buyurgan sayyoxlarning asarlari ayniqsa, muxim
axamiyatga egadir.
Masalan, ibn Fadlan (X asr) "Risola" nomli asarida o‘z
sayyoxatlari
davomida
yaqindan tanishgan mamalakatlar va ularning xalqlari xaqida qiziqarli
ma’lumotlar yozib qoldirgan. SHu jumladan u O‘rta Osiyo xalqlari masalan
xazarlar xaqida e’tiborga loyiq axborotlar yozib qoldirgan. Ibn al-Fakix
(X asr) "Kitob axbor a l-buldon" nomli asarida Balx, Samarqand singari
shaxarlar xaqida ma’lumotlar beradi. Ibn Xurdodbekning (IX-X asrlar) "Kitob
misolik ul-manolik" asarlarida sug‘d shaxarlari Samarqand, Kushoniya,
Samarqand atrofida joylashgan shaxarlar, Ustrushona, SHaxriston, Qadimgi
SHosh, Isfijob, xaqida ularga olib boradigan yo‘llar to‘g‘risida Movarounnaxr
shaxarlaridagi pul muomalasi, bu erda istiqomat qilgan turkiy qabilalar xususida
qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Eron jug‘rofik olimi va sayyox al-Istaxriy (IX-X
asrlar) «Kitob maosilik ul-mavorix» ------nomli asarida musulmon mamlakatlari,
shu jumladan O‘rta Osiyoning chegaralari, iqlimi, ma’muriy bo‘linishi, shaxarlari
axolisi va uning mashg‘ulotlari, mashxur kishilari, savdo-sotiqning axvoli va
boshqa masalalar bayon etilgan Ibn Xavkal esa (X esr) Movarounnaxrni xar
tomonlama tavsiflab, o‘zining "Kitob surat al-arz" kitobiga bu o‘lkaning
xaritasini ilova qiladi. Xaritada Jayxun daryosi, Buxoro, Samarqand, SHosh,
Isfijob singari shaxarlar, Ustrushona va Xorazm viloyatlari tasviri
tushirilgan.
YUqorida nomi tilga olingan al-YA’kubiy nafaqat jug‘rofiya, balki
tarix ilmi soxasida xam qalam tebratgan olim xisoblanadi. Uning
«Tarix» asari SHarq mamlakatlari, shu jumladan O‘rta Osiyoning VII-
IX asrlardagi tarixi bo‘yicha muxim manbalardan biridir. Y irik arab
tarixchisi Madoiniy V-IX asrlarning "Kitob al-magoziy" xamda Xuroson
xokimlari Asad ibn Abdullox va Nasr ibn Sayyorga bag‘ishlangan asarlari
arablar istilosi va VII I asrning birinchi yarmidagi siyosiy tarix bo‘yicha
muxim manbalardan biri xisoblanadi. Madoniyning mazkur asarlari bizgacha
etib kelmagan, lekin ayrim parchalari Balazuriy va Tabariy kitoblarida saqlanib
kolgan.
18
IX asrda yashab o‘tgan eronlik yirik tarixchi va jug‘rofik olim
Balazuriyning "Kitob futux al-buldon" asari arab istilolari tarixi bo‘yicha eng
yaxshi manbalardan biri xisoblanadi. Balazuriy "Kitob ansob al-sharif" nomli
asarining xam muallifidir.
Yirik ensiklopedist olim Tabariy asli eronlik bo‘lib, ilo xiyot, xadis,
tafsir, fikx va tarix soxasida 10 dan ortiq asar yoz gan. Biz uchun uning
"Tarix ar-rusul va ul-muluk" asari muximdir. Bu asar umumiy tarix tipida
yozilgan bo‘lib o‘zining mukammalligi va faktik materiallarga boyligi bilan
ajralib turadi. Asarda "olamning yaratilishidan" to 912 yilga qadar SHarq
mamlakatlari, shu jumladan O‘rta Osiyoda bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-siyosiy
voqealar xikoya qilinadi.
Arab manbalari yurtimizning ilk o‘rta asrlar tarixini o‘zida nisbatan
to‘liqroq aks etgan muxim manbadir. Ulardan tanqidiy foydalanish bu davr
tarixini o‘rganish uchun g‘oyat muximdir.
|